Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish


-masala. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilish jarayonida sud-



Yüklə 295,59 Kb.
səhifə15/21
tarix16.12.2023
ölçüsü295,59 Kb.
#180799
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
1. 2 Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh-fayllar.org

3-masala. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilish jarayonida sud-


huquq tizimining o’rni. 
Ma‟lumki, qonun ustuvorligi demokratik huquqiy davlatning zaruriy 

shartidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga ko‟ra


“Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‟radilar”.
Konstitutsiya va qonunlar asosida yashah, ularga amal qilish kundalik 

turmushdagi doimiy faoliyat hisoblanadi. Deyarli barcha munosabatlar ular orqali


amalga oshiriladi va ularga og‟ishmay amal qilish jamoat tartibini, fuqarolar 
tinchligi va totuvligini ta‟minlaydi. Qonunlarga amal qilmaslik va qonun talablari
buzilgan hollarda davlat o‟zining huquqini himoya qilish funksiyasini sud 
hokimyati orqali amalga oshiradi, boshqacha qilib aytganda munosabatlarning
umummajburiy xususiyatidagi qonunlarga asosan tartibga solinishini ta‟minlaydi. 
Sudning vazifasi ayni ana shu funksiyasi bilan ta‟rif va tavsiflanadi. “Sudlar
to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida sudning 
vazifalari mufassal va lo‟nda belgilangan bo‟lib, unga ko‟ra “Sudning faoliyati
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini 
ta‟minlashga qaratilgandir”
Oliy sud faoliyatida kelib tushayotgan shikoyat va arizalar bilan ishlash 

alohida o‟rin tutadi. Birgina 2000-yilning o‟zida O‟zbekiston Respublikasi Oliy


sudiga 13 mingdan ko‟proq shikoyat va arizalar kelib tushgan bo‟lib, shundan 9 
mingtasi jinoyat ishlari bo‟yicha berilgan.
Quyi bosqich sudlari ishining sifati, ular qabul qiladigan sud qarorlarining 

asoslantirilganligi, qonuniy va adolatli bo‟lishini ta‟minlashga Oliy sud doimo


diqqat-e‟tibor berib kelmoqda. Eng muhum toifa nizolar, huquqbuzarliklar va 
jinoyatlarga oid sud ishlari muntazam o‟rganib va muhokama etib boriladi.
Masalan, 2002-yil davomida sud qarorolarining O‟zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi tomonidan nazorat tartibida bekor qilinishi Toshkent shahar sudlari bo‟yicha
87, Samarqand voliyati bo‟yicha 35, Andijon viloyati bo‟yicha 31, Toshkent 


47
viloyati bo‟yicha 24, Qashqadaryo viloyati bo‟yicha 21, Surxandaryo viloyati 


bo‟yicha 18, Jizzax viloyati bo‟yicha 17, qolgan viloyatlar bo‟yicha 7-10 ta ishni


tashkil etdi. 
Sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlarning haqiqiy mustaqilligi va 

erkinligini ta‟minlash g‟oyasini ilgari surar ekan, Prezident I.Karimov jinoiy va


protsesseual qonunchiligimizning dastlabki tergov va sudgacha bo‟lgan jarayon 
ustidan sud nazoratini o‟rganish borasidagi vazifalarni quyidagicha belgilaydi:
“Boshqa demokratik davlatlar kabi O‟zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, 
xibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarni qo‟llash uchun
sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‟tkazish kerak, deb o‟ylayman”. 
Mamlakatimizda o„tgan davr mobaynida dastlabki tergov bosqichida sud 

nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud faoliyatini liberallashtirish bo„yicha


ham keng ko„lamli chora-tadbirlar ko„rilganini ta‟kidlash lozim.Bu borada 
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya‟ni 2008-yildan ehtiyot chorasi
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o„tkazilishi 
prinsipial qadam bo„ldi. Ushbu qarorning o„z vaqtida va puxta o„ylab qabul
qilingani bugungi kunda ko„pgina amaliy misollarda o„z isbotini topmoqda. 
Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon 
bo„lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008-yilning yanvaridan buyon sudlar
tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot 
chorasini qo„llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi



Yüklə 295,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin