1-RESPUBLIKA ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT
SALOMATLIGI TEXNIKUMI
105-GURUH O’QUVCHIl
MUSTAQIL ISH
Mavzu: __________________________________________
Bajardi: _______________________
Tekshirdi:______________________
1-RESPUBLIKA ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT
SALOMATLIGI TEXNIKUMI
105-GURUH O’QUVCHIl
MUSTAQIL ISH
Mavzu: __________________________________________
Bajardi: _______________________
Tekshirdi:______________________
ANATOMIYA, FIZIOLOGIYA VA PATOLOGIYANING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI
Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish
yo‘lini bosib o‘tdi. Odam tanasining tuzilishi haqidagi birinchi aniq
ma’lumotlar ulug‘ grek olimi, tibbiyot ilmining otasi Buqrot (Gippokrat) (eramizdan oldingi 460–377-yillar) asarlarida
uchraydi. U
organizmning asosini to‘rt xil suyuqlik: qon, shilliq, o‘t va qora o‘t hosil qiladi degan ta’limotni yarat gan. Bu suyuqliklar
miqdorining o‘zgarishi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi deydi. Uning yozib qoldirgan 72 ta asaridan 2000 yil
mobaynida tibbiyotda foydalanilgan. Shu bilan birga, u nervlarni paylardan ajrata olmagan, arteriyalarda havo oqadi
degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.Arastu (Aristotel) (eramizdan oldingi 384–322-yillarda yashagan). U Gippokratning qon
tomirlar bosh miyadan boshlanib tanaga tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurak dan
boshlanishini isbotlagan, shuningdek, paylarni nervlardan, suyakni tog‘aydan ajratgan va aortani birinchi marta
aniqlagan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo‘shliq dan iborat bo‘lib, bosh miyada hosil bo‘ladigan ruh shu nervlar
orqali organizmga
tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.
Gerofil (eramizdan 304 yil oldin tug‘ilgan). Ptolomey II ning saroy tabibi bo‘lgan. Bemorlarni nima sababdan
o‘lganligini bilish uchun murdalarni kesib o‘rgangan. Shu usulda Gerofil bosh miya va uning pardalarini, vena
bo‘shliqlarini, bosh miya nervlarini va ularni bosh miyadan chiqishini o‘rgangan. O‘n ikki barmoq ichakka birinchi
bo‘lib nom bergan, shuningdek, arteriyalar-ni venalardan ajrat gan. Ko‘z olmasi pardalarini va shishasimon tanani,
ingichka ichak limfa tomirlarini o‘rgangan. O‘zidan oldingi va o‘zi to‘plagan ma’lumotlar asosida «Anatomiya haqida»
kitobni yozgan.Erazistrat (eramizdan 300–250-yillar oldin yashagan). Tomirlar tizimi: yurak qopqoqlari, aorta, kavak
venalar, yirik arteriya va venalarni o‘rganib, qon tomir anastomozlari haqidagi ilmga asos solgan. Erazistrat
harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlarni ajratgan, shuningdek, mushaklar qisqarishini o‘rganib, harakat nazariyasini yarat
gan.Klavdiy Galen (130–201) anatomiya, fiziologiya va boshqa
ko‘p gina fanlarni mukammal o‘rgangan olim. U o‘n ikki juft bosh
miya nerv laridan 7 tasining tuzilishini, mushaklardagi biriktiruvchi to‘qima va nerv larni, ba’zi bir a’zolar qon
tomirlarini, suyak va boylam larni, bosh va orqa miyani o‘rgangan. Galen hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o‘rganib,
arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini birinchi bo‘lib ko‘rsat gan. Galen davrida murdani yorish mumkin
bo‘lmagani uchun, u anatomiyani hayvonlarda o‘rgangan. Shuning uchun uning ba’zi ma’lumotlari xatolardan holi
emas.O‘rta asrlar (V–XI)da O‘rta Osiyodan ham bir qancha mashhur olim lar yetishib chiqdi. Ana shundaylardan biri har
taraflama yetuk olim Abu Ali ibn Sinodir (980–1037). Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olim falsafa,
matematika, as-
tronomiya, kimyo, adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo‘lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi
Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidanoq ko‘p fanlarni mukammal egallagan.
Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi buyuk xizmatlari,
kashfiyotlari uni butun dunyoga mashhur qilgan. Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan,
lekin uning 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh
asari «Tib qonunlari» 1012–1023-yillarda yozilgan. U o‘zining buyuk va o‘lmas asarida tibbiyot sohasidagi barcha
ma’lumotlarni to‘plab qolmasdan, o‘z kuzatishlari, tekshirishlari va tu shunchalari bilan asarni boyitgan. Kitob besh
jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildi anato miya va fiziologiyaga bag‘ishlangan. Kitob turli tillarda 40
marta qayta nashr etildi va dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 8yildan ziyod roq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlarida
asosiy o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib keldi.
Ibn Sino birinchi bo‘lib odam organizmini o‘rganishda uning
konstitutsiyasi ga alohida e’tibor berdi. «Tib qonunlari»da ichki kasalliklar, xururgiya, farmakologiya, gigiyena va
tibbiyotning barcha sohalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Bu shoh asarni rus tiliga birinchi bo‘lib anatomiya
tarixchisi akademik V.N. Ternovskiy taj rima qilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta o‘zbek tilida 1954–56-yillarda
Toshkentda chop etilgan.
Leonardo da Vinchi (1452–1519) Uyg‘onish davrining buyuk
ar bobi, italiyalik olim, musavvir, matematik, muhandis va faylasuf. Odam portretini to‘g‘ri va aniq chizish
maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib o‘rgandi va a’zolar rasmini chizib chiqdi. O‘zining rasm larida u odamning turli
a’zolarini (dumg‘aza, umurtqa
pog‘onasi egriliklari, ko‘p mu shaklar, ichki a’zolar, yurak qopqoqlari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, ko‘z
va boshqalarni) tuzilishini aniq ko‘rsatib bergan. U dunyoda birinchi bo‘lib, mushaklarning ishlash dinamikasini
o‘rgandi. Shu bilan plastik anatomiyaga asos soldi.
Andrey Vezaliy (1514–1564) ilmiy anatomiyaning asoschisi hisoblanadi. U murdalarni yorib, kuzatishlari asosida
«Odam tanasining tuzilishi haqida yetti kitob»ini yozadi. A.Vezaliy Galenning xatolarini ko‘rsatib bergan. Uning
shogirdlari XVI–XVII asrlar davomida odam a’zolarining tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdilar.Ingliz vrachi, anatomi va
fiziologi Uilyam Garvey (1578–1657) hayvonlarda tajriba o‘tkazib qon aylanishini o‘rgangan. Garvey o‘z
izlanishlari natijalarini to‘plab 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda yurak va qon harakatlari haqida anatomik
izlanishlar» nomli ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doirasini tarixda ilk bor isbotlab bergan. Garvey qon
arteriyadan venalarga ko‘zga ko‘rinmas mayda tomirlar orqali o‘tadi, deb taxmin qilgan bo‘lsa, Marchelo Malpigi
(1628–1694) 1661-yilda arteriya bilan venalarni bir-biriga qo‘shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop
ostida ko‘rib isbotladi. Ammo M.Malpigi qon arteriya kapillyarlaridan dastlab oraliq bo‘shliqqa, undan keyin vena
kapillyarlariga o‘tadi, deb o‘ylaydi. Uning bu fikrini A.M.Shumlyanskiy
(1748-1795) buyrakni o‘rganish jarayonida inkor etib, arteriya va vena kapillyarlari bevosita bog‘langanligi va qon
tomirlar tizimi yopiqligini ko‘rsatgan. 9Rossiya anatomiya maktabining asoschisi P.A.Zagorskiy (1764–1846) Sankt-
Peterburg tibbiy-xirurgiya akademiyasi anatomiya kafedrasiga rah barlik qilgan. Uning 1802-yilda rus tilida
yozgan birinchi anato miya darsligi «Vrachlik ilmini o‘qiyotganlarga odam gav dasining tuzilishini o‘rganish uchun
qo‘llanma yoki qisqacha ana tomiya» besh marta nashr etilgan.
Teodor Shvann (1810–1882) organizm tuzilishining hujayra nazariyasini yaratdi.
D.J. Zernov (1843–1917) Moskva universiteti professori, anatom. Miya ning pushtalari va egatlarini o‘rganib, qulay
klassifikatsiya yaratdi. U dunyodagi turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq yo‘qligini isbot etdi, shu
xususda hukm surib kelgan idealistik ta’limotni rad etdi. Uning «Odam tasviriy anatomiyasidan qo‘llanma» asari 14
marta nashr etilgan.V.P. Vorobyov (1876–1937) Xarkov tibbiyot instituti professori. Periferik nerv tizimini makro-
mikroskopik o‘rganishga asos sol gan. 5 jildlik «Anatomiya atlasi«ni tuzgan.
V.N. Tonkov (1872–1954) «Odam anatomiyasi» darsligi muallifi.
G.F. Ivanov (1893–1955) anatomiyadan 2 jildli qo‘lanma mu al lifi.
Zohidov Hakim Zohidovich (1912–1978) anatom olim va mohir pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,
tibbiyot fan lari doktori, professor. O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti odam anato miyasi kafedrasining
birinchi mudiri (1972–1978 yillar). O‘zbek tilida yozilgan «Odam anatomiyasi» (1964) darsligi va «Ruscha-o‘zbekcha-
lotincha anatomiya lug‘at»i mualliflaridan biri.Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevich (1922–2003) – anatom,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fan-
lari doktori, professor. Toshkent Davlat birinchi tibbiyot instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1960–1992).
«Odam anatomiyasi» (1964) dars ligi muallif laridan biri. Darslik 3 marotaba qayta nashr etilgan.
Ahmedov Nosir Komilovich (1922–2004) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika
mukofotining nishondori. Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti
odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1990–1998). 2 jildlik «Odam anatomiyasi» atlasi va ko‘pgina darsliklar
muallifi.XIX asrda fiziologiya alohida fan bo‘ldi. Fiziologiyani rivojlanishida rus fiziologlari I.M. Sechenov
(1829–1905), I.P. Pavlov 10
(1849–1931), V.M. Bexterev (1857–1927) va boshqalarning hissasi
kat ta. I.M. Seche novning 1862-yilda chop etilgan MNTda tormozla nish jarayonini ochgan «Bosh miya reflekslari»
asari katta ahamiyatga ega. I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati, qon aylanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi haqidagi
ta’limotlari fiziologiya sohasida katta
yutuq hisob lanadi. Possiyada patologik anatomiya asoschisi bo‘lib A.I. Polunin (1820–1888) hisoblansa, kliniko-
anatomik yo‘ nalish asoschilari A.B. Ab ri kosov (1875–1955) va I.V. Davidovskiy lar (1887–1968) hisoblanadi. Bular
bilan bir qatorda fiziologiya va patologiya fanlarini rivojla nishiga bir qator o‘zbek olimlari: A.I. Magrupov, K.A.
Zuparov,
N.X. Ab dullayev, M.S. Abdullaxodjayeva, U.Z. Qodirov, V.A. Alimov va boshqalar ma’lum hissa qo‘shganlar.Sathlar
haqida tushuncha va anatomik nomlanish
Anatomiyada a’zolar va ularning qismlarining bo‘shliqdagi holatini aniq lashda o‘zaro perpendikulyar joylashgan
sagittal, frontal va gorizontal sathlardan foydalaniladi.
Sagittal sath (grekcha «sagitta» – «o‘q-yoy») deb gavdani oldindan orqaga qarab teshib o‘tayotgan o‘q-yoy yo‘nalishida
kesganda hosil bo‘lgan yuzaga aytiladi. U gavdani o‘ng va chap bo‘lakka ajratadi.Frontal sath (grekcha «frons» –
peshona)
esa gavdani peshonaga parallel qilib kesganda hosil bo‘ladigan yuza. U gavdani oldingi va orqa qismlarga
ajratadi.Gorizontal sath gavdani sagittal va frontal sathlarga to‘g‘ri burchak ostida kesganda hosil bo‘lgan yuza. U
gavdani yuqori va pastki qismlarga aj ratadi. Bu uchta sathni odam gavdasini xohlagan nuqtasidan o‘tkazish mumkin va
ularning soni ixtiyoriy bo‘ladi. Sathlarga mos ravish da vertikal (yuqoridan 1-rasm. Sathlar va o‘qlar.
1–vertikal (bo‘ylama) o‘q; 2–frontal sath;3–gorizontal sath; 4–ko‘ndalang o‘q; 5–sagittal o‘q; 6–sagittal sath.pastga),
frontal – ko‘ndalang (o‘ngdan chapga), sagittal (oldindan orqaga) o‘qlar ajratiladi. Bu o‘qlardan bo‘g‘imlar harakatini
aniqlashda foydalaniladi.
Gavda qismlari va a’zolarning joylashi shini aniqlashda butun dunyoda qo‘llaniladigan lotin anatomik terminlari
qabul qilingan. Hozirgi vaqt da qo‘llanilayotgan o‘zbek tilidagi Xalqaro anatomik terminologiya 2004-yil 7–8-oktabrda
Samarqand shahrida bo‘lib
o‘tgan O‘zbekiston Morfologlarining III syezdida tasdiqlangan.Tananing va a’zolarning joylashishini o‘rganishda
anatomik terminologiya tarkibiga kiruv chi quyidagi nomlardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |