institutini tashkil etish; BTT orqali turizm bo‘yicha xalqaro markazlarda
(Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlari) «O‘zbekturizm» MK
xodimlarini, turizm va gid-tarjimonlik bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish,
tayyorlash va qayta tayyorlash; Madaniy-tarixiy inshootlarda xalq ijodi va
hunarmandlik mahsulotlari sotish uchun kioskalar tashkil etish, xalq urf-
odatlari, an’analarini namoyish etuvchi videoroliklar tayyorlash va
ularning savdosini tashkil etish; Muzey kolleksiyalari va arxeologik
topilmalar nusxalaridan tayyorlangan sovg‘alar ishlab chiqarishni tashkil
etish; Turizm ob’ektlarida milliy urf-odatlar va an’analarni namoyish
etish; Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar turizm tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish va ularning rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
turistlik xizmat ko‘rsatish andozalariga muvofiqlikni nazorat qilib borish
masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Mazkur bo‘limda belgilab berilgan
204
vazifalar ham amalga oshirilmoqda.
5-bo‘lim: «Jahon merosi, madaniyati va tarixiga kiruvchi
qo‘riqxonalar, yodgorlik shaharlarini muhofaza etish va ulardan maqsadli
foydalanish bo‘yicha tadbirlar»,-deb nomlanib, unda quyidagi
yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi: xalqaro ilmiy-amaliy turistlik
ekspeditsiyalarni tashkil etish yordamida xorijdagi Vatanimiz madaniyati,
tarixi, fani va san’ati yodgorliklarining qimmatini o‘rganish; milliy
bog‘lar, an’anaviy choyxonalar, xalq amaliy san’ati va ko‘rgazmalarini
tashkil etish va ularni turizm marshrutlariga kiritish; turizm ob’ektlarini
mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq tarixiy va madaniy yodgorliklarni
doimiy ravishda qayta tiklash.
6-bo‘lim: «Ichki turizmni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar»,-deb
nomlanib, unda Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari turizm markazlarida
piyoda yuruvchi turistlar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etish; Toshkent,
Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari va Farg‘ona vodiysiga ma’naviy -
ma’rifiy va tarixiy ekskursiyalarni tashkil etish; o‘quvchi yoshlarimizni
o‘tmish merosimizga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
maqsadida muzeylarda doimiy ravishda ochiq eshiklar kunini o‘tkazish;
bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlari
uchun bepul ekskursiyalar tashkil etish; O‘zbekiston fuqarolari uchun
Imom Buxoriy, al-Farg‘oniy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, at-
Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro va boshqa o‘tmish allomalarimizning
memorial majmualariga ekskursiyalar tashkil etish vazifalari belgilab
berildi. Bu boradagi ishlar ham hozirda amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi hujjatlar - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi «Xorijiy fuqarolarning va
205
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari,
ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida»gi
Qarori va unga Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-
apreldagi Qarori bilan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning kiritilishi
bo‘ldi.
Ushbu qarorlarda «Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari hamda O‘zbekiston
Respublikasidan ketishlari tartibi» tasdiqlandi. Tartibning birinchi
bo‘limi «Umumiy qoidalar»,-deb nomlanib, unda respublikamizga kelish
va ketishga haqli deb - xususiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turizm,
dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun
borayotgan shaxslar va boshqa masalalar belgilab berilgan. Ikkinchi
bo‘lim «O‘zbekiston Respublikasiga kelish «viza» larini rasmiylashtirish
tartibi»,-deb nomlanib, uning 12-bandida, ayniqsa to‘liq ma’lumotlar
mujassam. Uchinchi bo‘lim «O‘zbekiston Respublikasidan ketish «viza»
larini
rasmiylashtirish
tartibi», to‘rtinchi bo‘lim «O‘zbekiston
Respublikasiga kelish va undan ketish huquqidagi cheklashlar», beshinchi
bo‘lim «Chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish
tartibi»,-deb nomlangan.
Shuningdek, ushbu qarorlarda «Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari
qoidalari» tasdiqlangan. Bu qoidaning birinchi bo‘limi «Umumiy
qoidalar», ikkinchi bo‘limi «O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha
bo‘luvchi xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish»,-deb nomlangan.
Qoidaning 13-bandida:
mehmonxonalar, davolash
muassasalari,
sanatoriylar, dam olish uylarining mas’ul shaxslari tomonidan kelib
206
joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi. 19-bandida: Mehmonxonalar
ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasiga kelish «viza» siga ega
bo‘lmagan, shuningdek, boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘ygan xorijiy
fuqarolar to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar
qilishga
majburdir.
Bunday
shaxslarni
mehmonxonalarda
rasmiylashtirish va mehmonxonalarga joylashgan xorijiy fuqarolarning
bo‘lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma
iltimosnomasida (turistlar uchun turning amal qilish muddatida)
ko‘rsatilgan, lekin «viza» ning amal qilish muddati darajasida
oshiriladi»,- deyiladi. Uchinchi bo‘lim «Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berish», to‘rtinchi
bo‘lim «Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida
yurishlari», beshinchi bo‘lim «O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish
muddatini qisqartirish va undan chiqarib yuborish»,-deb nomlangan.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlarida, shuningdek, «Xorijiy
fuqarolarning,
fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari» ham tasdiqlangan.
Respublikamizda turizm sohasi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, turizmning iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-
Dostları ilə paylaş: |