Ректификациялаш аппаратини лойихалаш G=2000 кг/соат


-rasm. Ideal aralashmalar uchun suyuqlik-bug` muvozanat diagrammasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə3/8
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125386
1   2   3   4   5   6   7   8
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash apparatini hisoblash

1.-rasm. Ideal aralashmalar uchun suyuqlik-bug` muvozanat diagrammasi.
a - aralashma ustidagi komponent parcial bosimi va umumiy bosim izotermalari;
b - t-x,y diagrammalar; c - y-x diagramma.

3. Rektifikatsiya


Suyuqlik aralashmalarini tashkil etuvchi komponentlarga bir necha marta qisman bug`latish va bug`larni kondensastiyalash natijasida ajratishga rektifikatsiya deyiladi.


Odatda, eritmalarni to`la ajratishni faqat rektifikatsiya usuli ta’minlaydi. Bu jarayon nasadkali yoki tarelkali kolonnalarda o`tkaziladi. Kolonnada bug` va eritma qarama - qarshi yo`nalishda harakatlantiriladi va har bir to`qnashish moslamasida bug` kondensastiyalansa, eritma esa bug`ning kondensastiyalanish issiqligi hisobiga qisman bug`lanadi.
Shunday qilib, bug` engil uchuvchan komponent bilan, kolonnadan pastga oqib tushayotgan suyuqlik esa - qiyin uchuvchan komponent bilan boyitiladi. Bug` va eritmaning ko`p marta to`qnashishi hisobiga distillyat butunlay engil uchuvchan, kub qoldig`i esa - qiyin uchuvchan komponentdan tarkib topgan bo`ladi.
Rektifikatsiya jarayonini hisoblashda quyidagi taHminlar qabul qilinadi:
a) 1 kmol bug` kondensastiyalanish davrida 1 kmol suyuqlik bug`lanadi. Demak, rektifikastion kolonnaning istalgan ko`ndalang kesimida harakatlanayotgan bug`ning miqdori bir xildir;
b) deflegmatorda kondensastiyalanayotgan bug`ning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, rektifikastion kolonnadan chiqib ketayotgan bug`ning tarkibi distillyatnikiga teng (ud = xd) bo`ladi;
v
) eritma bug`lanishi davrida uning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, bug`lanish davrida hosil bo`lgan bug`ning tarkibi kub qoldig`inikiga tenglashadi, ya’ni (yw = xw).
Ko`pincha rektifikatsiya jarayoni t - x, y diagramma yordamida tasvirlanadi (2.-rasm).
Konstentrastiyasi x1 bo`lgan boshlang`ich eritma qaynash temperaturasi t1 gacha qizdirilganda, suyuqlik bilan muvozanatdagi bug` olinadi va u kondensastiyalanganda engil uchuvchan komponentga boyitilgan x tarkibli suyuqlik hosil bo`ladi. Ushbu suyuqlik yana qizdirilsa va uning temperaturasi t2 gacha etkazilsa, hosil bo`lgan bug`ning kondensastiyalanishi natijasida x3 tarkibli suyuqlikni olamiz. Shunday qilib, bug`lanish va kondensastiyalash jarayoni ko`p marta qaytarilsa, boshlang`ich eritmani toza, engil va qiyin uchuvchan komponentlarga ajratish mumkin.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin