Reja: Yunon faylasufi – Suqrot ”Suqrot metodi” 3


-dan, mo’tadillik (ya’ni ehtiroslarni jilovlay bilish)ni,  2-dan



Yüklə 430,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü430,45 Kb.
#116496
1   2   3   4
suqrot

1-dan, mo’tadillik (ya’ni ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 
2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavfxatarni yenga bilish)ni,
3-dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonun-qoidalarga rioya eta bilish)ni 
eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan.


Zamondoshlari va shogirdlarining guvohlik berishicha, Suqrot o’zining
chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal
tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali o’sha predmetni bilish sari
yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan
katta taa’surot uygʻotgan. Suqrot taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday
aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz
kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy
uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga
qo’shilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan.
Pedagogikada majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori
boʻlgan. Suqrotning fikricha, bilim berishning yagona vositasi — 
ishontirishdir. Suqrot nomi keyingi davrlar uchun “donishmand” timsoli
boʻlib qolgan. 
Suqrot falsafada to’ntarilish yasagan “Suqrot metodi” muallifidir.
Xususan, Suqrot pedagogikaga ham falsafiy yondashuv olib kirgan, bunda
muallim o’quvchining o’zi eng yaxshi javobga kelishi uchun uni
yoʻnaltiruvchi savol-javobga tutadi. Suqrot G’arb falsafasi va uning
asoschilari - Aflotun va Arastuga katta ta’sir o’tkazgan, deb hisoblanadi. 
“Suqrot metodi” 
Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib 
bo’lmaydi, odamlar faqat o’zlarinigina bilishi, ahloqni kamol toptirishi 
lozim deb hisoblar edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq


ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, ahloqqa doir masalalar 
yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan
haqiqatni o’zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo’l bilan 
odamlarni haqiqatni izlashga o’rgatar edi. Suhbatni bu metodi “Suqrot 
metodi” deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob 
metodini, ya’ni “evristik” suhbat metodini yangi (savol berish va savolni 
to‘ldirish) metodini olib kirdi.
Suqrot - falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. U bahs orqali, ya’ni
muayyan masalalarni o‘rtaga qo’yish va ularga javob topish yo’li bilan
haqiqatni aniqlash mumkin deb tushungan. 
Aristotel fikricha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga 
o’tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning mohiyatini
bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlash haqidagi
ta’limotni yaratgan. Uning etika sohasidagi asosiy tezisi shundan iborat: 
- ezgulik bilimdir;
- donishmandlik, ya’ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi;
- yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida 
yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi.
Suqrotning tushunishicha, aql bilan ahloq o’rtasida ziddiyat bo’lishi 
mumkin emas. U tarbiyada ahloqiy, estetik, jismoniy tarbiya me’zonini 
ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning ahloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol 
sezish mumkin. Uning fikricha ahloq faqat imtiyozli “mumtoz”largagina


xos, “mumtoz” kishilar haqiqiy ahloqning yagona egalari bo’lganliklari 
uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi. 

Yüklə 430,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin