Shunday qilib, klassik elektrodinamika sochilgan yorug‘lik spektrida siljimagan chiziqning () har ikki tomonida i masofaga simmetrik siljigan chiziqlar – yo‘ldoshlarni paydo bo‘lishini to‘g‘ri tushuntirib beradi va ularning intensivligi
(18.2)
formula bilan hisoblanadi. Bunda - raman chastotasi (stoks va antistoks chiziqlari uchun).
Klassik elektrodinamika nuqtai nazaridan stoks va antistoks chiziqlarining intensivligi teng ekanligi kelib chiqadi. Eksperiment natijalaridan yaxshi bilamizki, ushbu chiziqlarning (yo‘ldoshlarning) intensivligi teng emas, jumladan qizil yo‘ldoshlar - stoks chiziqlarining intensivligi binafsha yo‘ldoshlarning intensivligidan yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Klassik fizika qizil va binafsha yo‘ldoshlarning intensivliklari orasidagi ushbu miqdoriy farqni tushuntirib bera olmadi. Yorug‘likning kombinatsion sochilishdagi intensivliklarning miqdoriy muammosini faqat kvant tasavvurlari asosida to‘g‘ri tushuntirish mumkin.
Yorug‘lik kvantlari to‘g‘risidagi soddalashtirilgan tasavvurdan foydalanib, kombinatsion sochilish hodisasining mohiyatini anglab etish mumkin. Kvant tasavvurlariga asosan, chastotali yorug‘lik ma’lum bir ulushlar (kvantlar) tarzida tarqalib, bo‘larning miqdori ga teng bu erda Jc - Plank taklif etgan universal doimiydir. Shuning uchun o‘zida chastotali tebranishlar bo‘layotgan atom energiya zahirasiga ega bo‘ladi. Bu energiyani atom o‘shanday chastotali yorug‘lik tarzida chiqarishi mumkin. Bu nuqtai nazardan yorug‘likning molekulalarda sochilishini yorug‘lik kvantlarining (ya’ni fotonlarning) molekulalar bilan to‘qnashishi deb qarash mumkin. Bu to‘qnashish natijasida fotonlar uchish yo‘nalishini o‘zgartiradi. Fotonlar bilan molekulalar o‘rtasidagi to‘qnashishlar elastik va noelastik bo‘ladi. To‘qnashish elastik to‘qnashish bo‘lgan holda molekulaning energiyasi va fotonning chastotasi o‘zgarmaydi, bu hol Reley sochilishiga mos keladi (7.3-rasm). Releycha sochilish paytida sochilgan yorug‘lik kvantlarining chastotasi muhitga tushayotgan yorug‘lik kvantlarining chastotalariga mos keladi. Shuning uchun ham Releycha sochilishga elastik sochilish ham deyiladi.