1.2. O’qishning o’ziga xos turlari Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari yani, ongli,tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi. O`qituvchi ongli tez, to`g`ri,ifodali o`qishga o`rganishda ulgurmayotgan o`quvchilar bilan qanday ishlar olib borish kerak? To`g`ri o`qish tushinarli qilib xatosiz o`qishdir. Ma`lumki ayrim o`quvchilar ko`pincha ba`zi xarflarni tushurib, bog`inlar, so`zlarning o`rnini o`zgartirib o`qiydilar. Bunday xatolarga yo`l qo`ymasliklari uchun qiynalib o`qiydigan o`quvchilarga katta xajmdagi matnlarni qismlarga bo`lib o`qishni tavsiya qilish anchagina yengillik yaratadi. To`g`ri o`qishga o`rgatish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:-dastlab 3-4 bo`g`inli so`zlarni o`qish , 5-6 bo`ginli so`zlarni esa bo`g`inlarga bo`lgan xolda o`qish; -tanish matnlarni o`qitishda o`qish surati biroz oshiriladi. Shunday qilinganda bolalar notanish matnlarni ham tutilmay o`qish malakasiga ega bo`ladilar; -to`g`ri o`qishni bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar o`zlashtirishi uchun tovush, bo`g`in va so`zlarni to`g`ri, aniq, sof talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, talaffuzda p yozuvda esa b yoziladigan so`zlarni to`g`ri o`qushga o`rgatish (oftob,serob); r tovushini l, y deb (bayroq,-bayloq,o`rtoq-o`ytoq) talaffuz etishlarining oldini olish uchun bunday so`zlar yo`zilgan ko`rgazmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. O`qish tezligini oshirish ancha murakkab jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bola tez o`qiyman deb shoshiladi,natijada xatolarga yo`l qo`yadi. O`qituvchi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarda yaxshi kayfiyat uyg`ota olishi, sinfda yaxshi muhit yaratishi, har bir bolada “To`g`ri va ravon o`qiy olaman” degan ishonchni uyg`otishi lozim.Ongli o`qish jaroyonida o`qilayotgan matnni tushunib, asosiy maqsadni oqib, asardagi ayrim o`z va ko`chma ma`noli so`zlarni izohlash, bunday so`zlar ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmun tomondan jamlab, kichik hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topishmashqlarini tez-tez o`tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-yomon odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog`lab gapirib berish maqsadga muvofiq. Qaysi ishlar yaxshi va ularga ergashish mumkin, qaysilari yomon, ulardan nafratlanish kerakligini izohlab berishni o`quvchilarga topsjiriq tariqasida tavsiya etish mumkin. O`quvhilar to`g`ri, ongli, tez o`qishni egallagan taqdirdagina ifodali o`qiy oladilar. Ifodali o`qishga o`rgatish, o`qishga o`rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Ifodali o`qishga ulgurmayotgan o`quvchilarga kichik misrali she’rlardan yod olishga topshiriq berish, kichik misradagi she’rdagi ohangga, tinish belgilariga alohida e`tibor bilan yod olish aytiladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi. bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi.Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim.Mustaqil ish turlari qanday turlari bo`lishi kerak?
Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak.O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sitatlaridan biri topshiriqlarni to`la “eslab qolib”bajarishlaridir.Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi. O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib, tayanch so`zlar tavsiya etish foydalidir.
O`quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z boyligi yetarli emas.Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib:Nega?Nega shunday bo`ldi?Seningcha qanday bo`lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag`batlanttiruvchi so`zlarni ishlatish foydalidir. Masalan, “O`roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O`roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e`tiborini tortiladi, har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o`rgatiladi.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. SHuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va yozishi zarur.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O’zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993 yildan boshlab o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
O’qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli - o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
O’qishning dactlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O’quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq qilinadi.
O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O’qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola o‘qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko‘z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o‘qituvchi aytishga yo‘l qo‘ymaydi, undan bo‘g‘inni aytishni talab qiladi. O’quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo‘shib bo‘g‘in, bo‘g‘indan so‘z hosil qilguncha, o‘qish jarayoni sustlashadi.
2. Ko‘pincha bola o‘qiyotgan qatorni yo‘qotib qo‘yadi, harfni, bo‘g‘inni, so‘zni qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo‘g‘in va so‘zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o‘quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak.
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. SHu bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir
Yozuv jarayonida o‘quvchilar ruchkani to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri qo‘yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo‘ylab qo‘lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig‘ish-sig‘masligini mo‘ljallashi lozim.
Yozuv jarayonida o‘quvchi ruchkani qog‘oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to‘xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto‘g‘rilarini bo‘yab, to‘g‘rilaydi.
Savod o‘rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili.
Eski maktabda o‘qish bilan yozish bir vaqtda o‘rgatilmagan, avval faqat o‘qish o‘rgatilgan. O’qish hijo (bo‘g‘in) usuli bilan o‘rgatilgan. O’qishga o‘rgatishning “hijjai qadimiy” deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o‘zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o‘qishga o‘rgatishni 3 bosqichga bo‘lish mumkin:
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (“harfiy metod”). Bu metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo‘lgan: bir necha yildan beri o‘qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og‘zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so‘zlarining ma’nosini tushunmay, suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o‘tgan. SHundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg‘iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo‘lib yozib bergan.
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan. Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o‘rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va hok. Bolalar 28 harf nomini 5-6 oyda zo‘rg‘a bilib olganlar, ularning ko‘pchiligi harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be (ﺏ), qaysisi se (ﺙ) ekanini ko‘rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o‘ylab topganlar (ﺍ-uzunchoqqina alif, ﺏ - bittagina be, ﺕ - ikkitagina te, ﺙ - uchtagina se kabi).
2-bosqich. Bo‘g‘in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo‘lingach, bo‘g‘in hosil qilishga, ya’ni “zeru-zabar” ni o‘rgatishga o‘tilgan. Eski maktabda “zeru-zabar” (zabar, zer, pesh) har xil o‘rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar ﺏ (be, zabar-ba), be-zer-bi, be-pesh-bu, te-zabar-ta va hok. kabi o‘rgatsalar, boshqalari be zabar ba, te zabar ta kabi, yana birovlari be-zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a, zer-i, pesh-u va hok. deb o‘rgatganlar.
Maktabxonada “zeru zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf ustidagi urg‘u belgisiga o‘xshash chiziqcha bo‘lib, undoshga a unli tovushini qo‘shib aytish zarurligini ko‘rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo‘lib, shu undoshga i unli tovushini qo‘shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo‘yiladigan belgi bo‘lib, shu undosh tovushga u unlisini qo‘shib aytish zarurligini ko‘rsatadi. Demak, arabcha matnlarni o‘qish uchun “zeru zabar”ni bilish juda zarur bo‘lgan, ammo o‘qishga o‘rgatish anglab o‘qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabar ma, mim zer mi, mim pesh mu deb yodlaganlar, “zeru zabar”ning mohiyatini anglamaganlar.
3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo‘g‘inlarni qo‘shish “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so‘zni “zeru zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so‘zni birin-ketin hijo usulida o‘qib yodlab olganlar. Masalan, abjad so‘zi alifga zabar qo‘yib, bega urishtirilsa ab, jimga zabar qo‘yib, dolga urishtirilsa jad, bularning ikkisidan abjad hosil bo‘lgan.
Abjaddan keyin eski maktab o‘quv kitobi bo‘lgan “Haftiyak”ka o‘tilgan. “Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o‘qitilgan. Bolalar “Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o‘qish uchun juda ko‘p vaqt va kuch sarflaganlar.
So‘zni hijo usulida o‘qishda avval so‘zdagi birinchi undosh harfning, keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo‘yib hijo hosil qilingan. SHu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga qo‘shib, bu so‘z bir butunicha aytilgan. So‘zni hijo usulida o‘qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So‘zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo‘shilishi bolalarga tushunarli bo‘lmagan, bolalar so‘zdagi har bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o‘qishga o‘rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo‘lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o‘zi aytgan so‘zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan.
“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so‘zni yaxlit “o‘qish” usulida olib borilgan, aniqrog‘i bola o‘qimagan, eshitganini to‘tiqush kabi yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o‘qiganlarini o‘zi o‘qib yurgan kitobidan “o‘qib bergan”, ammo ularning qo‘liga maktabda o‘qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o‘qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o‘qigan bolalarning juda ko‘p deganda 4-5 foizigina o‘qish va yozish ko‘nikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o‘rgatishda ma’lum darajada ijobiy o‘rin tutdi. Rus-tuzem maktablarinnng o‘zbekcha sinflarida o‘zbekcha xat-savod o‘rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo metodidan tovush metodiga o‘tildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o‘zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o‘zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi - “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o‘zbekcha xat-savod o‘rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o‘rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o‘qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo‘limdan iborat edi: 1-bo‘lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo‘limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o‘rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo‘llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o‘rniga qarab turlicha bo‘ladigan harflarning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so‘zlarini, g‘ harfini tanitish uchun g‘or, uyg‘oq, tog‘ so‘zlarini tanlagan. Muallif soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga, asosan, o‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi so‘zlar tanlab olingan.
“Ustodi avval”ning 2-bo‘limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo‘limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ‘ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda bo‘lgan.
S. Saidazizov kitobining 3-bo‘limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o‘z oldiga bolalarga “qur’on”ni tushunib olishga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan.
Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyilgan:
1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o‘rgatilar edi. O’zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va asta-sekin tovush metodini o‘z sinflariga tatbiq eta boshlaganlar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush metodida xat-savod o‘rgata boshlagan edilar, oradan ko‘p o‘tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ular kabi yangi maktablar ochadilar va bolalarga xat savodni tovush metodi asosida o‘rgata boshlaydilar.
Shunday qilib, O’rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o‘rnini egallay boshlagan.Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o‘rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan.
Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma’nosini o‘zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so‘z hosil bo‘lishi mumkinligi bolalar ongiga yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o‘rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K. Qosimova, Y.Abdullaev, O. SHarafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-savod o‘rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alifbosida yozuvni o‘rgatish qiyin bo‘lgan. Bu alifbodagi harflar so‘zda qo‘llash o‘rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o‘rganishni qiyinlashtirgan. SHuning uchun ko‘p maktablarda bolalarga o‘qish o‘rgatilib yozuv o‘rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko‘pchiligi o‘qishni bilib, yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog‘ozga dastlab yo‘g‘onroq savag‘ich qalamda o‘rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o‘rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o‘rgatish alifbo tartibida harflarning alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o‘rgatilgan, keyin o‘xshash shaklli harflar bandlarga bo‘linib, o‘xshash unsuri bo‘lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ba’zi domlalar ayrim harflarning elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.
SHundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish (bu mufradot (sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan) o‘rgatilgan.
Shundan keyin harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo‘linib, harf birikmalarining ma’no anglatish-anglatmasligi umuman e’tiborga olinmagan, qanday qo‘shilish mashq qilinavergan. Ko‘pgina eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish” bilan tugallangan.
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo`lsa, uning qiziqishlariortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og`zaki yoki yozma tarzda bo`lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o`ylaydi, fikrini og`zaki jamlaydi, so`ng uni yozishga kirishadi. O`z fikrini bayon qilish, yo`l qo`yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og`zaki) nutq asosida paydo bo`ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o`quvchi o`z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o`ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o`z-o`zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o`qib, og`zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o`ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi. O`quvchilarni mustaqil faoliyatga o`rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
-beriladigan har bir topshiriq o`quvchilarning imkoniyatlariga mos bo`lsin va qiziqish uyg`ota olsin;
-ish osondan qiyinga,o`quvchiga tushunarli bo`lsin;soddadan murakkabga qarab yo`naltirilsin,-ishni bajarishda bolalarda o`ziga ishonch hissi uyg`onsin, ishga kirishishda ular o`zlarida dadillik sezsin;
-mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin(hamma o`quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga e‘tibor berish kerak.
-topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak;
-topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma`lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko`niktirish lozim;
-ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo`lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo`lmasligi) kerak;
-topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
-darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me`yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og`ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko`proq ochiq havoda bo`lib, harakatli o`yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o`tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo`lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim. Boshlang`ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarning so`z zahirasini boyitishdir. Bunda lug`at ustida ishlashga e’tibor qaratishimiz, lozim. Ona tili bilan o`qish fanlarini doimo bog`lab borish maqsadga muvofiq. Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashda testlar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Ma’lumki respublikamizda o`quvchilar bilimini baholashda test sinovlaridan unumli foyalanilmoqdalar. Masalan asarni o`zlashtirishga ulgurmayotgan past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga yozma yoki og`zaki holda quyidagicha testlar bilan murojaat etish mumkin.“Ochko`z boy” ertagining salbiy qahramoni kim?
a) o`tinchi chol
b) kampir
c) boy
Hiylagarning jazosi xalq og`zaki ijodining qaysi turi hisoblanadi?
a) maqol
b) ertak
c) afsona
Bundan tashqari xalq og`zaki ijodiyoti turlaridan foydalanib ham bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni o`zlashtirish foizlarini oshirish mumkin. Ma’lumki boshlang`ich sinf oquvchilari ertaklarga juda ham qiziqadilar ulardan foydalanib bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni faolliklarini oshirish ,erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish nutq boyliklarini oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Xulosa qilib aytganda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O`qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o`tish usullaridan foydalanishi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uning oldini olishga imkon yaratadi. Jahon- keng Dunyoda mamlakat kop, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O`zbekistonimiz yakka-yu yagona. O`zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to`la qonli ta’lim va tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liqdir.Ana shularni kelajagimiz poydevori bo`lmish boshlang`ich sinf o`qiuvchilari diliga jo etib hayotlari mazmuniga aylantirishimiz ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozim.Agar o’qituvchi 3 sinf «O’qish kitobi 1 »da berilgan badiiy asarni bola qalbini hayajonga soladigan tarzda mohirlik bilan tushuntira olsa, ya’ni asar o’quvchida xayrixohlik, noxushlik kabi qator tuyg’ularni uyg’otsa, u holda o’qituvchi shu yo’l bilan bolada estetik tuyg’ularni uygotgan va rivojlaitirgan,tasvirlangan voqyeaga estetik munosabat hosil qilishda unga ko’maklashgan bo’ladi.Adabiy asarlarni estetik idrok qilishning emosionalligiga suyanish ijtimoiy-siyosiy va axloqiy tasavvurlarni o’zlashtirishga yordam beradi.Vatanga muhabbat, do’stlik, mehnat, burch kabi axloqiy tushunchalarni o’quvchilar emosional his qilgandagina anglab oladilar Muhabbat Umarova,Sharofat Hakimovalar 3-sinf uchun darslikda (To’ldirilgan tuqqizinchi nashri.Toshkent «Cho’lpon» nashriyoti, 2010 yil) yosh shoir va yozuvchilarning bolalarbop she’r va hikoyalaridan berilgan. Jumladan, Tohir Qahhor, Ullibibi,M.Yusuf, Toshpo’lat Xolmatov, Zohir A’lam, Sulton Jabbor, Yoqutxon Raximova,Abdusalom Umarov, Rahmat Azizxodjayev, Mirzo Karim, Xoji Abdurazzoq Yunus singari ijodkorlar asarlaridan namunalar, parchalar keltirilgan.Biz, mazkur bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf «O’qish kitobi»da berilgan.Shoir va yozuvchilardan: Miraziz A’zam Tursonboy Adashboyev, haqida va ularning asarlari haqida fikr yuritamiz. Dastlab, mazkur yozuvchi va shoirlarning tarjimai holi, undan so’ng esa ularning asarlarini umumta’lim o’rta maktablarida o’tish usullari haqida fikr yuritamiz. She’rlarida olg’a surilgan g’oyada bola qo’pollik bilan emas, muloyimlik va xushmuomalalik bilan tevarak-atrofdagilarning o’ziga nisbatan yaxshi muomalada bo’lishiga sazovor bo’ladi. Bolalar she’r qahramoning muvaffaqiyatsizliklariga achinadilar va sehrli so’z yordamida erishgan yutuqlaridan quvonadilar. Agar bolalar o’qituvchining she’r qahramoniga bo’lgan munosabatidan mamnun bo’lsalar, o’qituvchi she’r g’oyasining estetik jihatdan idrok qilinishini ta’minlagan bo’ladi.O’quvchilarning xayolini tarbiyalashda adabiy asarning estetik idrok qilinishini to’g’ri tashkil etish va tekstni ifodali o’qish muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi adabiy asarning idrok qilinishini tashkil etar ekan, bolalar diqqatini asarda aks ettirilgan narsa va hodisalarning go’zalligini payqashga, ularga nisbatan o’z munosabatini aniqlashga qaratmog’i kerak. Shuning uchun o’qituvchining so’zlari, uning o’quvchiga bergan savollari katta ahamiyat kasb etadi.
Bunda bolalarga emosional xarakterdagi, masalan,«Hikoyani o’qiyotganingda qayerida qo’rqding?», «Qayeri kulgili ekan?», «Qayeridaquvonding?» savollar berish yaramaydi. Bunday savollar bolani chalg’itib qo’yadi, kitobni o’qiyotganda bola qo’rqmagan, kulmagan, quvonmagan bo’lsa-da, kitobning shunday o’rinlarini borligini u taxmin qila boshlaydi.O’qituvchining savoli o’quvchining o’qilgan asarga nisbatan munosabatini, ya’ni kitobning qayeri uni hayratlantirganini, hayron qoldirganini, quvontirganini, qo’rquv, sevinch, nafrat va boshqa tuyg’ular uyg’otganini aniqlashga undashi kerak. «Biror munosabat»ga bog’lab berilgan savollar asarni estetik idrok qilishga yordam bermaydi. Masalan, dalaning yozgi ko’rinishi haqidagi she’r o’qilganda, dala qanday rangda edi, unda qanday gullar o’sib yotardi kabi savollar yosh kitobxonni yoz tabiatining rango-rang bo’yoqlaridan zavqlanishga, ya’ni she’rni estetik idrok qilishga rag’batlantirmaydi.
Badiiy asarga nisbatan savollar qo’yilayotganda savollarning xarakteri, ularning izchilligi haqida o’ylash va bolalarga asarni o’qish jarayonida tug’ilgan fikr va mulohazalarini, o’zlarini hayajonga solgan tuyg’ularni ifodalashga imkon berish lozim. O’zi o’qigan asar uyg’otgan tuyg’ular haqida to’liq gapirib bera olmaydi. Ularda tuyg’ular asosan: yoqdi — yoqmadi, qiziqarli- qiziqarli emas shaklida paydo bo’ladi. Bu tuyg’ular aksari asarda ifodalangan odamlarning ayrim sifatlari, kishilarning o’zaro munosabatlari, xulq-atvorlari, ijtimony hayot hodisalari va tabiatga bo’lgan munosabatni ochib beradigan asar mazmuni orqali uyg’onadi. Boshqa so’z bilan aytganda, yosh kitobxonning tuyg’ulari har bir asarda mudom mavjud bo’ladigan «axloqiy masala»ga mansubdir. Estetik va axloqiy idrok birligining asoslari xuddi mana shundan iboratdir. S.Barnoyev, M.A’zam, T.Adashboyevlar ijodi haqida gapiradigan bo’lsak,bola esini taniganidan boshlab, tevarak-atrofidagi muhitga qiziqib qaraydi. Uning sirlarini, umuman, hayot haqiqatini bilishga intiladi. Bu intilish bora-bora taqlidchilikni tug’diradi. Darhaqiqat, yaxshilikka, yangilikka taqlid qilish bolalarning azaliy odati. Shu ma’noda bolalarga o’rnak bo’larli darajadagi lirik qahramon yaratish-boshqa janrlar kabi bolalar she’riyatining ham doimiy talabidir.
Bolalar poeziyasida jozibali, kurashchan xarakterlar yaratish borasida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Bunday qahramonlar obrazi bolalarda ona-Vatangamuhabbat, dushmanta nafrat, ilmga, mehnatga ishtiyoq, sadoqat kabi ezgu his- tuygularni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Kichkintoylarning katta dunyosini badiiy «kashf» etish, umuman intellektual lirik qahramon yaratishda har bir shoirning o’ziga xos, izdividual uslubi bor. Shunga muvofiq, qahramonlar bir tomondan o’zaro farqlansa, ikkinchi tomondan, mushtarak xususiyatlarga ham ega. Ayniqsa bu o’ziga xosliklar yosh shoirlar ijodida ham yaqqol kuzga tashlanadi. Chunonchim, Safar Barnoyev she’rlarining qahramoni-kurashchan obraz-o’qishda a’lochiligi, jamoat ishlarida ilg’orligi, tabiat sirlariga qiziquvchanligi, hayotda jasurligi bilan sadoqatli do’st va qadrdon o’rtoq sifatida alohida ajralib turadi. Uning hayot haqida o’z falsafasi bor. Bizni kurshagan olam qahramon nazarida sirli bir jumboq bo’lib gavdalanadi. Lekin jumboq jumboqligicha qochib ketavermaydi. Shoir uning siri va sababini bolalar dunyoqarashiga mos tarzda badiiy psixologik tahlil qilish orqali ocha boradi.
Lirik qahramon bugungi farovon turmushimizning tub mohiyatini o’ylar ekan, uning osonlik bilan qo’lga kiritilmaganligini qalbdan his etadi. Otalar ishidan faxrlanish uning qalbida iftixor tuyg’ularini uyg’otadi: Dadamning ko’llari miltiq ham ushlagan,Gulni ham ekkandir dadamshshg qo’llari. Otalar yaratgan totli hayot nash’asi o’z navbatida uni sevishga, ardoqlashga burchli qilib qo’yadi. Buning uchun, avvalo, o’qish, mehnatga muhabbat bog’lash lozim. O’qish va mehnat jarayonida esa boshqalar bilan qudratli do’stlik rishtalari bog’lanadi. Shoirning lirik qahramoni tor hayot qobig’iga o’ralib qolgan emas,aksincha, ertangi kunga jiddiy boqadi. Undan yangicha ma’no, yetuklik izlaydi:
Umrning yo’li-yu, mazmuni,
Kaftimda sanoqsiz chiziqlar.
Kaftimning so’qmog’i, yo’llari.
Bekorchi damlarga qiziqmay,
Quyoshga cho’zganman qo’llarim.
Shunisi diqqatga sazovorki, qahramon o’z baxtini, taqdirini xalq va Vatan taqdiri bilan bog’laydi. Uning uchun ona va Vatan mushtarak tushunchalar bo’lib,ular oldida o’zini qarzdor his etadi. Chunki ona unga jon baxsh etgan bo’lsa, Vatan o’z quchog’ida avaylab o’stirmoqda. «Shu tufayli ona, yurt, bizga doim suyuksiz»,deydi u. Shu tariqa konkretlikdan umumiylikka qarab boriladi, muhim ijtimoiy xulosalar chiqariladi, hayot haqiqatini badiiy tasdiqlaydigan yorqin obrazlar qiyofasi tavdalantiriladi. Buni shoirning «Yuz dona lola», «Tinchlik qo’shig’i», «Ona madhi», «Samarqand bilan quyosh», «Dadamning qo’llari», «Dedi-dedi fosh bo’ldi» she’rlarida qo’rsa bo’ladi.Yaxshi she’r she’rxonlar qalbiga hyech qanday vositasiz o’zi oqib kiradi,tillardan tushmay qoladi. Yosh shoir S.Barnoyev bolalarga o’rnak bo’larli darajadagi lirik qahramon yaratish ustida samarali ijod etgan. Uning she’rlarining qahramoni, shoirning o’zi e’tirof etganidek, qo’zichoq, qo’ng’iroq va qo’g’irchoq doirasidagi tor muhitda o’ralashib yurmaydi. U hayotni, tabiatni, ona-Vatanni jon-dilidan sevuvchi o’spirin bo’lib, ilmga chanqoq, olam oirlariiing mag’zini chaqishga harakat qiladi. Borliqnidialektik birlikda kuzatadi:
Biri-biriga monand,
Biri-biriga payvand.
Birlashgan butun olam,
Quchoqlashgan tog’lar ham.
Bu birlik shunchaki qayd qilinmaydi, balki uning zamirida do’stlik iplari bor degan yuksak ijtimoiy ma’no chiqariladi:
Quyosh bobo himmati,
Daryolarning qudrati,
Shamolning harakati,
Ona yerning mehnati
Ulkan do’stlik hurmati.
Qahramon hayot va taraqqiyot haqida falsafiy fikr yuritib, butun olam ijodkori insondir, degan haqqoniy xulosaga keladi:
Inson qo’li — besh barmoq,
Besh qit’ani zabt etgan.
Muz-tog’larni eritgan.
Olam inson kaftida.
Inson-ijodkor. U tabiatni o’z mehnati bilan bo’ysundirib, unga chiroy baxsh etadi. Olam go’zalligidan zavqlanadi. Hayotga, tabiat va Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usi ana shunday shakllanadi. Bu shoirning «Bahs», «Kech kuz», «Yur, dalalar qo’yniga», «Tog’lar bayrami», «Yurt mehri» singari she’rlarida ravshan ko’rinadi. Odam va olam, zamin va zamon o’rtasidagi doimiy aloqa, insonning hukmronlik roli Qambar O’tayevning «Qizil galstuk», «Tog’ boshidagi lola», «Soat», Mashrab Boboyevning «Qaldirg’och nima deydi?», «Yangra gornim!» kabi jajji kitobxonni o’ylashga majbur etadigan she’rlarida o’zining yaxshigina ifodasini topgan. Bolalar uchun jon kuydirib qalam tebratayotgan Miraziz A’zam, Tursunboy Adashboyev manzumalarining qahramoni kichik maktab yoshidagi bolalar bo’lsa ham,ziyrakligi tufayli tabiat jumboqlarini yechishga urinadi, insoniy munosabatlarni sinchkovlik bilan kuzatadi. M. A’zam «Azizning orzulari», «Yo’lchilar qo’shig’i», «Tong bilan birga turdik», «Yerga dovrug’ olamiz» hamda «Bir cho’ntak yong’oq» turkum she’rlarida g’oyaviy niyatini to’laroq ochish maqsadida so’z o’yinidan takrordan foydalansa, T. Adashboyev she’rlarida yumoristik talqin asosiy o’rin tutadi. Ularda qadrdon qishloq dalalari, keng vodiylar tarannum etiladi.M. A’zam qo’liga qalam tutar ekan, o’quvchisining kimligini bir daqiqa ham unutmaydi, qahramon bilan birga o’ylaydi, uning uchqur xayollariga sherik bo’ladi. Bu — tizginni qahramon qo’liga tutqazib qo’yadi, degan so’z emas, albatta. Balki jo’shqin tuyg’ularini, qaynoq ehtirosini bosh maqsadga bo’ysundirishi samarasidir. Buni she’rlaridagi har bir so’zga katta mas’uliyat bilan yondoshishida, so’zlarni o’z o’rnida ishlatishida, bolalar psixikasiga mos o’ynoqi ruh baxsh eta olishida ko’rishimiz mumkin. Shoir xuddi shu yo’l bilan sovet xalqi o’rtasidagi qudratli do’stlikni ulug’laydi. Bizlar o’n besh bolamiz,Oqmiz, sariq, qoramiz. Oramizdan o’tmas qil, Garchi bizda har xil til. Tursunboy Adashboyev ijodida qishloq yoshlari hayoti badiiy tadqiq qilinadi. She’rlarining lirik qahramoni oddiygina qishloq bolasi. U qayerdbo’lmasin, tug’ilib o’sgan qishlog’ini, sevimli diyorini qo’msaydi, unga muhabbati jo’sh uradi. Qishloqning har bir qarich yeri unra to’tiyo. Chunki olam jamoliga ilk bor o’sha yerdan bokqan. Inson mehrini o’sha yerda tuygan. «Do’ngliklardan mis laganda sirpanib», bolalik zavqini surgan. Bu holni shoirning «Qishlog’im», «Yaylovda», «Zira» kabi she’rlari misolida ko’rish mumkin. «Hisob darsida», «Qatiq», «Oy», «Dazmol» singari qator she’rlarida esa asosny g’oyani yengil yumor vositasida ifodalaydi. Mazkur muloqazalarimiz yoshlar she’riyati faqat zafar quchyapti, u yuksak taraqqiyot bosqichida, degan fikrni tug’dirmasligi kerak. Chunki ular izlanish pallasidadir. Bu davrda ba’zan kamchiliklarning ro’y berishi hchm tabiiy. Asarningtematik doirasi, mavzu ulug’vorligi hamda g’oyaviy mundarijasi uning estetik-tarbiyavny qimmatini tayin qilolmaganidek, ma’lum g’oya atrofida ortiqcha takror jimjimadorlik, taqlidchilik, quruq didaktika ham fikrning o’quvchiga to’liq yetib borishiga monelik qilishi sir emas. Bunday qusurlar M. A’zamning «Onam ishga ketganda», S. Barnoyevning «Shirinlik», G. Jo’rayevaning «Inoq oila», R.Tolipovning «Derlar: baxting qo’lingda» singari she’rlarida ko’zga tashlanadi.Davrimiz yuksalish davri. Kashf etilgan biron bir yangilik hali hayotga singib ketmasdan, ikkinchisi vujudga keladi. Yutuqlarimiz jasorat va kurash samarasidir. Bugungi kunda qahramonlikni hayotning o’zi tug’dirmoqda. Davrimizda qahramonlik an’anaga aylanib qoldi. Buni kattalar hayotida emas, balki o’quvchi bolalar hayotida ham ko’rish mumkin. Yosh grajdanlar kattalar mehnatiga o’z ulushlarini qo’shmoqdalar, tonnalab paxta termoqdalar. Turli hunar o’rganmoqdalar. Mehnat desantlari tashkil
qilmoqdalar. Xullas, ularning o’qishi, mehnati, intilishi doston va balladalar yozishga arziydi. Afsuski bolalar shoirlari bu ishga qalam urmayotirlar. Kattajanrlar e’tibordan chetda qolmoqda. Bu hol bolalar prozasiga nisbatan bolalar poeziyasida ochiq-oydin ko’zga tashlanadi.Shularni hisobga oladigan bo’lsak, ba’zi shoirlarimiz juda jo’n ganlarni she’rga solayotganga o’xshaydi. Pand-nasihatdan nariga o’tilmaydi. Bolalar she’riyati rivojiga mavzu torligi, bir xilligi ham sezilarli salbiy ta’sir qilmoqda. Ba’zi she’rlarda a’lochi va jamoatchi o’quvchilar sha’niga quruq maqtovlar yog’iladi. Ularning ishi hamisha «besh». Kiyim-boshi toza, kattalarpp hurmat qiladi, uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Bular, so’zsiz yaxshi sifatlar.
Qachonki, ichki mohiyati ochib berilsa ma’qul. Afsuski, his-tuyg’udan yiroq, badiiylikdan mahrum bunday asarlarda farishta qahramonlar obrazi yaratilib,ularga hayotda yashashning tayyor sxematik «resepti» qo’sh qo’llab topshiriladi.Sxematizm, quruq didaktika D. Matjonning «Tuzatib ol», J. Rahimning «Buzoq nega qalampirdan xafa?», «G’ishtlar qo’shig’i», S. Jabborning «Shirin» kabi bir talay she’rlariga xos xususiyatdir. Kichkintoylarning ma’naviy dunyosi ijodkordan g’oyatda noziklik va ehtiyotkorlik bilan yondoshishni talab etadi. Hayot
- murakkab. Tabiat va jamiyat voqyea-hodisalarga boy bo’lib, ijodkorga istagancha material berishi mumkin. Ammo ularni tanlamasdan qalamga olaverish ko’zlangan natijani beravermaydi.