Reja: Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti


HINDUIZMDAGI ASOSIY OQIMLAR



Yüklə 24,05 Kb.
səhifə4/6
tarix26.12.2023
ölçüsü24,05 Kb.
#197751
1   2   3   4   5   6
Joʻrayev Rustam. Falsafa

HINDUIZMDAGI ASOSIY OQIMLAR


SHIVAGA
SIG’INUVCHILAR
VISHNUGA
SIG’INUVCHILAR
Shiva oddiy xalq ommasi – kambag’allarning ilohiyati hisoblanadi. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan. Atxarvavedada Rudraning roli oshib boradi.
Yajurvedada Rudra Agni timsolida berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva (buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi.
Hindistonda shivaizmning o’n uchga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar (uch tayoqlilar) va smartlar (smriti so’zidan – haqqoniy rivoyatlar)ni aytib o’tish mumkin. Тridandinalarning markazi Varanasi bo’lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar. Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi – dunyoviylik holatida yashaydilar. Ushbu oqimlarning har ikkalasi ham faqat braxmanlarnigina o’z saflariga qabul qiladilar. Dandilar, ya’ni zohidlar oriylarga xos bo’lmagan ba’zi marosimlarni o’tkazadilar. Jumladan, shu oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki qismidan qon chiqaradilar. O’lganlarni yerga dafn qiladilar yoki muqaddas daryolardan biriga topshiradilar. Shivaizmning katta oqimlaridan yana biri lingachilar bo’lib, ular bo’yinlariga linga osib yuradilar. Kimdir uni oltin, kumush qutida olib yuradi. Ibodat vaqtida uni chap qo’llarida tutib turadilar. Lingachilar bir necha urug’larga bo’linib, o’zaro qudachilik qilmaydilar.
Konfutsiychilik avvalo falsafiy g’oya sifatida maydonga kelgan kelganligi
haqida talabalarga batafsil ma’lumot berish darkor.
Konfutsiychilikning asoschisi
Konfutsiy (Kun Szi) mil. av. 551 yilda tug’ilib, mil. av.
479 yilda vafot etgan.
Konfutsiy bir necha yillar davomida turli podshohlar qo’l ostida ishlagandan keyin yoshlarga ta’lim bergan.
Konfutsiyning falsafiy qarashlari. Konfutsiy komil inson (szyun- szi) haqidagi g’oyani yaratdi. Szyun-szi, ya’ni yuksak ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bo’lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va fidoiy bo’lishi lozim.
U buning uchun tinimsiz, o’zini ayamasdan o’z ishonchi, hukmdori, o’z otasi va o’zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi zarur. Mamlakatimizda komil inson, barkamol avlod tarbiyasi eng dolzarb masalalardan biri bo’lgan bir paytda, Konfutsiyning falsafiy, axloqiy qarashlarini o’rganish ham katta ahamiyatga egadir. Konfutsiychilikning ilk ko’rinishida axloq masalasi birinchi o’ringa qo’yilgan, diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo’lgan, ba’zi o’rinlarda ularni inkor qilgan. Undan: «O’lim nima?» – deb so’raganlarida, u: «Biz tiriklik nima ekanligini bilmaymiz- u, o’lim nima ekanligini qayerdan bila olar edik», - deb javob bergan. Biroq, qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-odatlarga Konfutsiy hurmat bilan munosabatda bo’lgan.
Konfutsiyning yana bir ta’limoti – «Syao» bo’lib, u inson o’z ota- onasiga munosib bo’lishi haqidagi g’oyani o’zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun Syaodan muhimroq narsa yo’q. U: «Syao va Di (ukaning akaga, kichiklarning kattalarga hurmati) insoniylikning asosidir» degan. Syaoning asosiy ma’nosi nima, farzandlik xizmati qanday bo’lishi kerak, degan savolga
Konfutsiy shunday javob bergan: «Aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bo’lishingdir. Chunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarini ham boqadilar-ku? Agar ota-onalariga ortiq ehtirom ko’rsatmasalar, hayvonlarni boqishlaridan nima farqi qoladi?».
Konfutsiychilik ta’limotida o’g’il ota-onasi oldida quyidagi beshta vazifani bajarishi shart bo’lgan:
  • Har doim ota-onani to’la hurmat qilish;
  • Ularga eng suyuklik taomni keltirish;
  • Ular betob bo’lib qolganida chuqur qayg’urish;
  • Ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish;
  • Ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish.


Yüklə 24,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin