Ректификациялаш аппаратини лойихалаш G=2000 кг/соат


Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə2/8
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125386
1   2   3   4   5   6   7   8
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash apparatini hisoblash

2. Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari

Eng oddiy aralashma 2 ta komponentdan tarkib topgan bo`ladi va u binar aralashma deb ataladi. Binar aralashmaning erkinlik daraja soni quyidagiga teng:





bu erda K - komponentlar soni; F - fazalar soni.


Sistema holatini uchta bir - biriga bog`liq bo`lmagan parametr belgilaydi: bosim r, temperatura t va konstentrastiya x. Agar, istalgan ikkita parametr tanlansa, uchinchisini aniqlash qiyin emas. Demak, muvozanat chizig`ini istalgan ikkita o`zgaruvchi parametr orqali ifodalash mumkin, yani r va x, t va x, r va t, x va u.


Malumki, suyuqlik aralashmalari o`zlarining fizik-kimyoviy xarakteristikalari bo`yicha katta farq qiladi.
Komponentlarning o`zaro erishiga qarab, binar aralashmalarni 3 guruHga bo`lish mumkin:
- komponentlari cheksiz eruvchan aralashmalar;
- komponentlari o`zaro erimaydigan aralashmalar;
- komponentlari qisman eruvchan aralashmalar.
Komponentlari cheksiz eruvchan aralashmalar o`z navbatida ideal va haqiqiy eritmalarga bo`linadi.
Ideal aralashmalar deb eritma tarkibidagi komponent olinishi natijasida issiqlik ajrab chiqmaydigan yoki yutilmaydigan va hajmi o`zgarmaydigan aralashmalarga aytiladi.
Engil uchuvchan A va qiyin uchuvchan V komponentli binar, suyuq aralashmani ko`rib chiqamiz. A va V toza komponentlar to`yingan bug`larining bosimini RA va RV deb belgilaymiz.
Malumki, ideal aralashmalar Raul qonuniga bo`ysinadi. Ushbu qonunga binoan, suyuqlik ustidagi toza komponentning bug` bosimi uning suyuqlikdagi mol ulushiga proporstionaldir:



bu erda rA, rV - A va V komponentlarning parstial bosimi; x, (1-x)


suyuq aralashmadagi A va V komponentlarning mol ulush.


Dalton qonuniga binoan sistemadagi umumiy bosim, parstial bosimlar yig`indisiga teng:

Bu tenglamalardan ko`rinib turibdiki, bir xil o`zgarmas temperaturada suyuqlik aralashmasi ustidagi komponentlar parstial va bug`larning umumiy bosimi engil uchuvchan komponentning mol ulushi x bilan to`g`ri chiziqli bog`liqlikda bo`ladi.
1.-rasmda komponentlar parstial bosimi va umumiy bosim izotermalari tasvirlangan.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin