Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Rekreatsiya va turizm geografiyasining obyekti va predmeti 
Rekreatsion geografiya XXasrning ikkinchi yarmidan rivojlana 
boshladi. 
Mazkur 
fanning 
rivojlanishida 
V.S.Pereobrajenskiy, 
A.A.Vinch, P.G.Safiya, I.P.Gerasimov, A.A.Shashina, A.P.Avtsin, 
A.D.Lebedov va boshqalarning xizmatlari katta. 



Hududiy rekreatsion tizimlar, turli xil reaksion tizimlarning 
shakllanishi, rivojlanishi, tarqalishi rekreatsion geografiyaning o’rganish 
obyekti bo’lib hisoblanadi. (1975 – yil) 
Hududiy rekreatsion tizimlar 4ta asosiy turga bo’linadi: 
I. 
Davolovchi; 
II. Sog’lomlashtiruvchi; 
III. Sport; 
IV. Bilish. 
Davolovchi hududiy reaksion tizimlarda davolash tibbiy omillar 
vositasida amalga oshiriladi. Ularga mineral suvlar (ichiladigan, 
cho’miladigan, balchiqlar), iqlimiy shart – sharoit kiradi. 
Hududiy rekreatsion tizimlarni ikkinchi va uchinchi turida 
kishilarning sog’lig’ini mustahkamlaydigan chora – tadbirlar qo’llaniladi. 
Mazkur chora- tadbirlar kishilarning charchog’ini yozishga va oshirishga 
yo’naltiriladi. Bunda piyoda yurish, sayohat, ekskursiyalar, turli-xil 
tomoshalar havo va quyosh vannalari, cho’milish (dengizda, daryoda, 
ko’lda) katta o’rin tutadi. 
Hududiy rekreatsion tizimlarning to’rtinchi turi yangi hodisalar, 
jarayonlar va barcha narsalarni bilishga asoslangan. Bundadavolash, 
sog’lomlashtirish va umummustahkamlash tadbirlariga ko’proq e’tibor 
beriladi. 
Turizm geografiyasining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishida 
dastlabki izlanishlar XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin I.G.Kol 
tomonidan olib borilgan. Bu tadqiqot dam olish, turizm geografiyasi 
bo’yicha ilk qadamlardan biri bo’ldi.Shu davrda nemis A.Gettner ham o’z 
izlanishlarida turizm geografiyasi o’ziga xos jihatlarini ochib berdi. U 



turizm geografiyasining predmeti bo’yicha ilmiy ishlar olib borib, yirik 
shaharlar 
atrofida 
tabiat 
va 
iqlim 
resurslaridan 
foydalanish 
xususiyatlariga katta e’tibor berdi. Shuningdek, Gettner sayohat paytida 
kishilarning tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy hamda rekreatsiya resurslaridan 
foydalanishini turizm geografiyasining predmeti deb ta’kidlaydi. Turizm 
geografiyasi bilan rekreatsiya geografiyasini bir – biriga qo’shilgan holda, 
yaxlit predmet sifatida ko’rishgan. 
Turizmni iqtisodiyotning asosiy tarmog’i sifatida qaralganda uning 
to’rtta asosiy hududiy bo’g’inlari yoki bosqichlarini ajratish mumkin: 
xalqaro, milliy, mintaqaviy va mahalliy turizm. 
Turizm geografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir bo’lagi 
bo’lib, u turli mamlakat va mintaqalarda sayyohlikning shakllanishi, 
rivojlanish va hududiy tashkil etish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini 
o’rganadi. 
Rekreatsion geografiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
• tabiiy resurslarni rekreatsion maqsadlarda baholash; 
• asosiy iqlimiy mintaqalar va tabiat zonalari hamda 
landshaftlarning tabiiy rekreatsion imkoniyatlarini baholash; 
• rekreatsion iste’molni o’rganish va baholash; 
• O’zbekistonda 
rekreatsion 
jarayonlarning 
rivojlanish 
jarayonlarining rivojlanish xususiyatlarini o’rganish. 
Fanning maqsadlari sifatida: 
• rekreatsiya va turizmning asl mohiyatini ochib berish; 
• rekreatsiya va turizmning taraqqqiyot yo’li, tajribasi, hozirgi 
kundagi muammolarini aniqlab olish; 



xalqaro turizmning regional, hududiy, iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish; 
• sohaga oid tushuncha va ahamiyatlarni ta’riflash. 
Turizm geografiyasi ko’plab tabiiy va gumanitar fanlar bilan 
jumladan, 
rekreatsiya 
geografiyasi, 
tibbiyot 
geografiyasi, 
landshaftshunoslik, 
o’lkashunoslik, 
mamlakatshunoslik 
hamda 
iqtisodiyot, tarix, etnografiya, huquqshunoslik hamda iqtisodiyot, tarix, 
etnografiya, huquqshunoslik va boshqalar bilan bog’liq holda taraqqiy 
etadi. 
Turizm geografiyasi o’z tadqiqot doirasida ayniqsa rekreatsiya 
geografiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Sababi har qanday turistik sayohat 
davomida kishilar ma’lum darajada dam oladilar, o’z kuch – quvvatini 
tiklaydilar. Ayni vaqtda rekreatsiya, ya’ni dam olish, davolanish paytida 
albatta vaqt – vaqti bilan turli sayyohlik tadbirlari o’tkaziladi, 
marshrutlarga chiqiladi. Shu jihatdan bu ikki tarmoq bir – birini to’ldirib 
turadi. 
R.Abdumalikovning fikricha , turizm –sayohat paytida “tur “ (belgi) 
o’rganish degan ma’nopni bildirib tog’ ,adirlar va uzoq masofalarga 
sayohat qilish , oxirgi manzilga belgi qo’yib kelish yoiki cho’qqiga 
chiqqanini bildirish uchun biron belgi qo’yishni anglatadi ,deb tariflaydi 
(Abdimalikov,1978). Bu fikr ko’proq o’lkashunosligi va turizm bilan 
bog’liqdir. 
• O’zbekiston Respublikasi “Turizm to’g’risidagi qonuni” da 
turizm jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan so’lomlashtirish, 
ma’rifiy ,kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda 


10 
(mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda 
uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi); 
• turist - O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab yoki boshqa 
mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm 
maqsadida jo’nab ketgan) jismoniy shaxs; 
• turistik resurslar - tegishli hududning tabiiy-iqlim, 
sog’lomlashtirish, tarixiy madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy -maishiy 
obektlari majmui; 
• turistik indistura - turistik faoliyatning turistlarga xizmat 
ko’rsatishini ta’minlovchi turli subektlari (mehmonxonalar ,turistik 
komplekslar , kempinglar , modellar ,pansionatlar, umumiy ovqatlanish, 
transport korxonalari, madaniyat, sport muassalari va boshqalar) majmui; 
• gid (ekskursiya etakchisi) -tur qatnashchilariga turistik xizmatlar 
ko’rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya; 
• axborot,tashkiliy yo’sindagi xizmatlar va mamlakatga yordam 
korsatuvchi jismoniy shaxs. 
Ikkinchi jahon urushi davrida turizimga doir ilmiy izlanioshlar 
tadqiqotlar birmuncha pasaydi. Urushdan keying i 50-60-yillarda turizim 
geografiyasini o’rganishda Fransiya , Britaniya, Avstraliya, Yaponiya va 
boshqa davlatlarda keng ko’lamli o’rganiladi. 
XX asrning ikkingi yarmidan keyin Sobiq ittifoqda ham bu 
yo’nalish bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borildi .Jumladan 
,N.S.Mironenko va L.T.Tverdoxlebov(1984) rekreatsiya va turizmning 
geografik xususuyatlari to’g’risida , P.N.Zachinyaev , N.S Falkov ich 
(1972) xalqaro turizmning geografik joylashishi va rivojlanishi bo’yicha 
ilmiy asar yaratdi. Bundan tashqari turizm geografiyasining nazariy va 


11 
uslubiy asoslari I. I.Pirojnik , A.Yu.Aleksandrova , S.R.Erdavletov va 
boshqalar ham ilmiy ishlarida ko’rish mumkin. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin