Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma
2. Iqtisodiy geografik omillar Xalqaro turizm rivojiga iqtisodiy geografik omillarning ta’siri ikki
shaklida ko‘zga tashlanadi, ya’ni u yoki bu rayonga turistlar oqimining
ko‘plab kelishiga ta’sir etuvchi obyekt sifatida, hamda turizm rivoji uchun
asosiy vosita sifatida.
Birinchi holda biror bir mamlakat iqtisodiyoti xalq xo‘jaligi
tarmoqlari yuksak darajada rivojlangan bo‘lib, aholi uchun kerakli
bo‘lgan xilma-xil tovarlar ishlab chiqarish, hamda bu tovarlarga
odamlarning qiziqishining yuqori bo‘lishi;
Ikkinchi holda turistik kompaniyalar tomonidan turli darajada
rivojlangan texnologiyalarni turistlarga ko‘rsatish uchun olib borilsa.
Masalan, Yaponiyada turistlarni radio va fototovarlar ishlab chiqaradigan
22
korxonalarga olib borishadi. Chexiyada turistlarni shisha ishlab chiqarish
korxonalariga, Bolgariyada gullar vodiysiga olib boradilar. Chunki
bunday joylarni ko‘rsatish turistlarning yanada ko‘plab kelishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining etnik xususiyatlari.Xalqaro turizm rivojiga aholining
etnik xususiyatlarining ta’siri kattadir. Sayyoramizda yashayotgan turli
xil millat va ellatlar bir-birlaridan irqi, dini, tili, madaniyati, urf-odatlari,
milliy an’analari bilan farq qiladilar. Xalqlar o‘rtasidagi bunday
an’analarni ko‘rishga har qanday odam qiziqadi. Bu esa o‘z navbatida
xalqaro turizm rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turli millat va elatlar orasida bo‘lish ularni bir-biriga
yaqinlashtiradi, xalqlarning bir-biriga harmati ortadi, ularga hurmat va
ehtirom bilan qarash imkoniyati vujudga keladi. Xalqaro turizm xalqlar
milliy madaniyatining saqlanib qolishiga, ularning yanada taraqqiy
etishiga yordam beradi.Madaniy-tarixiy obidalar.
Madaniy tarixiy obidalar etnik omillar bilan uzviy ravishda bog‘liq.
Arxitektura-me’moriy yodgorliklari, muzeylar, rasmlar galereyasi, milliy
hunarmandchilik turli tarixiy voqealarni o‘zida mujassamlashtirgan
haykallar, turistlarni o‘ziga so‘zsiz jalb qiladi. Chunki chet el turistlari
o‘zlari borgan joyda eng avvalo, tarixiy va me’moriy obidalarni ko‘rishga
harakat qilishadi. Jumladan, Anglyaga borgan sayyohlarning 2 mlndan
ortig‘i bu yerda buyuk kishilarning ko‘milgan joylarini ziyorat qilishga
intilishadi. O‘zbekistonda turistik resurslarning 70 foizini arxitektura
me’moriy yodgorliklari tashkil qiladi.
23
Xorijiy turistlarni mahalliy hamda antiqa ishlangan suvenirlar ham
qiziqtiradi. Shu sababli mahalliy suvenirlarni ishlab chiqarishni to‘g‘ri
tashkil qilish turizmdan keladigan foydaning ortishiga olib keladi.