Reja: Yorug‘likning kombinatsion sochilishi Yorug‘likni kombinatsion sochilishining mumtoz nazariyasi



Yüklə 152 Kb.
səhifə2/8
tarix07.06.2023
ölçüsü152 Kb.
#126139
1   2   3   4   5   6   7   8
1460900369 64365

Bu yerda chapda uyg‘otuvchi chastotalardan uzunroq to‘lqinli tomonda joylashgan yo‘ldoshlarning chastotalarini, o‘ngda esa uyg‘otuvchi chastotalardan ikkinchi tomonda yotgan yo‘ldoshlarning chastotalarini bildiradi. Spektrning qizil qismiga yaqin joylashgan va shuning uchun «qizil» yo‘ldoshlar deb ataladigan birinchi yo‘ldoshlar «binafsha» yo‘ldoshlardan ancha intensivdir (18.1-rasm)

Temperatura ko‘tarilganda «binafsha» yo‘ldoshlarning intensivligi tez ortadi.

Kombinatsion sochilishni birinchi bo‘lib G.S.Landsberg va L.I.Mandelshtamlar hamda hind olimlari Raman va Krishnanlar kashf etishgan (1928 yil). Hind olimlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Chet el adabiyotlarida Raman effekti deb ham yuritiladi. Bu sochilish odatda kombinatsion sochilish deyiladi. Quyida kombinatsion sochilish bilan batafsilroq tanishamiz.

2. Yorug‘likni kombinatsion sochilishining mumtoz nazariyasi

Kombinsion sochilish hodisasi klassik nazariya nuqtai nazaridan quyidagicha tushuntiriladi. Ushbu hodisada yo‘ldoshlarning paydo bo‘lish sabablari yorug‘lik to‘lqinini sochuvchi muhit molekulasi atomlarining past chastotali tebranishlari bilan modulyatsiyalanishi orqali tushuntirish mumkin. Molekulaning qutblanishi, umuman qaraganda uni tashkil qilgan atomlarning joylashishiga bog‘liq. Atomlar tebranganda qutblanish 0- o‘rtacha qiymat atrofida tebranadi buni quyidagicha izohlash mumkin:

Ushbu tebranishlarning chastotasi 1012 -1013 gs bo‘lib, elektromagnit to‘lqinlar shkalasining infraqizil spektri sohasiga to‘g‘ri keladi. Boshqacha aytganda, (t) kattalikni o‘zgarishi tushayotgan yorug‘likning elektr maydonining tebranishiga nisbatan sekinroq o‘zgaradi. Shu sababga ko‘ra ham tushayotgan yorug‘lik to‘lqinining monoxromatik maydonida molekulaning dipol momentini o‘zgarishi


Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin