Ректификациялаш аппаратини лойихалаш G=2000 кг/соат



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə6/8
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125386
1   2   3   4   5   6   7   8
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash apparatini hisoblash

Haqiqiy flegma soni

Haqiqiy flegma sonini tanlash o`ta murakkab masaladir, chunki uning miqdoriga qarab rektifikastion kolonna o`lchamlari va issiqlik eltkichlar sarfi o`zgaradi. Kolonnalarni ishlatish uchun zarur sarflar va kapital harajatlar, hamda energetik sarflar flegma soniga bog`liq.


5.41-rasmda haqiqiy flegma sonining rektifikatsiya jarayoni sarflariga bog`liqligi tasvirlangan.
K o`rinib turibdiki, flegma soni ortishi bilani ekspluatastion sarflar proporstional ravishda ortadi. Kapital sarflarning flegma soniga bog`liqligi kolonna diametri va balandligiga teskari proporstionalligi bilan ifodalanadi. Flegma sonining ma’lum bir qiymatiga kapital sarflarning minimal kattaligi to`g`ri keladi.
Umumiy sarflar va flegma soni orasidagi bog`liqlik ham minimum nuqtasi bilan xarakterlanadi. Bu nuqtaga mos R haqiqiy flegma sonining optimal qiymatiga teng bo`ladi.
Haqiqiy flegma sonini quyidagi formulada hisoblash mumkin:



bu erda R - flegma ortiqchaligini ifodalovchi koeffistient. Ko`pchilik hollarda ushbu koeffistient quyidagi oralikda bo`ladi - = 1,041,5.


Rektifikatsiya jarayonini tashkil etish usullari


Istalgan rektifikastion sxema tarkibida kolonna (tarelkali yoki nasadkali) va qaynatgich bo`ladi. Odatda, qobiq - trubali yoki zmeevikli issiqlik almashinish qurilmasidan qaynatkich sifatida foydalaniladi. Qaynatkich kolonnaning pastki qismida yoki uning tashqarisida o`rnatilishi mumkin.


Turli sanoat korxonalarida tarelkali va nasadkali kolonnalar ko`p ishlatiladi.
Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion kolonnaning prinstipial sxemasi 6-rasmda ko`rsatilgan. Boshlang`ich eritma isitkich 2 da qizdiriladi va kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga uzatiladi. Kolonnadagi qaynatkich 8 ning issiqligi ta’sirida rektifikatsiya jarayoni sodir bo`ladi, eritma distillyat va kub qoldig`iga ajraladi. Kolonnadan chiqayotgan bug`lar deflegmator 4 da qisman yoki to`la kondensastiyalanadi. Agar bug` to`la kondensastiyalansa, hosil bo`lgan distillyat ajratuvchi moslama 5 da ikki qismiga bo`linadi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin