Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Тur tog’ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Хudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Тavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan o’rin olgan bo’lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
Yahudiylik dinining muqaddas kitoblari
Тavrot (“КЕТУБИМ”)
Тalmud Хristianlar va yahudiylar Bibliya so’zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya so’zi ostida ko’pincha o’zlarining Тanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo’lgan besh kitob «Тavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga
bo’linadi:
«Borliq» yoki «Ibtido»;
«Chiqish»;
«Levit»;
«Sonlar»;
«Ikkinchi qonun».
QADIMGI AHD
IBTIDO (BORLIQ)
MUSONING BESH KITOBI
CHIQISH
LOVIY
SONLAR
IKKINCHI QONUN
TARIXIY KITOBLAR
ILOHIY YOZUVLAR (“KETUBIM”)
PAYG’AMBARLAR KITOBLARI
(“NEVIIM”)
BUYUK PAYG’AMBARLAR
KICHIK PAYG’AMBARLAR
Yahudiylar falastindan Assuriya quvg’inlari paytida – mil. avv. VIII-VI asrlarda Eronga ko’chib kela boshlaganlar. Erondan O’rta Osiyoga esa taxminan mil. avv. V-III asrlarida ko’chib kelgan. Samarqand va Buxoroda yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi yahudiylar yashay boshlaganlar.
Markaziy Osiyoda yashayotgan (hozirgi kunda kam qolgan) yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko’rinishlar tartibiga muvofiqto’rt xil: yevropalik, buxoro, gruzin, tog’li yoki tat yahudiylariga bo’linadi.
Mil. av. ikkinchi ming yillik o’rtalarida Hindistonning shimoli-g’arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g’arbdan Hindikush dovoni orqali o’zlarini oriylar deb atalgan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko’chib kelgan qo’shni qabila tillariga juda yaqin bo’lgan, hind- yevropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo’lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. Shu yo’l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o’zlari xohlagan tarafga o’zgartira oldilar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlari – Vedalar (sanskr. – muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular o’z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to’rt yirik to’plamdan iborat.
VEDALAR
<>
RIGVEDA– «MADHIYALAR VEDASI»
SAMAVEDA– «QO’SHIQLAE
VEDASI»
YAJURVEDA–
«QURBONLIKLAR VEDASI»
ATHARVAVEDA– «AFSUN VA
JODULAR VEDASI»
Veda xudolari. Vedalarda xudolar – osmon xudolari, quyosh xudolari, havo xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.