Aristotel va uning ta’limoti
Arastu yoki Aristotel eramizdan avvalgi 384-322-yillarda yashagan.
Platonning shogirdi bo’lgan, makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan,
Qadimgi Yunonistoning yirik idealist faylasufi va olimi edi.
U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, etika, siyosat, biologiya,
zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.
Miloddan avvalgi 367-yilda
Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil ko’rdi, 20 yoshida uning
ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343-yildan eʼtiboran Makedoniya
podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi.
Miloddan avvalgi 335-yilda Afinaga qaytib, o’zining “Likey” maktabini
tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so’ng 323-yilda xudosizlikda ayblanib,
Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo’ldi va umrining ohirigacha shu
yerda yashadi.
Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi,
uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib
berdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab
oldi. Oʻzining ilk falsafaga oid „Metafizika“ asarida Platonning gʻoyalar
nazariyasini tanqid qildi. “Platon gʻoyalari” moddiy predmetlarning oddiy
nusxasi, aynan o’zi ekanini ko’rsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning
oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik biron-bir joydagina va
hozirdagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa
har qanday joyda va har vaqtda mavjud, u muayyan sharoitda ayrim
holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek
umumiylik - fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.
Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt
guruhga boʻladi:
1) moddiy sabab yoki materiya;
2) shakliy sabab yoki shakl;
3) yuzaga keltiruvchi sabab;
4) oxirgi sabab yoki maqsad.
Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa
ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat halos, qolgan uch sababni esa – faol
sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday
narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl – borliq mohiyatidir, shakl –
abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi
sabab harakat yohud turgʻunlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir
narsaning imkoniyatdan voqelikka o’tishidir. Harakatning to’rt turi bor,
bular:
-sifatli harakat yoki oʻzgarish;
-miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish;
-joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat;
-vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat.
Oxirgi sabab yoki maqsad – harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining
oqibatidir.
Arastu taʼlimotiga binoan, xudo – oʻz qonunlari boʻyicha
rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma
mavjud narsalarning oliy maqsadi, “shakllarning shakli”, maqsadi, olamni
harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga ko’ra, har qanday
real mavjud bo’lgan ayrim narsa “materiya” bilan “shakl”ning birligidan
iborat, “shakl” esa narsaning oʻziga xos “koʻrinishi”dir, unga ham
“materiya”, ham “shakl” deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam
“materiya”dan – “shakl” ga va “shakl”dan – “materiya”ga izchil ravishda
o’tish jarayonidan iborat.
Arastu bilish haqidagi taʼlimotida “dialektik” bilish bilan
“apodiktik” bilishni bir-biridan farqlaydi. “Dialektik” bilish – tajriba
samarasi bo’lmish “fikr”ni, “apodiktik” bilish esa ishonchli bilimni
vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi,
deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari
bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.
Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va “analitika”
deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa
kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno
qonunlaridan, fikrni isbotlash yohud rad etish uslublaridan, bir qancha
kategoriyalardan iborat. Mantiq “ilk falsafa” (“metafizika”) bilan birgalikda
fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi
Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik
jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning
urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga
muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda
harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
Arastu jahon ilm tarixida ilk bor ahloq fani – etikaga asos soldi.
Uning ahloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf
va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan
iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan ustun qo’yadi, uni ezgulik, rohat va
lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga
bo’ysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy
tajribani ishga solib o’rta yo’lni tanlagan maʼqul.
Arastuning siyosiy qarashlari “inson – ijtimoiy mahluqdir” degan
gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va
faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy
va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi,
binobarin maktab faqat davlatniki bo’lishi, unda barcha fuqarolar
(qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi
ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay
siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib o’tirmay, mavjud
imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara
bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida
qayg’urishi lozim, deb hisoblaydi.
Arastu davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul
shakli mavjud, degan gʻoyani olg’a suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari
amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni
istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida bo’ladiki, bular:
Dostları ilə paylaş: |