Reja: Xristianlikning paydo bo’lishi, aqidalari, asosiy yonalishlari, ta’limotlari va manbalari


Roshid xalifalar hukumronligi davridagi islohotlarning mohiyati



Yüklə 277,42 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü277,42 Kb.
#209790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINSHUNOSLIK 4- Mustaqil ish

Roshid xalifalar hukumronligi davridagi islohotlarning mohiyati. Madina shahar-davlatining hijratdan keyingi taraqqiyoti yangi din – islomning dunyoga kelish jarayoni bilan bir vaqtda kechdi. Davlat paydo bo'lishi va rivojlanishida diniy omillarning ta'siri murakkab fenomen sifatida tadqiqotchilarni o'ziga jalb qilib kelmoqda. Yangi shakllanayotgan davlat tizimida teokratik g'oyaning o'rni, davlatchilikka kiritilayotgan dunyoviy unsurlarning qay an'analarning davomi sifatida qaralishi – bugungi kundagi dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.
Ma'lumki, Muhammad payg'ambar, yangi din targ'ibotchisi bo'lish bilan bir qatorda, jamoa boshlig'i-dunyoviy rahbar sifatida faoliyat olib borgan. Montgomeri Uott Muhammad payg'ambar barpo etgan davlatning boshqaruv tizimiga baho berarkan, uni quyidagicha izohlaydi: «Muhammad payg'ambar yangi kemani qurishda eski kemaning qimmatbaho qismlaridan o'z o'rnida foydalana bildi». U «arab tarqoqligiga» barham berib, ichki Arabistonda markazlashgan davlatchilikka tamal toshini qo'ydi. U dunyoviy hokimiyat vazifalarini – „aqid ( harbiy qo'mondon), sayyid (qabila ulug'i), malik ( podshoh), qozi (hakam) mansablarini o'z shaxsida birlashtirdi.
Payg'ambar vafotidan so'ng jamoa-davlatni teokratik-avtoritar uslubda boshqarishda tub o'zgarishlar ro'y berishi muqarrar edi. Birinchidan, Payg'ambar davrining oxirlarida vahiy poyoniga yetgan edi. Chunki, islom ta'limotiga binoan, Muhammad – payg'ambarlarning so'nggisi-muhri (Xotim al-anbiyo?) edi. Demak, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni bevosita ilohiyot amri ila boshqarish, unga tub o'zgartirishlar kiritish bundan so'ng mumkin bo'lmay qoldi, boshqa so'z bilan aytsak, islom tarixida teokratiya davri tugay boshladi. Bunday sharoitda, islom rasmiy din sifatida e'tirof etilgan jamiyatda dunyoviylik va diniylikning mutlaqo yangi muvozanati jadallik bilan shakllana boshladi. Bu jabhada, albatta, birinchidan, ummaning qisqa vaqt ichida shakllantirgan o'z an'analari, ikkinchidan, avval ichki Arabiston davlatchilik unsurlari, keyinchalik, arab istilolari natijasida, boy Yaqin Sharq an'analari o'zaro ta'sir jarayoniga kirishdi.
Muhammad payg'ambar vafotidan keyin musulmon jamoasi duch kelgan avvalgi muammolardan biri Payg'ambarga o'rinbosar (xalifa)ni tayinlash va unga qasamyod ( bay’at) keltirish bo'ldi. Islomdan avvalgi davr arablariga xalifa so'zi eskidan ma'lum bo'lib, u malik (podshoh)ning voliysi (viloyat hokimi) ma'nosida qo'llanilgan.
VII asrning 20-40-yillarida bo'lib o'tgan ijtimoiy - siyosiy voqealar yangi davlatchilikning jadal sur'atlar bilan rivojlanganligidan darak beradi. Mazkur davlatchilik shakllanishiga, albatta, ichki va tashqi an'analar yetakchi omil sifatida kuchli ta'sir etdi. Muayyan siyosiy kuchlarning kurashida u yoki bu guruhlar muvaffaqiyati davlatchilik uchun xarakterli bo'lgan asosiy jihatlarni belgilab berdi. Bu o'rinda muhim masalalardan biri katta imperiyaga aylanib borayotgan davlatning poytaxti Madinada markaziy boshqaruv apparatining vujudga kelishi va faoliyatini olib borish muammosidir. Albatta, avval jamoadan davlatga, so'ngra esa imperiya markaziy hukumatiga aylanish juda qisqa vaqtning ichida yuz berdi. Bu davrda o'zgarishlar shu qadar tezlik bilan bo'lib o'tdiki, eski jamiyatda shakllangan kishilarning mentaliteti yangi sharoitlarga moslashib ulgira olmay qoldi. Bu esa o'z navbatida tarixchilar, ulardan so'ng tadqiqotchilar yondoshuviga katta ta'sirini o'tkazdi.
Avvalo mavjud manbalar narrativ va biografik xarakterga egaligi faktini qayd etish lozim. Ularning aksariyati diniy olimlar tomonidan ta'lif etilgan. Shu sababdan ular dunyoviy xarakterga ega bo'lgan voqea va hodisalarga diniy tus berib talqin qiladilar. Ikkinchidan, o'sha davrga zamondosh manbalarning, ayniqsa, eng ishonarli manba turi hisoblangan hujjatlarning deyarli yo'qligi bu sohada olib borilgan yoki olib borilayotgan tadqiqotlarning sifatiga, xususan, xulosalariga salbiy ta'sir o'tkazib kelmoqda. Misol tariqasida tadqiqotlardagi siyosiy, ijtimoiy jarayonlarni bir yoqlama aks ettirish masalasini olish mumkin. Bu voqealar aksariyat hollarda din nuqtai nazaridan baholanadi. Ulamolar asarlarida yaqin tarixdagi voqealar real qanday bo'lib o'tganligi, faktlari emas, balki uning ideal holati, ya'ni o'zlari yashagan muhit va tabaqalari manfaati nuqtai nazaridan qanday bo'lmoq lozimligi o'ziga xos uslublarda ifoda etiladi. Bunda albatta siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy talablar diniy-axloqiy qadriyatlardan kelib chiqib asoslanadi. Natijada sof dunyoviy hodisa – davlatchilik masalalari mazkur manbalarda ikkinchi darajali maqomga tushib qolgan.
Shu davrgacha tadqiqotlarda kam e'tibor berilib kelayotgan muammolar qatorida xalifa maslahatchilari, ularning vazifalari, davlat apparatida tutgan o'rni masalasini olishimiz mumkin. Xalifa vazifalari masalasida ko'p tortishuvlar bo'lmadi: davlat-jamoa rahbari payg'ambarlik vazifasidan boshqa Muhammad payg'ambarning barcha dunyoviy funktsiyalarini bajarishi lozim edi. Lekin, bundan keyingi masalalarda yosh davlatni jiddiy imtihonlar kutayotgan edi. Yangi davlat o'zining hayotchanligini amalda isbotlashi lozim edi. Ma'lumki, vazirlik vazifasi qadimdan forslar, yahudiylar va boshqa qavmlarga ma'lum bo'lgan. Muhammad payg'ambar davrida bu vazifa ilk davlat idorasida tatbiq etilmagan. Ammo, Abu Bakrni ba'zi Sosoniylar va Vizantiya imperiyalarining davlat tizimidan xabardor arablar Payg'ambarning vaziri deb ataganliklari ma'lum. Hokimiyat tepasiga kelgan Abu Bakr huzurida asosiy maslahatchi maqomini egallagan ?Umar ibn al-Xattob xalifaga qozilik va iqtisodiy masalalarda ?rdam berar edi. Ammo, Abu Bakr Umarning ba'zi maslahatlariga ko'nmas va bilganidan qolmas edi. Ar-Ridda harakati avj olgan paytda, Arabiston yarim orolidagi ko'plab qabilalar islomda sodiq qolishlarini ammo, zakot to'lashdan voz kechishlarini bildirganlarida Umar bu taklifga rozi bo'ladi, biroq Abu Bakr ularni qat'iyan rad etadi. Xolid ibn al-Validni Malik ibn Nuvayroni o'ldirgan holda Abu Bakr Umarning Xolidni bosh qo'mondonlikdan olish haqidagi talabini qondirmagan edi.
Bunday vazifalarni Usmon ibn Affon davrida Marvon ibn al-Hakam bajardi. Umaviylar davriga kelib, davlat boshqaruvi tizimida de-fakto (amalda) shu davrgacha mavjud bo'lgan maslahatchi vazifasi de-yure (yuridik jihatdan) «vazir» lavozimini kiritish bilan o'zining mantiqiy nihoyasiga yetdi. Markaziy boshqaruv apparatidagi mansablar masalasida ma'lum siljishlar yuz berdi. Masalan, ilk davrda ba'zi diniy matnlarni yozib oluvchilar sifatida kotiblar zikr etiladilar (Zayd ibn Sobit,
Ali ibn Abu Tolib, Usmon ibn Affon). Lekin kitobatga avvalgi davrda katta ehtiyoj yo'q edi. Davlat kantselyariyasi kengaya borishi bilan kotiblar mehnatiga talab kuchaya bordi. Kotiblar haqidagi ishonarli ma'lumotlar Umar ibn al-Xattob davriga tegishlidir: uning hukmronligi paytida kotiblarga muayyan maosh tayinlandi. Kotiblar mansabi ham ular vazifasi murakkablashib borganligi sababli ixtisoslasha boradi. Umaviylar davriga kelib, kotiblarning soni beshtaga yetdi: maktublar kotibi, xarojlar kotibi, harbiy kotib, shurta xizmati kotibi, qozilik kotibi.
Boshqaruv tizimining shakllanishida xalifa Umar ibn al-Xattob davrida devonlarning joriy etilishi muhim rol` o'ynadi. Devon tizimi Sosoniylar davlati an'analaridan o'zlashtirildi. Devon – fors tilida «ro'yxat», «qayd qilish» yoki «daftar» ma'nolarini anglatadi. Unda bir necha bo'limlar mavjud edi. Jumladan, Askarlar devonida askarlar nomi, qabilalar tarkibi va ularning har biriga beriladigan maoshlar belgilandi. Xaroj devonida «Bayt al-mol»ga topshiriladigan soliqlar qayd etib borilgan. Bu davrda devonning doimiy tarkibini o'z ichiga oluvchi ro'yxat tuzilgan bo'lib, unda kirim va chiqim, shuningdek, davlatdan maosh olish huquqiga ega bo'lgan kishilar ro'yxati qayd etildi. Devon tizimi markaziy hokimiyat tarkibida joylashdi. Istilo qilingan yerlardagi kirim-chiqimni nazorat qilish esa bevosita voliylar zimmasida edi. Bu tizim vositasida Umar davlat xizmatchilariga, avvalo harbiy xizmatchilarga haq to'lash tizimini takomillashtirib, tartibga solishga muvaffaq bo'ldi.
Soliq va xaroj devonlaridagi hisob-kitob ishlarni olib borish uchun tayinlangan xodimlar Iroq va Eronda fors tilida, Shomda Vizantiya (yunon) tilida, Misrda kopt (qibtiy) tilida olib borishgan. Askarlik va maoshlar devonida ish faqat arab tilida yuritilar edi. Voliylarning soliq va xaroj devonlari ishlaridan xabardor bo'lib turishlari uchun arab va mahalliy tillarni biladigan tarjimonlar kerak bo'lgan. Keyinchalik bu tizim rivojlanib bordi. Xalifa Usmon ibn Affon davrida siyosiy tizimda turli ziddiyatlarning paydo bo'lishi Ali ibn Abu Tolibni davlat boshqaruviga Devon al-mazolim ( sud qarorlarini qayta ko'rish) tizimini kiritishga majbur etdi. Bu devon ijroiya organlarining g'ayriqonuniy harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni o'rganish, soliqlar, diniy idoralar faoliyatini nazorat qilish, qozilar chiqargan qarorlar ijrosini tekshirish bilan mashg'ul bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida, davlat tribunal sudyalari ishlarining faollashishiga olib keldi. Buning oqibatida avvalroq kiritilgan institut fuqarolar jamiyati sudyalari – qozilar ahamiyati ikkinchi darajali mavqega tushib qoldi.
Davlat apparatining jadal tusda faollashuvi yana bir organ – hisba (jamiyat a'zolarini nazorat qilish) tizimini keltirib chiqardi. Al-Movardiyning fikricha, bu tizim Umar ibn al-Xattob davrida ish boshlagan bo'lsada, al-hisba istilohi abbosiy xalifa al-Mahdiy (775-785) davrida paydo bo'ldi. Bu muassasa mutasaddilari bozorlardagi tosh-tarozi, fuqarolar o'zaro iqtisodiy, mulkiy munosabatlari, axloq normalariga rioya qilishlari va hokazolarni nazorat ostiga oldi.
Yangi tashkil topgan davlat, albatta, ijtimoiy xavfsizlik masalalariga katta e'tibor bera boshladi. Bu borada shurta (politsiya) tizimining tashkil etilishi muhim qadam bo'ldi. Manbalarda davlat tarkibiga birinchi bo'lib shurta ( politsiya) tizimi Usmon ibn Affon davrida «Misr shurtasi sohibi» va sohib ash-shurat ( shurtalar boshlig'i) faoliyat ko'rsatganligini zikr etadilar. Shurta xizmati Umar ibn al-Xattob davrida bayt al-mol va qamoqxonani ko'riqlash, da'vogarlarni qozi xuzuriga keltirish va jinoyatchilarga nisbatan chiqarilgan hukmlarni ijro etish bilan shug'ullanganlar. Bu davrdagi shurta xodimi qoziga tobe' bo'lib, jilvoz deb atalgan. Garchi Umar davrida shurta tizimining ilk ko'rinishlari paydo bo'lgan bo'lsada, uning to'la shakklangan tizim darajasiga chiqishi Usmon ibn Affon davrida amalga oshirilgan.
Arabiston yarim orolida markazlashgan islom davlati bevosita Muhammad payg'ambarning rahbarligi ostida shakllangan bo'lsa-da, uni boshqarish va hududlarini yanada kengaytirish «roshid xalifalar» davrida yuz berdi. Arab istilolari natijasida davlat hududlari Arabiston yarim orolidan tashqari chiqib, kengaya boshladi. Ilk davrda Payg'ambar Madina nazoratiga kirgan har bir hududning nufuzi yuqori bo'lgan oqsoqolini shu yerga rahbar etib tayinlar edi. Abu Bakr bu amaliyotni deyarli o'zgarishsiz qoldirdi. O'z o'rnida mazkur viloyatlar administrativ jihatdan shahar va jamoalarga bo'linar edi. Viloyat hokimlari mansabi ham ilk islom davrida asta-sekin shakllana boshladi. Avvaliga, Muhammad payg'ambar islomni qabul qilgan qabila yoki shahar ahliga din asoslarini o'rgatish uchun mu’allim tayinlar edi. Keyinchalik Madina nazorati ostiga o'tgan qabila va shaharlarda mu’allimlar mansabi omil mansabi bilan o'zgartirildi. Dastlab ular siyosiy mavqega ega bo'lmadilar. Lekin, Abu Bakr davriga kelib, bu omillar yoniga alohida sadaqalar omili mansabdori qo'shildi. Ular orasida xaroj ‘ omili davlat uchun eng ahamiyatlisi hisoblanib, doim voliy ?nida bo'lgan. Ular Madina davlati tarkibidagi shahar va qabilalarga tayinlanib, xaroj to'plar edilar. ?Umar ibn al-Xattob davrida Madina davlati tarkibiga ko'plab hududlarning kirishi bilan „omillarning ustidan voliy tayinlana boshladi. Hududlardagi voliylar shaharlarga „omillarni o'zlari tayinlar, ammo, xaroj „omili xalifa tomonidan tayinlangan. Umaviylar „omil mansabiga siyosiy ahamiyat berib, uni amir deb atay boshladilar. Ular xalifa mansub bo'lgan urug'dan tayinlanib, faoliyat doiralariga bir qator siyosiy va harbiy vazifalar kiritildi.
Omillarning ilk davrdagi rahbarliklari umumiy edi. Keyinchalik uning xususiylashib borgani kuzatiladi. Masalan, Amr ibn al-Osning Misrga amirligini umumiy deb atash mumkin. Keyinchalik Umar ibn al-Xattob Abdulloh ibn Sadni xaroj yig'ishga tayinlaganidan so'ng uning voliligi maxsus bo'lib qoldi. Keyinroq alohida qozi tayinlanishi bilan voliyning hokimiyati qo'shinga qo'mondonlik va namozga imomlik bilan chegaralanib qoldi.
Voliylik muddati chegaralanmagan bo'lib, uning o'z vazifasini qanday bajarishi va viloyatdagi ijobiy o'zgarishlarga qarab belgilanar edi. Muoviya ibn Abi Sufyon Damashqda yigirma yil voliy bo'lgan. Ba'zi voliylar bir yil ham o'tirmas edilar. Yangi xalifa oldingi hukmdor tarafidan tayinlangan voliylarni qayta tasdiqlagan. Voliy viloyat ishlarini boshqarishda shurta boshlig'i, xaroj „omillari, bayt al-mol xodimlari, devonlar ishchilari kabilarga tayanar edi. Ba'zida bayt al-mol mas'uli voliydan mustaqil bo'lib, to'g'ridan to'g'ri xalifaga bo'ysunar edi.


Yüklə 277,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin