Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


iyundagi «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

iyundagi «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar 
tayyorlash to‘g‘risida»gi Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta’minlash 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 2-
iyuldagi «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi. 


207 
Mazkur hujjatlarga muvofiq, 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab turizm 
sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash Toshkent Davlat 
Iqtisodiyot Universitetida mujassamlashtirilishi bayon etildi. Shu 
maqsadda Universitetda Xalqaro turizm fakulteti va unga qarashli 
«Turizm menejmenti», «Turizm servisi», «Turizm marketingi» kabi 
mutaxassislik (va boshqa nomutaxassislik) kafedralari tashkil etildi. 
Universitetda hozirgi paytda 5340200 – «Menejment» (Turizm), 
5810300 – Servis (turizm) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar 
tayyorlanmoqda va 5A810102 – «Xalqaro turizm menejmenti» 
mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va 
turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-xunar kolleji tashkil etish va 
qayta ixtisoslashish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona, Termiz va 
Shahrisabz shaharlarida turizm kasb-hunar kollejlari ochilishini 
bosqichma-bosqich amalga oshirish vazifasi belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat 
boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2003-yil 9-
dekabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan va turizm sohasida 
boshqaruvning samarali tizimini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2004-yil 28-iyulda 
«O‘zbekturizm» MK faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» gi 
qarori qabul qilinganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Qarorda «O‘zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi va markaziy 
apparat xodimlarining cheklangan umumiy soni 45 nafar, shu jumladan 
boshqaruv xodimlari 30 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi ham 
tasdiqlandi. 


208 
«O‘zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi: 
Mintaqaviy bo‘limlar uchta viloyatda saqlanib qolgan: Samarqand 
mintaqaviy bo‘limi, Xorazm mintaqaviy bo‘limi, Buxoro mintaqaviy 
bo‘limi.
Hududiy sayohat va ekskursiya byurolari davlat korxonalari 
(bundan keyin SEB dk) esa yettita viloyatda tashkil etildi: Surxondaryo 
SEB dk, Qashqadaryo SEB dk, Navoiy SEB dk, Qoraqalpog‘iston SEB 
dk, Jizzax SEB dk, Namangan SEB dk, Farg‘ona SEB dk.
«O‘zbekturizm» MK tizimida quyidagi mehmonxona komplekslari 
saqlanib qoldi: «Afrosiyob-Palas» mehmonxona kompleksi davlat 
korxonasi, «Buxoro-Palas» mehmonxona kompleksi davlat korxonasi, 
«Xiva» turizm ekskursiya kompleksi davlat korxonasi, «Jayxun» 
mehmonxona kompleksi davlat korxonasi, «Xorazm» mehmonxona 
kompleksi davlat korxonasi, «Uzolmonxotelz» qo‘shma korxonasi. 
Xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalardan «Dispetcherlashtirish va xizmat 
ko‘rsatish markaziy boshqarmasi» davlat korxonasi, «Respublika ilmiy-
o‘quv konsalting markazi» davlat korxonasi, «Qurilayotgan ob’ektlar 
direksiyasi» davlat korxonasi ham milliy kompaniya tizimida saqlanib 
qoldi.
«O‘zbekturizm» MK markaziy apparatining tuzilmasi: 
Rais - 1 kishi. 
Rais yordamchisi - 1 kishi. 
Raisning birinchi o‘rinbosari -1 kishi bo‘lib, unga - Turistlik 
xizmatlar va investitsiyalar marketingi bo‘limi - 3 kishi, Xalqaro aloqalar 
bo‘limi - 4 kishi, Litsenziyalash bo‘limi - 2 kishi, shuningdek, 
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlardan - Respublika ilmiy-o‘quv 


209 
konsalting 
markazi, 
Qurilayotgan 
ob’ektlar 
direksiyasi, 
Dispetcherlashtirish va xizmat ko‘rsatish markaziy boshqarmasi 
qaraydigan bo‘ldi.
Rais o‘rinbosari - 1 kishi bo‘lib, unga - Mintaqaviy va xususiy 
turizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi - 3 kishi, Moliya-
iqtisodiyot boshqarmasi - 5 kishi, Kadrlar va mutaxassislarni qayta 
tayyorlashni tashkil etish bo‘limi - 2 kishi, shuningdek, mutasaddilik 
qilinadigan tashkilotlardan Samarqand, Buxoro, Xorazm mintaqaviy 
bo‘limlari, 8 ta hududiy sayohat va ekskursiya byurolari qaraydigan 
bo‘ldi.
Kompaniyada, shuningdek: 
Yuridik maslahatchi - 1 kishi. 
Maxsus xizmat bo‘limi - 3 kishi. 
Umumiy bo‘lim - 2 kishi.
Ishlar boshqaruvchisi - 1 kishi xizmat faoliyatlarini olib boradigan 
bo‘ldilar. 
Kompaniyada 

ta 
mehmonxona 
kompleksi 
va 
«Uzolmonxotelz» qo‘shma korxonasi saqlanib qoldi 
Qarorda Kompaniyaning nizomi ham tasdiqlandi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin