201
belgilab berilgandek «Turizm to‘g‘risida»gi Qonun 1999-yil 20-avgustda
qabul qilindi, boj va viza hujjatlarini rasmiylashtirish Nizomiga
o‘zgartirishlar kiritildi, xullas barcha vazifalar to‘liq amalga oshirildi.
2-bo‘lim:
«O‘zbekturizm» MKning 1999-2005
yillardagi
investitsiya siyosati»,-deb
nomlanib, unda Samarqand shahrida
«Prezident-otel» mehmonxonasi qurilishi (mablag‘ning 85% xorij
investitsiyasi, 15% «O‘zbekturizm» MK hisobidan), shahardagi
«Samarqand» mehmonxonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari.
Xorijiy va mahalliy sarmoya); Xivada yangi mehmonxona qurilishi (bu
ham 85% ga 15%), Urganchda «Xorazm» mehmonxonasini qayta tiklash
(7,5 mln
AQSH dollari, Hindiston krediti);
Toshkent shahridagi
«O‘zbekiston» mehmonxonasini qayta tiklash (31,5 mln AQSH dollari,
xorijiy sarmoya). Shuningdek, 50-60 o‘rinli 2-3 yulduzli mehmonxona
qurilishi (20 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya); Toshkent
viloyati Chorvoq suv ombori hududida dam olish zonasi va golf klubi
qurilishi (100 mln AQSH dollari, xorijiy sarmoya); Buxorodagi «Buxoro»
mehmonxonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, xorijiy sarmoya);
Andijondagi 60 o‘rinli yangi mehmonxona qurilishi (12 mln AQSH
dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya), shahardagi «Oltin Vodiy»
mehmonxonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy
sarmoya); Jizzaxdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasini qayta tiklash (10
mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya); Termizdagi
mehmonxonani qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy
sarmoya); Shahrisabzdagi «Shahrisabz» mehmonxonasini qayta tiklash (6
mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya) kabi juda katta mablag‘
talab etiladigan vazifalar belgilab olindi.
202
Shuningdek, Avtobus - avtomobil parkini modernizatsiyalashtirish
(zamonaviylashtirish) uchun 12 mln AQSH dollari, kichik xususiy
mehmonxonalar va otellar qurilishi uchun 30
mln AQSH dollari
miqdorida sarmoya talab qilinishi belgilab berildi. Ushbu bo‘limda
belgilab berilgan vazifalardan asosiylari ham amalga oshirildi. Toshkent
shahrining o‘zida «O‘zbekiston», «Toshkent», «Rossiya», «Do‘stlik»,
«Turon» kabi mehmonxona-larni modernizatsiyalashtirilganligiga yoki
Samarqand shahridagi «Prezident - otel» mehmonxonasini bunyod
etilganligiga bugun guvohmiz. Shuningdek, boshqa viloyatlardagi
vazifalar ham amalga oshirildi.
3-bo‘lim:
«Marketing tadbirlari»,- deb nomlanib, unda
O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida turistlarga ma’lumot
berish va turmahsulotlarni taklif qilish maqsadida internet, E-mail xalqaro
informatsiya
tarmoqlaridan
foydalanishni
rivojlantirish;
Gid-
ekskursovodlar uchun respublika tarixi,
siyosiy hayoti, madaniy-tarixiy
merosi, turizm imkoniyatlari, asosiy qonunlari, ijtimoiy fan va madaniyat
sohasidagi
yutuqlari
haqidagi
barcha
axborotlarni
o‘zida
mujassamlashtirgan informatsion-uslubiy ma’lumotnoma (spravochnik)
ishlab chiqish; Har yili Toshkent shahrida xalqaro «Buyuk Ipak yo‘li»
turistlik yarmarkasini o‘tkazish, shuningdek, yirik xalqaro turistlik
yarmarkalarda ishtirok etish; Yangi va maxsus turistlik turlarni ishlab
chiqish (tarixiy,
ekologik, ekzotik va sport); «Turizm - revyu»
teleko‘rsatuvini doimiy ravishda tashkil etish, O‘zbekistonning tarixiy va
madaniy yodgorliklariga oid kinofilmlar ishlab chiqarish, reklama
prospeketlarini va xususiy «Buyuk Ipak yo‘li» axborot - reklama xaftalik
gazetasini nashr ettirish; Informatsiya olish va almashish maqsadida
203
xalqaro tashkilotlar (BTT, YUNESKO, YUNID, PROON) bilan
hamkorlikni faollashtirish. Rivojlangan davlatlar
turizm tashkilotlari
bilan tajriba almashish asosiy vazifa sifatida karaldi. Bu bo‘limda ham
belgilangan internet va saytlar xalqaro informatsiya tarmoqlaridan
foydalanish, gidlar uchun ma’lumotnomalar ishlab chiqish, har yilgi
turyarmarkani o‘tkazish, xalqaro turtashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish kabi va boshqa vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.
4-bo‘lim: «Turistlarga xizmat ko‘rsatishni xalqaro andozalar
darajasiga
ko‘tarish, turizm infratuzilmasini har tomonlama
rivojlantirish»,-deb nomlanib, unda Toshkent, Samarqand, Buxoro va
Xiva shaharlaridagi turistlarni ijaraga avtomobil vositalari bilan
ta’minlash; Markaziy Osiyo respublikalari uchun mutaxassislarni
tayyorlash
maqsadida Toshkent shahrida BTTning malaka oshirish
Dostları ilə paylaş: