Reja: Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari



Yüklə 224,31 Kb.
səhifə8/9
tarix09.06.2023
ölçüsü224,31 Kb.
#127831
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Valyuta

Valuta svopi. Valuta svopi foizli svop foydalangan uslub orqali naqdli oqim tarkibini qat’iy belgilangan stavkadan erkin suzuvchiga o’zgartirishi hamda svop mexanizmi orqali valutaning o’zini ham o’zgartirishi mumkin. Bunday tusdagi shartnoma foizlivaluta svopi yoki oddiy valuta svopi deb ataladi. Foiz svopi va valuta svopi orasidagi asosiy farq shundaki, valuta svopi nafaqat foiz to’lovlari bilan almashinishni, balki asosiy summa (prinsiðial) bilan birlamchi va yakuniy almashuvni ham o’z ichiga oladi.
Birlamchi almashuv svopning boshida, yakuniy almashuv esa svop muddatining tugash sanasida amalga oshadi. O’zining bu mazmuniga ko’ra valuta svopi kompensatsion kredit yoki parallel zayomlarga juda o’xshab ketadi.
Svoplardan foydalanish keng tarqalgan: bu endi bir nechta tanlov instrumentlaridan iborat ixtisoslashgan moslama emas. Svoplardan kapital qiymatini pasaytirish, risklarni boshqarish va yalpi iqtisodiyotda katta miqyosda ishlatish maqsadida foydalaniladi.
Svoplar jahonning turli kapitallar bozorlarida arbitrajni olish uchun ham qo’llaniladi. Qarz oluvchilar va kreditorlar sintetik instrumentlarni yaratib, yangi bozorlarga svop texnologiyasidan foydalangan holda kirib boradilar. Masalan, yangi, «potolok/pol» singari kelishuv ko’rinishidagi opsion xarakteristikalari bilan svop tarkibiy tuzilmalari va svop hosilalari ishlab chiqilgan edi.
Valuta arbitraji – bu foyda olish maqsadida valutalarning oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalardir. Arbitraj 2 shaklda bo’ladi: a) valuta arbitraji va b) foiz arbitraji.
Valuta arbitraji (fransuzcha «arbitrage») – bu valutaning, uning bir vaqtning o’zida sotilishini hisobga olgan holda, valuta kurslari farqlari sifatida foyda olish maqsadida sotib olinishidir.
Oddiy valuta arbitraji – bu bir xorijiy valuta va o’zbek so’mi bilan yoki ikki xorijiy valutalar bilan amalga oshiriladigan arbitrajdir.
Murakkab valuta arbitraji – ko’p turdagi valutalar bilan amalga oshiriladigan arbitrajdir.
Muvaqqat valuta arbitraji – ma’lum bir vaqt davomida valuta kurslarining farqi sifatida foyda olishga qaratilgan operatsiyadir.
U o’z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:

Arbitraj ko’p hollarda spred shartnomalarining yakuni sifatida maydonga chiqadi. Spred shartnomasi doimo bir vaqtning o’zida bir valutaning sotib olinishi va boshqa bir valutaning sotilishini ko’zda tutadi. Bunday valutalar kurslari albatta birga, ammo turli sur’atlarda ko’tariladi yoki pasayadi. Bunda diler bir operatsiyada pul yo’qotishini va boshqa bir operatsiyada foyda olishini hisobga oladi.
Fazoviy valuta arbitraji – bu turli valuta bozorlarida (turli birjalarda), mazkur valuta kursi farqlari hisobiga foyda olish maqsadida o’tkaziladigan operatsiyadir. Boshqacha aytganda, bir vaqtning o’zida bir birjada valuta sotib olinadi va boshqa birjada shu valuta nisbatan yuqori kursda sotiladi.
Fazoviy valuta arbitraji o’z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:

  1. Birinchi spot-kursi asosida valutani sotib olish.

  2. Sotib olingan valutaning boshqa joyga o’tkazilishi.

  3. Valutaning ikkinchi spot-kursi asosida sotilishi.

  4. Valutaning sotilishidan olingan pulni boshqa joyga o’tkazish.

Foiz arbitraji – turli valutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida foyda olish maqsadida xo’jalik subyektlarining (arbitrajyorlarning) o’z qisqa muddatli aktivlari va passivlari valuta tarkibini tartibga solishga qaratilgan valuta (konversion) va depozit operatsiyalarini o’zida mujassam etgan shartnomadir. Foiz arbitraji pul bozorida bir vaqtning o’zida pullarning ma’lum bir foizga olinishi va nisbatan yuqori foiz asosida kreditga berilishi shaklida keng qo’llaniladi. Foiz arbitraji ikki shaklga ishlatiladi: a) forvardli qoplanish bilan va b) forvardli qoplanishsiz.
Forvardli qoplanish bilan foiz arbitraji – valutaning spotkursi asosida sotib olinishi, muddatli depozitga joylashtirilishi va shu vaqtning o’zida forvard kursi bo’yicha sotib yuborilishidir. Foiz arbitrajining bu shakli valuta risklaridan holi. Bu operatsiya bo’yicha foyda manbayi, forvard marjasi hajmi bilan belgilanadigan, valutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida va valuta risklarini sug’urta qilish qiymati hisobiga olinayotgan daromadlar darajalarining farqi hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati




  1. Yüklə 224,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin