Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


- mavzu. Rekreatsiya va turizm geografiyasi fanining o’rganish



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

1- mavzu. Rekreatsiya va turizm geografiyasi fanining o’rganish 
obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari 
Reja: 
1. Rekreatsiya va turizm haqida tushuncha. 
2. Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti 
3. Rekreatsiya va turizm geografiyasining vazifalari. 
4. Rekreatsiya va turizm geografiyasining maqsadi. 
5. Turizm geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Rekreatsiya va turizm haqida tushuncha 
Turizm terminini birinchi bo’lib 1830-yilda V.Jekmo tomonidan 
qo’llanilgan edi. Bu tushuncha fransuz tilida ,,tour”, sayohat ma’nosida 
ishlatilgan. Turizm va turist tushunchalari o’z navbatida bir ma’nodagi 
tushuncha sifatida qarash noo’rindir. Turizm keng ma’nodagi xizmatlar 
yig’indisidan iborat soha hisoblanadi. 
Bu termin va tushunchalarga Bern universiteti professorlari 
Xunziker va Krapflar aniqroq baho beradi. Jumladan, turist - bu o’zi 
yashayotgan joydan boshqa joyga, hududga, 
mamlakatga, 
mamlakatidan tashqariga bo’sh vaqtlarida dam olish, sog’lig’ini 
tiklash, sog’lomlashtirish, mehmonga borish, diniy va ish yuzasidan 
haq to’lanadigan maqsadlaridagi tashrifidir, deb ta’rif beradi. 
A.Soliyevva 
M.Usmonovlar(2005) 
turizm 
tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif beradi: ,,aholining o’zi yashab turgan mintaqa, 
hudud, o’lka yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini 
ko’rish maqsadida uyushtirilgan rekreatsion faoliyat turiga sayohat, 
ya’ni turizm” hisoblanadi. 1963-yilda Birlashgan Millatlar 



Tashkilotining (BMT) Xalqaro turizmga oid Rim konfrensiyasiga 
muvofiq turist deb, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, 
kamida 24 soat ichida o’sha yerda turib, turistik xizmatidan foydalangan 
kishiga aytiladi. 
Xizmat ko’rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so’nggi 
yillarda keng rivojlanmoqda. Rekreatsiya(sayohat, hordiq chiqarish, 
sanatoriya – kurort) xizmati mehnat qilish jarayonida sarflangan kuch
energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi. 
Rekreatsiya xizmati nirivojlanishi uchun zarur bo’lgan omillar: 

kundalik ehtiyojlardan orttirilgan mablag’; 

rekreatsiya resurslari; 

rekreatsiya xo’jaligi bo’lishi; 
Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya’ni tabiiy hamda madaniy-tarixiy 
rekreatsiyaga bo’linadi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga tabiiy sharoit va 
tabiiy boyliklar zaminida vujudga kelgan sharsharalar, g’orlar, buloqlar, 
so’lim tog’ yonbag’irlari kiradi. Tabiiy muhiti keskin o’zgargan, tig’iz 
infrastruktura sharoitida aholining tabiat qo’ynida, maxsus dam olish 
maskanlarida hordiq chiqarishga ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga 
chiqqan yoz oylarida tekisliklarda yashovchi aholi tog’ maskanlariga 
oshiqadi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin