RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2022
343 Diagramma № 1. Respondentlarning shkalalar bo‘yicha internallik darajasi
foizlarda. MUHOKAMA Respondentlarning ¾ qismi umumiy munosabatlar shkalasida o‘rta daraja ya’ni
73,8 % natijani berdi. Maxsus shkalalar masalasiga kelsak, aksariyat respondentlar
o‘rta natijani ko‘rsatishdi. Natijada aksariyat respondentlar internallik va eksternallik
xususiyatlari jihatidan qay darajada bo‘masinlar o‘zlarini qulay darajalarining qulay
zonalarida his qiladilar.
Keling, qolgan natijalarni ko‘rib chiqsak. Respondentlarning ¼ qismi
internallikning past darajasini ko‘rsatdi. Ya’ni ularning fikricha hayotdagi aksariyat
hodisalar atrofdagi odamlarga bog‘liq deb hisoblashadi.
Ularda yuqori xavotirlilik, o‘z xatti - harakatlarining oqibatlari uchun
javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdan bosh tortish holatlari, shuningdek, bir vaqtning
o‘zida o‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqa odamlarni ayblash xususiyatlarini kutish
mumkin.
Respondentlarning atigi 3 %i internallik darajasini aniqlashga qaratilgan
metodikada yuqori natijani ko‘rsatdi. Ularning fikricha barcha narsa va hodisalar
sababchisi manbai o‘zlari hisoblanishadi. Ularda o‘z fikrlarini mustaqil bayon qilish
va maqsadga intiluvchanlik xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
3,1 15,4 4,6 3,1 0 21,5 4,6 73,8 72,3 58,5 76,9 60 73,8 66,2 23,1 12,3 36,9 20 40 4,6 12,3 Respondentlarning shkalalar bo’yicha internallik darajalari foizlarda. Yuqori daraja
O'rta daraja
Past daraja