Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Modem qanday ishlaydi? Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganida, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Axborot qurilmaga kirishda modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapazoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqorli yo`lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi.
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichkiva tashqimodem. Ichki modem plata ko`rinishda kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Modemlarning xalqaro standartlari Birinchi modemni HAYES firmasi ishlab chiqargan. Hozirda eng ko`p tarqalgan modem shu firma nomiga moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modembilan moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention – diqqat so`zidan olingan). Barcha Hayes – moslashgan modemlar uchun standart bo`lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga o`ziga xos turli – tuman buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o`sha firma modemlaridagina kuchga ega bo`ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va h.k).
Hozirgi vaqtda ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo`llanila boshladi. Ular ZYXEL ning ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning asosik kamchiligi
– yuqori narxi, xaridorni cho`chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat idoralarida, odatga ko`ra shu firma modemlaridan foydalanadilar.