RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary
Scientific Journal April, 2022
340
ответственности, уровне активности и степени влияния по жизненным
обстоятельствам.
Ключевые слова: локус контроля, субъективный контроль, экстернал,
интернал, личность, деятельность.
KIRISH
Lokus Nazorati (lotincha
locus - joy, manzil va fransuzcha controle – nazorat,
tekshirish) – shaxsning o‘z faoliyati natijalarini va mas’uliyatni tashqi omillarga
(tashqi lokus nazorati)ga yoki ichki omillarga va qobiliyatlari (ichki lokus nazorati)ga
yuklashdir.
Lokus nazorati muammosi psixologiya, falsafa, sotsiologiyaning turli
bo‘limlarida o‘rganiladi. Subyektiv nazorat yoki lokus nazorati tushunchasi 1954-yilda
amerikalik psixolog Julian Rotter tomonidan psixologiyaga kiritilgan bo‘lib, insonning
hayotdagi
narsa va hodisalar, voqealar va faoliyati natijalarini tashqi omillarga
(eksternal, tashqi lokus nazorati) yoki ichki omillarga (internal, ichki lokus nazorati)
yuklashi deb tushuniladi. Lokus nazorati "irodali harakatni nazorat qilishning
lokalizatsiyasi"deb ham ataladi [1].
Internallarning quyidagi xususiyatlarini aytib o‘tish mumkin: optimizm, o‘ziga
ishonch, xayrixohlik, sotsializm, qat’iyatlilik. Eksternal lokus nazorati qarama-qarshi
xususiyatlarga ega: mustaqillikning yo‘qligi,
ishonchsizlik, shubha. Ushbu
xususiyatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng, tashqi lokus nazorati faqat salbiy xususiyatga
ega bo‘lib, ichki lokus nazorati esa ijobiy tomonlarni qamrab olgan degan fikr paydo
bo‘lishi mumkin.
Internalning yuqoridagi barcha afzalliklari subyektning fikriga asoslanib,
hayotdagi hamma narsa va hodisalar uning o‘ziga bog‘liqligidir. Bu mas’uliyat nafaqat
yutuqlar sohasiga, balki muvaffaqiyatsizliklar sohasiga ham tegishli.
Insonning hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tish qobiliyati ham uning lokus
nazoratiga bog‘liq. Internal lokus nazoratida depressiya
holatining rivojlanishiga
qarshi himoya mexanizmi mavjud bo‘lib, tanadagi somatik kasalliklarni davolash bilan
ijobiy holda o‘tadi. Internallar tashqi ijtimoiy ta’sirlarga qarshilik ko‘rsata olishadi.
Internallarning qarorlari atrofdagi odamlarning fikrlaridan mustaqildir.
Eksternalning moslashuvchanligi axborot manbai maqomiga bog‘liq. Manba
maqomi qanchalik baland bo‘lsa, eksternallar shuncha fikrlarini o‘zgartiradi.
Internallarning fikriga axborot maqomi deyarli ta’sir qilmaydi. Internallar o‘zlarining
baxtsizliklari ustida keskin salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirmaydilar, umumiy
erishilgan yutuqlar va hayot darajasini tezda tiklaydilar.