Reja: Xristianlikning paydo bo’lishi, aqidalari, asosiy yonalishlari, ta’limotlari va manbalari



Yüklə 277,42 Kb.
səhifə7/9
tarix07.01.2024
ölçüsü277,42 Kb.
#209790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINSHUNOSLIK 4- Mustaqil ish

4. Umaviylar — Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda hukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I.
Davlat tuzulishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Umaviylar davrida arablar gʻarbda Shimoliy Afrika, Pirenei yarim orolining katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va boshqa hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Hususan, halifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. Umaviylar poytaxtni Damashq shahriga koʻchirganlar, shu tufayli bu halifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Umaviylar davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 yillar Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 yillalarda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742-yil Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va boshqalar) boʻlgan.
Umaviylarning qulashi[tahrir | manbasini tahrirlash]
747—750 yillalardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida halifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan.
Hukmdorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muoviya I — (661 — 680),

  • Yazid I — (680—683)

  • Muoviya II — (683-684)

  • Marvon I — (684-685)

  • Abdulmalik — (685—705)

  • Valid — (705—715)

  • Sulaymon — (715-717)

  • Umar — (717-720)

  • Yazid II — (720-724)

  • Hishom — (724-743)

  • Valid II — (743-744)

  • Yazid III — (744)

  • Ibroxim — (744)

  • Marvon II — (744—750)

Abbosiylar — arab xalifalari sulolasi (750–1258), Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti — Kufa shahri. „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754–775) Bagʻdod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchiradi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida savdo-sotiq rivojlanadi. Bagʻdod Sharqning yirik savdo markaziga aylanadi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlarga oid koʻplab asarlar yaratiladi. Andalusiya (Ispaniya)dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Magʻribdan to Movarounnahrgacha abbosiylar qoʻl ostiga oʻtadi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning oʻgʻli Maʼmun zamoni abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi. 10-asrning boshiga kelib faqat Bagʻdod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat abbosiylar qoʻlida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qoʻliga oʻtib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-asr oʻrtalariga kelib abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qoʻldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (paygʻambar oʻrinbosari)gina boʻlib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945) Bagʻdodni oʻz qoʻliga oldi, lekin ular abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bagʻdod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258-yil moʻgʻullar Bagʻdodni vayron qilib, abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Moʻgʻul xoni Huloku buyrugʻi bilan abbosiy xalifalarning soʻnggisi — Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yil Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yil Mamluk sultoni Beybars abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi. 1517-yil abbosiylarning avlodi Mutavak-kil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa boʻlgan.[1]

Yüklə 277,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin