Qonun Mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi mahkamasi (Oliy
Majlis) yoki mamlakat aholisining bevosita xohish irodasi
bilan (referendum orqali) qabul qilingan huquqiy hujjat.
Sud Davlat hokimyatining odil sudlovni amalga oshirish huquqi
berilgan yagona mahkamasi hisoblanadi.
Sud tizimi Davlat hokimyati tomonidan ularga berilgan vakolatlar
hamda ular oldiga qo‟yilgan vazifa va maqsadlarning
yig‟indisiga asoslangan sud mahkamalaridan iborat.
Konstituytsiya Davlatning asosiy qonuni bo‟lib, xalqning irodasi va
manfaatlarini to‟la ifoda etuvchi hamda ularning
manfaatlarini ko‟zlovchi ijtimoiy tuzumni mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Oliy sud Fuqarolik, jinoiy va ma‟muriy sudlov ishlarini yurgizish
borasida O‟zbekiston Respublikasi sud hokimyatining Oliy
mahkamasi.
Harbiy sud Umumiy sudlarga o‟xshash sud ishlarini olib boruvchi
hamda O‟zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida sud
hokimyatini amalga oshirishga vakil qilingan sud hay‟ati,
shuningdek, harbiy hizmat ko‟zda tutilgan qo‟shinlar, harbiy
jamlamalar va ijroiya hokimyat mahkamalarida ham faoliyat
olib boradi.
Oliy xo’jalik sudi Xo‟jalik nizolarini hal etish sohasida sud hokimyatining oliy
mahkamasi hisoblanadi.