O‘zbekistonda turizm sohasidagi faoliyatining rivojlanish
salnomasi
1992 yil
27 iyun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekturizm»
MKni tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni
1992 yil
20-oktyabr
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«O‘zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari
haqida»gi qarori
1992 yil
O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Pokiston Islom
Respublikasi hukumati o‘rtasida madaniyat, sog‘liqni saqlash,
fan, texnika, Kadrlar tayyorlash, turizm, sport va ommaviy
axborot sohasida Hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim
imzolandi.
1993 yil
O‘zbekiston Jahon turizm tashkilotining a’zoligiga qabul
qilindi.
1993 yil
5 noyabr
Respublika mehmonxona xo‘jaligi va Turizm O‘zbekiston-
Turkiya litseyini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
212
1994 yil
Toshkentda BMT va YUNESKO ko‘magida Jahon turizm
tashkilotining «Ipak Yo‘li» deb nomlangan seminari
o‘tkazildi.
1995 yil
2 iyun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak
Yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining
ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni
rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni
qabul qilindi hamda shu yilning oktyabrida Buyuk Ipak
Yo‘lida joylashgan mamlakatlar vakillari ishtirok etgan
dastlabki «Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab» turistlik yarmarkasi
o‘tkazildi.
1995 yil
3 iyun
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy
infrastrukturasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi
№ 210-sonli qarori qabul qilindi.
1995 yil
22 may
O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Pokiston Islom
Respublikasi hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik
to‘g‘risida Bitim imzolandi.
1996 yil
25 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida madaniyat,
fan va turizm sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini
tashkil etish to‘g‘risida Qaror kabul kilindi.
1998 yil
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turistlik
korxonalar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga
bag‘ishlangan 346-sonli Qarori qabul qilindi. Shunga ko‘ra
xususiy turistlik tashkilotlar Assotsiatsiyasi tuzildi.
213
1999 yil 20
avgust
Oliy Majlisda O‘zbekiston Respublikasining «Turizm
haqidagi» Qonuni qabul qilindi
1999 yil
30-iyun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda
turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida»
gi Farmoni qabul qilindi.
1999 yil
15 aprel
Respublikamiz Prezidenti tomonidan «2005 yilgacha bo‘lgan
davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi»
ga imzo cheqildi. Bu dastur mamlakatimizning ichki
imkoniyat-larini hisobga olgan holda, turistlarga xizmat
ko‘rsatishning g‘arbdagi zamonaviy andozalarini ham,
sharqdagi mehmondo‘stlik ananalarini ham o‘zida mujassam
qilgan milliy turizm mode-lini shakllantirish uchun yanada
keng imkoniyatlarni yaratadi.
2000 yil
Turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish
maqsadida Yangi Buxoro va Afrosiyob mehmonxonalari
Germaniyaning «Inpro» kompaniyasi boshqaruviga berildi.
2001 yil
O‘zbekiston hukumati tomonidan turizm sohasidagi amalga
oshirilayotgan islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi
erishilayotgan yutuqlar uchun «O‘zbekturizm» Milliy
kompaniyasi turizm va mehmonxona ishi bo‘yicha
beriladigan xalqaro XXVI mukofotini qo‘lga kiritdi va
kompaniya savdodagi yetakchilar guruhiga qabul qilindi.
2002 yil
2 sentyabr
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va
xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
214
2003 yil
O‘zbekistonda hukumat va xorijiy investitsiyalar asosida bir
qator mehmonxonalar ta’mirlandi va yangilari qurildi.
2003 yil
17 yanvar
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasida Mehmonxona biznesi va
xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 2002 yil 2 sentyabrdagi 310-son Qarorini qisman
o‘zgartirish haqida qaror qabul qilindi.
2003 yil
11 noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
«Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi nizomni
tasdiqlandi.
2004 yil
25 mart
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №144
sonli «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish
to‘g‘risida» gi qarorida 2008-2009 o‘quv yilidan boshlab
«Turizm» va «Servis» yo‘nalishlari mutahassisliklari
bo‘yicha magistrlar tayyorlashni tashkil etish ta’kidlandi.
2005 yil
25 may
O‘zbekiston
Respublikasi
«O‘zbekturizm»
Milliy
kompaniyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi milliy turistlik
ma’muriyati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida
Bitim imzolandi.
2006 yil
17 aprel
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xizmat ko‘rsatish
va servis sohasini 2006-2010 yillarda rivojlantirish
to‘g‘risida» gi PQ-325 sonli qaroriga asosan turizm sohasini
rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy va milliy dasturlar ishlab
chiqildi.
2006 yil
4 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekturizm» Milliy
Kompa-niyasi bilan Qozog‘iston Respublikasining Turizm va
215
Sport vazirligi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida
Bitim imzolandi.
2006 yil
3 oktyabr
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekturizm» Milliy
Kompaniyasi bilan Qirg‘iz Respublikasining , Savdo va
Turizm Vazirligi o‘rtasida Turizm sohasida hamkorlik
to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
2007 yil
Islom
konferensiyasi
tashkiloti
(OIK)
tarkibidagi
muassasalardan biri – Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni
Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qildi.
2008 yil
17-18 mart
kunlari
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasi tarkibida
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi rahbari Birlashgan Arab
Amirliklarida bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasida hamkorlik
aloqalarini
rivojlantirish
maqsadida
turizm
sohasida
hamkorlik qilish to‘g‘risida Hukumatlararo Bitim imzolandi.
Shu bilan bir qatorda, «O‘zbekturizm» MK va Dubayning
«Arabian Odissey» kompaniyasi o‘rtasida Agentlik
shartnomsi imzolandi. Shartnomaga muvofiq hozirgi kunda
ushbu kompaniya O‘zbekistonga arabistonlik turistlarni jalb
qilish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda.
2007 yil 21
may
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasida 2010 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis
sohasini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-640 sonli qaror qabul
qilindi.
216
2008 yil
24-28 mart
kunlari
«O‘zbekturizm» MK vakili Turkiya va O‘zbekiston
o‘rtasidagi
Hukumatlararo
qo‘shma
komissiyaning
navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida
Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida milliy
kompaniya
vakili
tomonidan
O‘zbekiston
turizm
salohiyatining taqdimoti o‘tkazildi.
2008 yil 2
aprel
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahrining
2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2008 yil
19-29 may
kunlari
O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH va Braziliya davlatlariga
tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zbekiston turizm
salohiyatining
taqdimoti
bo‘lib
o‘tdi.
Shuningdek,
O‘zbekiston Hukumatlararo delegatsiyasi ikki tomonlama
hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamda ikkala
tomonlar o‘rtasida tuzilgan tadbirlar rejasini bajarish
maqsadida Braziliyaga tashrif buyurdi. Ikki tomonlama
uchrashuvlar davomida, «O‘zbekturizm» MK rahbariyati
AQSH va Braziliya turizm i vakillari bilan muzokaralar
o‘tkazdi.
2008 yil
16-oktyabr
Navbatdagi XIV-Xalqaro «Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab»
turistlik yarmarkasi o‘tkazildi.
2008 yil
18-oktyabr
«O‘zbekturizm» Millik kompaniyasi Butunjahon turistlik
tashkiloti (YUNVTO) bilan hamkorlikda «Jahon turistlik
bozorlariga «Buyuk Ipak yo‘li» brendini siljitish» mavzusida
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi.
217
2008 yil
2 dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida
erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi
Farmoniga asosan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi
tashkil etildi. Natijada O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi
xorijiy turistlarning kupayishiga asos solindi.
2009 yil
24 fevral
Turkmaniston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga
keldi. Tashrif chogida bu ikki davlat o‘rtasida barcha soxalar
katorida turizm soxasida xususan, «O‘zbekturizm» MK bilan
Turkmaniston Davlat turizm va sport ishlari kumitasi urtasida
hamkrolik to'g'risida Bitim imzolandi.
2009 yil
1 may
Mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasida O'zbekistonning
turistlik saloxiyatiga bagishlangan «Turizm-mamlakatning
barkaror rivojlanish omili» mavzusida takdimot utkazildi.
2009 yil
1 may
Saudiya Arabistoni Podsholigida O'zbekiston turistlik
saloxtyatiga bagishlangan takdimot bulib utdi.Tadbir
davomida ishtirokchilar O'zbekiston turizm soxasining
xozirgi axvoli, uning infratuzilmalari, bu soxada hamkorlikni
kengaytirish borasida davra suxbati bulib utdi va
mexmonlarga «O'zbekistonga xush kelibsiz» videofilmi arab
tilida namoyish etildi.
2009 yil
27 may
“Navoiy” xalqaro aeroportidan Xindiston poytaxti Dehli
shahriga birinchi yuk tashuvchi A-300 rusumli samolet
parvozi amalga oshirildi. Bu bilan “Navoiy” Xalqaro
aeroporti tarixida yana bir yangi saxifa bitildi.
2009 yil
27-29 may
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan
Braziliya Federativ Respublikasiga keldi. Tashrif chogida
218
O'zbekiston Respublikasi xukumati bilan Braziliya Federativ
Respublikasi
xukumati
urtasida
madaniy
hamkorlik
to'g'risidagi, diplomatik pasport egalarining vizasiz kirib-
chikishi to'g'risidagi hamda turistlik soxasidagi uzaro
hamkorlik to'g'risidagi uzaro anglashuv memorandumi
imzolandi.
2009 yil
28 iyun
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy Xalk Respublikasi
bilan O'zbekiston urtasida uchrashuv bulib utdi.Bu uchrashuv
davomida ikki mamlakatlar urtasida turistlik va temir yul
transporti kabi soxalardagi hamkorlikka oid hujjatlar
imzolandi.
2009 yil
3 iyul
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Ispaniya delegatsiyasi
bilan O‘zbekiston o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Biznes-
forumda ikki mamlakatlar urtasida savdo-iqtisodiy, ta’lim,
turistlik kabi sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish
uchun jumladan, «O‘zbekturizm» MK bilan Ispaniya
Qurolligi , turistlik va savdo vazirligi urtasida uzaro
hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.
2009 yil
16 iyul
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi IOSA
operatorlarining rasmiy reestriga rasman kiritilgani e’lon
qilindi.
2009 yil
25 avgust
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” VII xalqaro musiqa
festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu festivalda 60 dan ortiq
davlatlardan ishtirokchilar qatnashdilar.
219
2009 yil
4-5 oktyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ummon davlatiga
tashrif buyurib, ushbu mamlakat bilan bir qator turizmga doir
hujjatlar va shartnomalar imzolashdi.
2009 yil
16-oktyabr
Navoiy shahrida yangi zamonaviy mehmonxona “Komilla”
mehmonxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
2009 yil
21-23
oktyabr
XV-Xalqaro «Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab» turistlik yarmarkasi
o‘tkazildi.
Dostları ilə paylaş: |