Turizmda xavfsizlikning boshqa masalalari Turizmda xavfsizlik masalalariga quyidagilar kiradi:
marshrut, tur toifasi turistlarning tayyorgarligi darajasiga muvofiqligi (agar sport, safar, sarguzasht turlari to‘g‘risida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa). Bir qancha marshrutlarga turistlar faqat sayohat qilishga moneliklar yo‘qligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgan taqdirda qo‘yiladi (masalan, Kamchatkadagi «Dzenzur vulqoniga chiqish» turi);
turistlarni marshrutda kuzatib boradigan gidlar, instruktorlar malakasining yuqoriligi (tasodifiy, tayyorgarliksiz shaxslar turistlar bilan ishlashga qo‘yilmaydi);
turistlar harakatlanadigan xavfsiz trassalarni, shuningdek ular to‘xtaydigan joylarni lozim darajada jihozlash.
Turistik firmalar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun shu muhim muammolarni hal qilishlari lozim. Turizm sohasida Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlariga o‘z mablag‘larini joylashtiradilar. Masalan, turistlar yo‘qolishining oldini olish uchun sayohat marshrutlarida turistlarni radiostansiyalar bilan ta’minlaydilar.
Lekin bu maxsus qutqarish hamda turistlar xavfsizligini ta’minlash xizmatlariga bo‘lgan talabni bekor qilmaydi.
O‘zbekistonda bunday nazorat-qutqarish xizmatlari barcha faol turizm mintaqalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: