17
qishlog’ida shifobaxsh buloqlari mavjud. Turistlar asosan Budapesht
shaxri va Balaton ko’liga kelishadi. Balaton ko’liga yiliga 100ming kishi
keladi.Polshada balneologik va iqlimiy kurortlar keng tarqalgan. Ularga
dengiz bo’yida joylashgan balneologik va balchiq kurortlar kiradi .
G’arbiy Yevropa davlatlarida jaxonga mashxur kurortlar joylashgan.
Ularga Baden Baden va Visbaden (Germaniya,) Vishi (Fransiya) Bat
(Buyuk Britaniya, Spa (Belgiya) va x.k Ispaniya, Partugaliya va
Gretsiyada iqlimiy dengiz bo’yi kurortlari keng tarqalgan. Avstriya va
Shveytsariyada tog’ kurortlari mavjud.
Amerikada dam olish-sog’lomlashtirish turizmi bo’yicha AQSH
yetakchi.AQSH da balneologik kurortlar keng tarqalgan; Mammot–
Sprinchi, Xiber–Sprinche kurortlari mineral suvlarga asoslangan va
Arkanzats shtatida joylashgan. Dengizbo’yida Long –Bich (Nьyu–York
atrofida), Xatteras Atlantika qirg’og’ida va hokazo. Markaziy Amerikada
ham dengiz kurortlari mavjud.
Yaqin Sharqda davolash - sog’lomlashtirish kurortlari O’lik dengiz
atrofida joylashgan. Bu yerda asosan teri kasalliklari (psoriaz) davolanadi.
Xorijiy Osiyo davlatlarida
davolash–sog’lomlashtirish turizmi yaxshi
rivojlanmagan.
Dostları ilə paylaş: