To‘qnashish noelastik bo‘lgan holda fotonning energiyasi tebranma kvant miqdorida o‘zgaradi. Agar yorug‘lik tebranish holatida bo‘lmagan molekula bilan o‘zaro ta’sir qilishsa, yorug‘lik molekulaga energiyasining tegishli qismini berib, h=h0 -hiyoki =0 -i tenglamaga muvofiq ravishda kichik chastotali nurga (qizil yo‘ldosh, Stoks chizig‘iga) aylanadi, bu erda o‘yg‘otuvchi yorug‘lik chastotasi, molekula tebranishlarining chastotasi.
Agar yorug‘lik tebranish holatida turgan molekulaga, ya’ni - energiyaga ega bo‘lgan molekulaga ta’sir qilsa, u holda yorug‘lik molekuladan bu energiyani tortib olib, yoki tenglamaga muvofiq ravishda katta chastotali nurga (Binafsha yo‘ldosh, antistoks chizig‘iga) aylanadi. Buni 7.3-rasmdan osongina tushunish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib kombinatsion sochilishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Sochilgan yorug‘likning chastotasi tushayotgan yorug‘likning chastotasi bilan molekulalar ichida bo‘ladigan tebranishlar chastotasining kombinatsiyasidan tarkib topadi. Shuning uchun bu sochilish kombinatsion sochilish deb ataladi.
18.1 - rasm. Reley (0) va kombinatsion (0-tеб va 0+tеб) sochilish spektrlarini hosil bo‘lishiga olib keladigan energetik sathlar orasidagi o‘tishlar