Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


-mavzu. Oʻzbekistonda turizmni rivojlantrishni iqtisodiy



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

 
15-mavzu. Oʻzbekistonda turizmni rivojlantrishni iqtisodiy 
samaradorligi 
 
Reja: 
1. Oʻzbekiston turizm salohiyati 
2. Turizimni rivojlantiruvchi omillar 
3. Turizimni rivojlantirishga eʼtibor qaratilgan hududlar. 
O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa 
xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga 
tortmoqda. 
Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, 
savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, 
isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda 
esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik 


240 
mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan 
biriga aylanmoqda. 
O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan 
me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, 
Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari 
UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. 
Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar 
o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol 
o’ynaydi . 
O‘zbekistonning 
hududlarida 
turizmning 
zamonaviy 
infratuzilmasini yaratish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu 
maqsadlarda 
Dasturga 
ko‘ra, Andijon viloyatining Xonobod 
shaharchasida dam olish zonasi, Jizzax viloyatining Forish va Arnasoy 
tumanlari hududidagi «Aydar-Arnasoy» ko‘llari sohilida beshta yangi 
dam olish zonalari, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qarshi 
shaharlarida to‘rt yulduzli mehmonxonalar qurish, Bo‘stonliq tumanining 
Chimyon tog‘ massivida mehmonxona majmuasi barpo etish, 
shuningdek, ichki turizm uchun Navoiy viloyatidagi «To‘dakul» 
ko‘lining janubiy sohillarida, xorijiy turistlar uchun «Aydarko‘l» ko‘li 
sohillarida plyajlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018–2019 yillarda 
turizm sohasini rivojlantirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari 
haqida»gi Qarori qabul qilindi. 
UshbuQarorda yana bir qator vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, 
muqaddas ziyoratgohlarga ziyorat turizmini rivojlantirish, buning uchun 
charter reyslar tashkil etish, Buxoro va Samarqand shaharlarida tashkil 


241 
etilayotgan turistik zonalar singari Toshkent, Urganch va Farg‘ona 
shaharlarida ham bosqichma-bosqich turistik zonalar tashkil etish, 
shuningdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tog‘oldi dam 
olish zonalari klasterlari yaratish mo‘ljallangan. 
Shaharlardagi turistik zonalar va tog‘oldi turistik klasterlariga 
xorijiy investitsiyalar, yetakchi mehmonxona brendlarini mehmonxona 
qurish imkonini taqdim etish yoki mavjud mexmonxona xo‘jaliklarini 
berish bilan jalb qilish nazarda tutilgan. 
Turizm industriyasi jahon xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri 
bo‘lib, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha 
hisoblanadi. Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini 
tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm 
sohasida band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida turizm sohasi eng katta 
talafot ko‘rgan tarmoqlardan hisoblanadi. Jahon turizm tashkiloti 
(UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda xalqaro turizm 72%ga 
yoki turizm xizmatlaridan tushumlar 1,1 trillion dollarga kamayib, 1990 
yil darajasiga tushib qoldi.Natijada 935 mlrd. dollar miqdorida eksport 
daromadlari yo‘qotildi.Ma’lumki, 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz 
tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq 
turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bular, 
gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy 
ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo‘shib hisoblaganda 250 
mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy ta’sir qildi.O‘zbekistonda tarixiy 
yodgorliklar, ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod 
etilgan obidalar, muqaddas qadamjolar kabi 7 ming 300 dan ortiq madaniy 
meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga 


242 
kiritilgan. Shu sababli, keyingi yillarda davlatimiz tomonidan mazkur 
yo‘nalishni rivojlantirish bo’yicha ko‘plab normativ huquqiy hujjatlar 
qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2021 yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat 
boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 
gi PF-6199 sonli Farmoni ga binoan Turizm va sport vazirligi huzurida 
Madaniy meros agentligi tashkil etildi. Moddiy madaniy meros 
obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish davlat 
reyestri, elektron katalogi, davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan 
tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish 
kabilar 
agentlikning 
asosiy 
vazifalari 
sifatida 
belgilanganligi 
mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni yanada rivojlantirishga oid 
tizimli ilmiy-metodologik tadqiqotlar olib borish muhim. Shunday qilib, 
tarixiy-madaniy 
turizmning 
hozirgi 
holatini, 
uni 
rivojlantirish 
istiqbollarini va milliy iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish dolzarbdir. 
Bunda eng avvalo “tarixiy-madaniy turizm” tushunchasining mazmunini 
aniqlash lozim. 
Ta’kidlash kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida turizm 
infratuzilmasini tashkil qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish 
borasida ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona tushuncha mavjud emas. 
Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo‘lgan tadqiqotlarning 
ko‘lami keng bo‘lib, turizm tarmoqlari rivojlanishini ta’minlashimizda 
xalqaro tajribalarni ham hisobga olishimiz lozim.Iqtisodiy adabiyotdlarda 
tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar tomonidan 
o‘rganilgan va turlicha ta’riflar berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi 
Richard Greg tarixiy-madaniy turizmni “kishilarning o‘z madaniy 


243 
ehtiyojlarini qondirish uchun yangi ma’lumotlar va tajriba to‘plash 
maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan madaniy, diqqatga 
sazovor joylarga borishi” deya ta’riflaydi. Rossiyalik mutaxassis Y.V. 
Kolotova 
tarixiy-madaniy 
turizmni 
“mamlakatning 
barcha 
imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan an’ana va urf-odatlari, uy xo‘jaligining 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘langan ijtimoiy-madaniy muhit 
salohiyati” deya ta’riflaydi. 
I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni 
bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiruvchi uchta:
1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish,
2) madaniyatni muhofaza qilish va qayta tiklash, 
3) madaniyatlar muloqoti kabi yo‘nalishlardan iborat deya 
hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning 
asosiy gumanitar funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi: 
- madaniy-ma’rifiy va ta’limiy; 
- madaniy muhofaza va saqlash; 
- aloqalar o‘rnatish va tinchlikparvarlik.
G.Karpov. L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni 
“kishilarning yangi axborot,tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun 
madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va tarixiy joylar, san’at 
galereyalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik 
san’ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy 
aholining an’anaviy dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot 
uylariga tashrif buyurishi” deb hisoblaydilar.Mamlakatimiz olimlari va 
tadqiqotchilari I.To‘xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro‘ziyev,O.XamidovN. 


244 
Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy 
asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga 
doir ko‘plab masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni 
rivojlantirishga oid ayrim masalalar yetarlicha o‘rganilmaganligi bois 
ba’zi muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini gosaqlab 
qolmoqda. 
Xususan, N.To‘xliyev: “Turizm (frans. tour – sayr, sayohat) 
sayyohlik-sayohat (safar) qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm 
deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, 
ma’rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarga borilgan joyda 
(mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan holda 
jo‘nab ketishi tushuniladi” deb hisoblaydi. 
Tadqiqotchi Sh. Ro’ziyev tarixiy-madaniy turizmning tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmini takomillashtirishda yaratiladigan konsepsiyalar, metodlar 
va turistik faoliyat subyektlarining o‘zaro integratsiyasini amalga 
oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib bergan.Iqtisodchi 
olim O.H.Xamidovning e’tirof etishicha “Turizm murakkab, ko‘p qirrali 
tushuncha bo‘lib, u ... boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy 
obyektlardan tabiat muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash 
asosida tomosha qilish orqali samarali foydalanish yo‘nalishlarini 
belgilaydi.” 
Tadqiqot metodlari 
Tadqiqotda turizm iqtisodiyoti bo‘yicha mavjud nazariyalar 
o‘rganildi va mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil 
qilindi. Tizimli tahlil qilishda 2019-2021-yillardagi statistik ma’lumotlar 
qo‘llanildi. Statistik manba sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 


245 
statistika qo‘mitasining ma’lumotlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot 
mavzusi doirasida muammoni atroflicha tahlil qilish, ilmiy asoslangan 
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida induksiya va deduksiya, 
statistik, tizimli va qiyosiy tahlil, PEST tahlil kabi usullardan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar 
Tarixiy va madaniy turizm - bu faol turizmning eng keng tarqalgan 
turi. U ta’lim va axborot maqsadlariga yo‘naltirilgan barcha turizm 
turlarini o‘z ichiga oladi. Bunday turizm dasturlari insoniyatning turli xil 
tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan.
Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik 
va etnografik turizmni o‘ziga xos tarixiy-madaniy turizm deb hisoblash 
mumkin, bu o‘z maqsadlariga (saqlab qolish, zarar yetkazmaslik) ko‘ra, 
ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati 
turistik qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli 
shaharlarga, dunyoning chekka burchaklariga va ularda istiqomat 
qiladigan xalqlarga bo‘lgan qiziqishi sayohat qilishning eng kuchli 
rag‘batlantiruvchisidir. Shuning uchun turizm boshqa madaniyatlar bilan, 
boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan 
tanishishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, 
madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish insonning ma’naviy dunyosini 
boyitadi. 
Tarixiy madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda 
muhim afzalliklaridan biri – u butun yil davomida talabga ega bo‘lib, 
uning sezilarli farqi mavsumiy emasligidir.


246 
Ushbu tur yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki sayyohlar 
muzeylarga tashrif buyurish, tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga 
sazovor joylarini ko'rish uchun ekskursiya qilishlari mumkin. Turistik 
jozibadorlikni shakllantirish uchun tarixiy-madaniy turizm quyidagi 
jihatlarni o'z ichiga olishi kerak (1-rasm).1-rasmda keltirilgan jihatlar 
tarixiy-madaniy turizmning mohiyatini ochishi bilan birga, uning o‘ziga 
xos jihatlarini ham yoritib beradi. O‘zbekistonda ushbu sohani 
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, xalqning boy tarixi 
va madaniyatini aks ettiruvchi noyob madaniy merosni asrab avaylashni 
kuchaytirish sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va 
moddiy–texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini 
samarali qo‘llash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng 
muhim omillaridan biridir. 


247 
Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud 
bo’lgan tarixiy hamda arxeologik obyektlarning o’rni muhimdir. Ularning 
tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o’rni hamda saqlanganlik darajasi unga 
qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi.Har qanday 
tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta 
obyektlarning mavjud bo’lishi, uning safar vaqtining davomiyligini 
uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik xizmatlarni ko’proq export qilish 
imkoniyatini va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki beradi.
Bugungi kunda O'zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar 
mavjudligi tarixiymadaniy turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori 
ekanligidan dalolat beradi (2-rasm). 
• 2-rasm 
ko‘rinib 
turganidek, 
respublikamiz 
katta 
turistik 
imkoniyatlarga ega. Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki 
butun jahonda ham turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ma’lum 
hududda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda shu joyning 
tarixiymadaniy obyektlarи asosiy o’rinni egallaydi. Lekin ulardan 
alohida muhim ahamiyatga egalari xalqaro miqyosdagi obyektlar va 
yodgorliklar ro‘yxatiga kiritiladi. Bunday ro’yxatni YUNESKO har 
yili aniqlab boradi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududidagi noyob 
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning 
bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari 
hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning 
xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin 
hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obektlarini asrashga doir turli 
xalqaro anjumanlar tashkil qilinmoqda. Mazkur chora-tadbirlar 
madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishni oqilona tashkil etish va 


248 
boshqarishni hamda shu sohadagi dolzarb muammolarni koʻrib 
chiqish, 
xalqaro 
tajribani 
oʻrganish, tarixiy-madaniy meros 
saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu 
boradagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy 
yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlarda 
ta’kidlanishicha tarixiy-madaniy turizmning moddiy merosini 
boshqarish uchun obyektlar soni, holati, shuningdek, asliga mos 
obyektlar ya’ni restavratsiya va tamirlash jarayonida o’zgartirilmagan 
asli saqlanib qolingan ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga 
olish zarur. Obyektlar har xil hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu 
belgi bo‘yicha tasniflash zarur. Quyidagi toifalarni ajratish tavsiya 
qilinadi: 
• me’moriy majmualar; 
• alohida turgan me’morchilik obyektlari; 
• kichik me’moriy shakllar; 
• turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari. 
• turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish 
ko‘rsatkichlari. 
Ushbu ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan 
tashkilotlar o‘rtasidagi gorizontal aloqalarning rivojlanganlik darajasini 
tavsiflaydi. 
Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm 
barqaror rivojlanishining asosini belgilab beradi. Turizm tizimli o‘rganish 
obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan tashkil topib, 
ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir. Ijtimoiy sohaning bir qismi 


249 
sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini tiklash, ruhiy bosimni 
yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini rivojlantirishdir.
❖ Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam 
olish huquqi va haq to‘lanadigan ta’til huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy 
va ko‘ngil ochish maqsadida foydalanish uchun sayohatga chiqish –ichki 
va xalqaro turizmning ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan. Iqtisodiy 
yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy-madaniy, rekreatsion va boshqa 
tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish
maqsadli investitsiyalar kiritish faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos 
tarmoq sifatida belgilanadi. Iqtisodiy hodisa sifatida turizm mintaqa 
iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga 
bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga molikdir. Mamlaktimizda 
tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish salohiyatini yuqoriligini e’tiborga 
olgan holda, iqtisodiy adabiyotlar ma’lumotlar tahlili asosida turizmning 
iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini qayd etish mumkin: 
❖ ish o‘rinlarini ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini oshishi. 
Rivojlangan mamlakatlarda turizm sohasiga 3-5% ish o‘rinlari to‘g‘ri 
keladi; 
❖ turizm o‘z rivojlanishi jarayonida bilvosita boshqa tarmoqlarni 
ham rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi (qurilish, transport, yo‘l, oziq-ovqat 
savdo sanoati va boshqalar); 
❖ turizm industriyasi yuqori o‘sish sur’atlariga ega, pandemiya 
inqirozi oldingi davrda dunyo mamlaktlarida turizmdan tushadigan 
valyuta tushumlari har yili o‘rtacha 8-12 foizga o‘sgan; 
❖ turizmning “ko‘paytiruvchi samarasi”, ya’ni turizmga sarflangan 
mablag‘larning yuqori aylanuvchanlikka egaligi; 


250 
❖ milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi”; 
❖ xorijiy sarmoyalar jalb etish va chet el valyutasida daromadni 
keltirishi; 
❖ chet ellarda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy imijini 
yaxshilaydi; 
❖ milliy parklar va qo‘riqxonalar vujudga kelishini va 
rivojlanishini rag’batlantiradi; 
❖ san’at asarlari va urf-odatlar saqlanishiga xizmat qiladi va 
boshqalar. 
Shuningdek, 
tarixiy-madaniy 
turizm 
rivojlanishiga 
ta’sir 
ko‘rsatadigan ayrim salbiy omillarni ham keltirish lozim. Xususan, tarixiy 
–madaniy 
obyektlarni 
saqlash, 
rekonstruksiya 
qilish 
katta 
investitsiyalarni talab qiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar kapital 
tanqisligidan kelib chiqib, ularni saqlab qolish uchun yetarlicha mablag‘ 
ajrata olmasligi mumkin. Shuningdek, sohani rivojlanishi bevosita davlat 
siyosatiga bog‘liqdir.Davlatning olib boriladigan oqilona siyosati tarixiy-
madaniy 
turizm 
sohasini 
rivojlanishiga, 
xalqaro 
hamkorlikni 
kuchayishiga, sohada innovatsiyalar va axborot texnologiyalaridan 
samarali foydalanilishiga olib keladi va aksincha nooqilona siyosat turizm 
obyektlari va yodgorliklari qarovsiz qolishiga, talon taroj qilinishiga olib 
keladi. 
Ko‘rinib turganidek, tarixiy-madaniy turizmni rivojlanishiga turli 
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni PEST 
tahlili3ni amalga oshirish ushbu sohani rivojlanishi holati haqida to‘liq 
tasavvurni shakllantirish imkonini beradi. 
Siyosiy va huquqiy omillar: 


251 
• O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
va 
Vazirlar 
Mahkamasining (O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi 
qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va 
madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada 
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6199 sonli Farmoni, 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, 
Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 939-son qarori.) Sohaga oid boshqa farmonlar 
Prezident va hukumat qarorlari (jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalar 
berilishini yengillashtirilishi); 
• Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik ta’minlanganligi; 
• YUNESKO Xalqaro tashkilotining mamlakatimizdagi tarixiy 
arxeologik yodgorliklar va madaniy san’at asarlarini tiklash, saqlash va 
muhofaza qilish bo‘yicha aniq mexanizm va dasturlarning mavjudligi; 
• 90 ta mamlakat sayyohlariga O‘zbekistonga vizasiz kirish 
rejimining o‘rnatilishi; 
• Mamlakatda barqaror tinchlik ta’minlanganligi hamda 
jinoyatchilik darajasining pastligi; 
• O‘zbekiston tashqi siyosating oshkoralikni ilgari surishga hamda 
mintaqaviy va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga 
qaratilganligi; 
• O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi 
o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishining yangi 
mexanizmi joriy etilgani davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va 
hisobdorlik mexanizmlarining shakllantirilishi; 


252 
• O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab “Xavfsiz turizm” 
konsepsiyasi va standartlarining joriy etilishi; 
• Pandemiya sharoitida chegaralarning yopilishi natijasida 
turistlarning erkin sayohat qilishning taqiqlanishi PEST – bu marketing 
dastagi bo‘lib, sohaga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitning Siyosiy 
(Political), iqtisodiy (Economic), ijtimoiy (Social) va texnologik 
(Technological) jihatlarini aniqlashga qaratilgan. 
Iqtisodiy omillar: 
• Madaniy yodgorliklarni saqlash va restаvratsiya qilish uchun pul 
mablag‘larini ajratilishi hamda maxsus jamg‘armalar tashkil etilgani; 
• Mavjud xizmatlar narxlarining tartibga solinishi ва 
mo’tadillashtirilganligi; 
• Madaniy obyektlardan olinadigan soliqlarning kamaytirilgani; 
• Turistik mahsulotlar va xizmatlar turini ko‘paytirish 
(diversifikatsiyalash) choratadbirlarining amalga oshirilayotganligi; 
• Sohada raqobat muhitini yaratilishi; 
• Pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz; 
• Aholi daromadlari va turmush darajasining yuksalishi. 
Ijtimoiy omillar: 
- aholining qadriyatlar to’g’risida sobit tasavvurlari madaniy 
meroslarni asrab avaylashga bo‘lgan munosabati va diniy e’tiqodi; 
- aholida shakllangan urf-odat va qadriyatlar; 
- ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi; 
- malakali kadrlarni tayyorlash; 
- nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati; 
- ekskursovod va mutaхassislarning malakasini oshirish; 


253 
- mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli va namunali xizmat 
ko’rsatish. 
Texnologik omillar: 
- tarixiy me’moriy obidalarning internet va boshqa ommaviy 
axborot vositalari orqali reklama qilinishi; 
- tarixiy madaniy-meroslarni o’rganish bo’yicha Veb-saytlarni 
yaratilishi va muntazam boyitib borilishi; 
- madaniy tarixiy obyektlar va muzeylarda Wifi internet 
zonalarining tashkil etilishi; 
- аrxeologik yodgorliklarni muhofaza etishning innovatsion 
tehnologiyalar qo’llanilishi; 
- mintaqada mavjud muzeylar faoliyatini yo’lga qo’yishda raqamli 
texnologiyalardan foydalanish; 
- barcha tarixiy va madaniy resurslar zahiralarining yagona 
bazasini yaratish; 
- virtual sayyohlik turlarning tashkil etilishi ва b. 
Yuqorida keltirilgan PEST tahlildan xulosa qilish mumkinki, 
mamlakatda tarixiymadaniy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy rolini oshirish 
uchun barcha ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish, imkoniyatlardan 
samarali foydalanish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish 
zarur hisoblanadi. 

Tarixiy-madaniy turizm obidalaridan samarali foydalanish 
imkoniyatlarini tadqiq etishda, ulardan samarali foydalanish oshirish 
yo’llari, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni aniqlash, hamda turistik 
resurslardan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
baholashда resurslarni 
guruhlarga ajratish hamda ularni saqlash, qayta tiklash faoliyatining 


254 
indikativ ko’rsatkichlarini aniqlash аниқлаш zarur.Sohaning iqtisodiy 
samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatdan o’rganish 
natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va tavsiyalar ishlab chiqildi: 

muzeylar va madaniy meros obyektlariga sifatli va namunali 
xizmat ko’rsatishni takomillashtirish va bu orqali ularning obro’sini 
mustahkamlash; 

mamlakatning tarixiy merosini jahon turistik bozorida namoyish 
etishda xalqaro ko’rgazma, konferensiya, festival kabi madaniy 
tadbirlarni tashkil etish; 

arxeologik yodgorliklarning tarixiy madaniy turizm sohasidagi 
rolini sezilarli darajada oshirish orqali, ularni xorijiy va mahalliy turistlar 
orasida brend darajasiga yetkazish; 

arxeologik yodgorliklarni qisman (konservatsiya va restavratsiya) 
qilib muzey ko’rgazmasiga tayyorlash; 

sayyohlar uchun xalq amaliy san’ati markazlarida mahorat 
darslarini tashkil etishni yo’lga qo’yish bilan milliy hunarmandchilik 
an’analarini dunyoga tanitish; 

xorijiy 
turistlarni 
tarixiy-madaniy 
obyektlarga 
tashrifini 
oshirishda. malakali mutaxassislar tomonidan ekskursiya xizmatlarini 
sifatli tashkil etish; 

tarixiy madaniy turizmga oid turistik axborot markazlari 
faoliyatini rag’batlantirishda ilmiy-ommabop ma’lumotlarni radio, 
teleko’rsatuv hamda internet tarmoqlaridan keng foydalanishni yo’lga 
qo’yish. 


255 
Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilib, tarixiy-madaniy turizmni 
rivojlantirish nafaqat,madaniy sohani qo’llab-quvvatlashga ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatini taqdim eta oladigan 
sohalardan biri sifatida qarash kerak bo’ladi. 


256 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin