Reja: Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash Turistlarni Sug‘urtalash Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash


Mazkur kompaniya sug‘urta badali tarifining uch variantiga ega bo‘lib, ular turistlarga har xil imkoniyatlar beradi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə5/6
tarix26.06.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#135223
1   2   3   4   5   6
Mazkur kompaniya sug‘urta badali tarifining uch variantiga ega bo‘lib, ular turistlarga har xil imkoniyatlar beradi.
1-variant, sug‘urtalovchilarning fikricha, narxi 200 dollargacha va muddati 8 kungacha bo‘lgan turlar uchun mo‘ljallangan. Sug‘urta badali tariflari har xil: 1 kishiga – 19 dollar; 2 kishiga – 38 dollar; 3 kishiga – 57 dollar. Bu tariflar 8 kungacha davom etuvchi turlarga nisbatan amal qiladi. Sakkiz kundan ortiq sayohat qiluvchi turist qo‘shimcha har bir kun uchun yana 3 dollardan haq to‘laydi. Bu variant turist sayohat qilishdan voz kechgan, ijaraga olingan mashinasi ta’mirlangan, tan jarohati olgan va vafot etgan hollarda sug‘urta puli olish imkonini beradi.
2-variant narxi 400 dollargacha va muddati 15 kungacha bo‘lgan turlar uchun mo‘ljallangan. Sug‘urta badali tariflari: 1 kishiga – 39 dollar; 2 kishiga – 78 dollar; 3 kishiga – 117 dollar. Bu tariflar 8 kungacha davom etuvchi turlarga nisbatan amal qiladi. 15 kundan ortiq sayohat qiluvchi turist qo‘shimcha har bir kun uchun yana 3 dollardan shaq to‘laydi. Bu variant ko‘proq miqdorda sug‘urta puli olish imkonini beradi.
3-variant narxi 400 dollardan katta turistik safarlar va sayohatlar uchun mo‘ljallangan. Sug‘urta badali miqdori turistik safar umumiy bahosining 8% miqdorida belgilanadi. Bu variant 1 va 2-variantlarda ko‘rsatilgan Sug‘urta hodisalari bo‘yicha hamda bunga qo‘shimcha tarzda turistik firma va avialiniyaning bankrotligi, sayohatda tibbiy yordam olish va kasalxonaga tushish, hujjatlar va bagajning yo‘qolishi holatlarida ko‘proq miqdorda sug‘urta puli olish imkonini beradi.
Sayohatlardan sug‘urtalanish imkoniyatini kredit kartochkalari berishi ham mumkin. Bunday xizmatlarni «Ameriken ekspress», «Viza», «Dayners» va «YevrokardMasterkard» kartochkalari taklif qiladi.
“Ameriken ekspress” ikkita kartochka: «yashil» va «tilla» kartochkalarni taklif qiladi.
«Yashil» kartochka, safar chiptasi kartochka bo‘yicha harid qilingan hollarda, o‘lim yoki nogironlik holatida 1 mln. fransuz franki (FRF) miqdorida Sug‘urta puli to‘laydi. Qo‘shimcha tarzda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini ham sug‘urtalash mumkin. Bu xizmat bahosi – 450 FRF.
«Tilla» kartochka sug‘urta summasini 2 mln. FRFga baholaydi va fuqarolik majburiyati, sayohat harajatlari, bagaj, tibbiy, texnik va yuridik yordamni hamda turist jinoyat sodir etgan taqdirda to‘lanishi mumkin bo‘lgan garov pulini o‘z ichiga oladi. Tibbiy xizmat harajatlari miqdori – 25 ming FRF.
«Dayners» ham, «Ameriken ekspress»ning tilla kartochkasi singari, sayohatni 2 mln. FRF miqdorida Sug‘urtalaydi va xuddi shu xizmatlarni taklif qiladi. Tibbiy xizmat harajatlari miqdori – 50 ming FRF.
«YevrokardMasterkard» kompaniyasi ikkita kartochka: «evrokardmasterkard» va «goldmasterkard» kartochkalarini taklif qiladi. Birinchi kartochka bo‘yicha tibbiy xizmat harajatlari miqdori 70 ming FRF, butun sayohatning sug‘urta miqdori – 600 ming FRF. «Goldmasterkard» kartochkasi mijozlarni chet elda kasalxonaga tushish xavfidan 1 mln. FRFga sug‘urtalaydi.
«Viza» ham ikkita kartochka: «Viza premer» hamda «ko‘k kartochka»ni taklif qiladi. Birinchi kartochka bo‘yicha mijozlar 12 mln. FRFga Sug‘urta qilinadi, chet eldagi tibbiy harajatlar uchun 20 ming FRF sug‘urta puli to‘lanadi. «Ko‘k kartochka» butun Sug‘urta kapitalini 300 ming FRFga baholaydi, chet eldagi tibbiy harajatlarga esa 15-30 ming FRF to‘lanadi. Sug‘urtani olish uchun transport chiptalarini «Viza» kartochkasi bo‘yicha harid qilish lozim. «Viza premer» kartochkasi bo‘yicha esa mehmonxona harajatlari ham kartochkadan to‘langan bo‘lishi kerak.
Turlarni sotish vaqtida turistik agent sayohatning sug‘urta bilan bog‘liq kafolatlari to‘g‘risida turistga to‘liq axborot beradi. Bu turistning barcha shubhalarini tarqatib, uning sayohat xavfsiz kechishiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga ko‘maklashadi.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin