Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish


-ilova  Insert pedagogik texnalogiyasi



Yüklə 295,59 Kb.
səhifə17/21
tarix16.12.2023
ölçüsü295,59 Kb.
#180799
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1. 2 Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh-fayllar.org

5-ilova 


Insert pedagogik texnalogiyasi

3.2. Mavzuni akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o’tish yuzasidan 

metodik tavsiyalar 
Hozirgi kunda ta‟lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion 
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о„quv jarayonida
qо„llashga bо„lgan qiziqish, e‟tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday 
bо„lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‟anaviy ta‟limda о„quvchi-
talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о„rgatilgan bо„lsa, zamonaviy 








Insert jadvali: 
-ma‟lumotlarni 
sistemalashtirishni
(mustaqil o‟qish / ma‟ruza eshitish 
jarayonida olingan),uni tasdiqlash,
aniqlashtirish yoki rad etsih; qabul 
qilinayotgan
ma‟lumotning 
tushunarliligini nazorat qilish , avval
egallagan ma‟lumotni yangisi bilan 
bog‟lash
qobilyatlarini 
shakllantirishni ta‟minlaydi;

O‟qish jarayonida olingan ma‟lumotlarni 


indivudal holda sistemalashtiradilar;
matnda qo‟yilgan belgilar asosida jadval 
ustunlarini to‟ldiradilar:
V – “O’zbekistonda mustaqillik yillarida 


sud-huquq tizimini takomillashuv tarixi
mavzusi haqidagi bilimlarimga javob beradi; 
“–“ – mavzu yuzasidan bilimlarimga qarama-
qarshi;

+ – mavzu haqidagi yangi ma‟lumotlar;


?
– 

mavzu
haqidagi 


tushunarsiz
(aniqlashtirish, 
to‟ldirishni talab qiladi)
ma‟lumot. 

Insert jadvalining tuzilishi va uni to‟ldirish 


qoidasi bilan tanishadilar.




50
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о„zlari qidirib topishlariga, mustaqil 


о„rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham о„zlari keltirib chiqarishlariga


о„rgatadi. О„qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi 
va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yо„naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta‟lim jarayonida о„quvchi-talaba asosiy 
figuraga aylanadi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion 
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda о„qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik,
о„zgarishlar kiritish bо„lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan 
tо„liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bо„lib fikrlash, о„zaro harakat
qilmoq deb yuritiladi, ya‟ni pedagogik ta‟sir etish usullari bо„lib ta‟lim 
mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni о„ziga xos xususiyatlarga ega bо„lib, 
ularga quyidagilar kiradi:
- о„quvchi-talabaning dars davomida befarq bо„lmaslikka, mustaqil fikrlash, 
ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- о„quvchi-talabalarni о„quv jarayonida bilimga bо„lgan qiziqishlarini 
doimiy ravishda bо„lishini ta‟minlashi;
- о„quvchi - talabaning bilimga bо„lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir 
masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va о„quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini 
tashkillanishi.
О„qituvchi va о„quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday 
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda о„quvchi-talabalarnnng bilim 
saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi.
Masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim 
film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot
texnologiyasi kerak bо„lar, bular о„qituvchi va о„quvchi-talabaga bog„liq. 


51
О„qituvchi mahorati – bu bevosita pedagogik faoliyatni boshqarishning ustasi


hisoblanadi. Shunday ekan, halqimizda har bir ishning ustasi bо„lganidek


о„qituvchi yoki rahbar mahorati ikki baravar ustalikni talab etadi. Rahbar 
mahoratida shaxs psixologiyasini, ta‟lim-tarbiya jarayonini yaxshi bilish muhim
о„rin tutadi 
О„qituvchi mahoratining asosiy obekti - bu inson. Ya‟ni о„qituvchi 

o‟quvchining shaxsiy ma‟naviy hayotini shakllantiruvchidir. Bunda aql, his-


tuyg„u, iroda, ishonch, ong, tafakkur yuqori darajada bо„lishi lozim. 
Men

O‟zbekistonda


mustaqillik 
yillarida
sud-huquq 
tizimining
takomillashuv tarixi mavzusini eksperiment tariqsida pedagogik amaliyotni o„tash 
davrida Toshkent turizm va biznes kollejida amalga oshirdim. Unda quyidagi
ta'lim vositalari hamda pedagogik texnologiyalardan foydalandim: Munozara, 
suhbat, “Tushunchalar tahlili”, “Insert” ped texnologiyasi, og‟zaki so‟rov: savol-
javob, tezkor so‟rov. 
Natijada amalga oshirilgan dars jarayonida samaradorlikka erishildi sinfdagi
barcha o„quvchilar darsda faol ishtirok etdi va barcha o„quvchilar reyting tizimi 
asosida baholandi, so„ngra O‟zbekistonda mustaqillik yillarida sud-huquq
tizimining takomillashuv tarixi xususida testlar tuzib kelish xamda yirik taixiy 
sanalarda sodir bo„lgan voqealar haqida qisqacha ma'lumot tayorlab kelish kabilar
uy vazifasi sifatida berildi. 
O‟zbekistonda mustaqillik yillarida sud-huquq tizimining takomillashuv
tarixi mavzusi bo„yicha dars jarayonini amalga oshirishda ma'lumotlarni 
o„quvchilarga mukammal tarzda tushuntirib berishi uchun darsda samaradorlikka
erishish maqsadida quydagilarga asosiy e'tiborni qaratsa o„qituvchi o„z oldiga 
qo„ygan vazifalarni to„laqonli amalga oshirishida yuqori natijalarga erishishi
mumkin.

- avvalambor, o„qituvchi tarixiy voqealarni batafsil o„zining jonli nutqi


orqali bayon qilib berar ekan har bir tarixiy voqealarni tushuntirishda o„qitishning 
interfaol usullridan foydalanishi lozim.



52
- tarixiy voqealar haqida ma'lumot berishda voqealarni taqqoslash 


maqsadida sinfdagi o„quvchilarni ikki yoki uch guruhga bo„lib, pedagogik


texnologiyalarni qo„llagan holda amalga oshirsa darsda samaradorlikka erishiladi. 
- darsga ajratilgan soat inobatga olingan holda asosiy voqealar xususida
qisqa va lo„nda ma'lumot berish kerak. 
- ma'lumotlarni umumlashtirganda zamon bilan bog„lash maqsadga
muvoffiq chunki o„quvchilar hozirgi tarixiy voqealar bilan taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo„ladilar.
- tarixiy voqealarni o„quvchilar ongiga singdirish bilan ularda 
mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehr va oqibat, g„urur, or-nomus, vijdon,
umuminsoniy qadriyatlarning qadrlash ona yurtga nisbatan g„urur tuyg„ularini 
shakllantirishi maqsadga muvoffiq.


53



XULOSA 
Mazkur bitiruv malakaviy ishi orqali biz O‟zbekistonda sud hokimyatining 

alohida tizim sifatida tashkil topishi hamda uning rivojlanish bosqichlari,


respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish borasida qabul 
qilingan me‟yoriy hujjatlar, huquqiy demokratik davlat qurilish jarayonida sud-
huquq tizimining o‟rni, mustaqillik yillarida sud tizimining fuqarolar huquqlarini 
himoya qilish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlari masalalarini qisman
tahlil qilishga harakat qildik.
O‟zbekistonda sud hokimyati ijtimoiy adolat, huquqiy tartib, qonun
ustuvorligini ta‟minlashga, Konstitutsiya darajasida mustahkam ifodasini topgan 
inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga
qaratilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining yettinchi Kongressi tomonidan 
qabul qilingan xalqaro hujjat – “Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari”
va boshqa xalqaro xujjatlarda belgilangan odil sudlovga oid demokratik prinsiplar 
mustaqil O‟zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‟yilgan. Ularning kafolati
qator qonunlarda o‟z aksini topgan. 
Sud hokimyatning alohida tizimi sifatida tashkil topdi. Sud-huquq
sohasidagi islohotlari ikki bosqichda amalga oshirildi. Sud-huquq sohasidagi 
islohotlarning birinchi bosqichi (1991-2000 yillar)da quyidagi ishlar amalga
oshirildi: 
 jahon tajribasini hisobga olib, birinchi marta mamlakatimizda
Konstitusiyaviy sud va xо„jalik sudlari ta‟sis etildi;
 sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini ta‟minlash va buning
uchun advokatura mavqeini kо„tarishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqildi; 
 Jinoyat Kodeksi va Jinoyat Protsessual Kodeksi, Ma‟muriy Javobgarlik
to‟g‟risidagi Kodeks, Fuqarolik Kodeksi, Fuarolik Protsessual Kodeksi, 
“Prokuratura
tо„g„risida”gi, 
“Sudlar
tо„g„risida”gi, 
“Advokatura



54
tо„g„risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning 


ijtimoiy himoyasi tо„g„risida”gi qonunlar qabul qilindi.


Sud-huquq sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichi(2001-2010 yillar)da 
quyidagi ishlar amalga oshirildi:
 sudlar ixtisoslashtirildi, jinoiy jazolar liberallashtirildi, sudda ishlarni kо„rish 
muddatlari qisqartirildi;
 fuqarolik va jinoiy ishlarni kо„rib chiqishning apellyatsiya tartibi joriy etildi, 
kassatsiya tartibi isloh qilindi, sud qarorlari ijrosini ta‟minlashni
takomillashtirishning huquqiy mexanizmlari yaratildi;
 yangi tahrirdagi “Sudlar tо„g„risida”gi, “Prokuratura tо„g„risida”gi, “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tо„g„risida”gi qonunlar 
qabul qilindi;
 Adliya vazirligi huzurida Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini 
moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta‟minlash departamenti tashkil
etildi.

O‟zbekistonda o„tgan davr mobaynida dastlabki tergov bosqichida sud


nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud faoliyatini liberallashtirish bo„yicha 
ham keng ko„lamli chora-tadbirlar ko„rilganini ta‟kidlash lozim.Bu borada
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya‟ni 2008-yildan ehtiyot chorasi 
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o„tkazilishi
prinsipial qadam bo„ldi.
Mustaqillik yillarida fuqarolar huquqlarini himoya qilish borasida bir qator
ishlar amalga oshirildi. Sud amaliyotiga yarashuv instituti joriy etildi. О„zbekiston 
Respublikasida о„lim jazosi jinoiy jazo turi sifatida bekor qilindi. Jinoyatni sodir
etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga 
sanksiya berish huquqi sudlar vakolatiga о„tkazildi.
2008-yilda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan 
О„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о„zgartish va
qо„shimchalar kiritish tо„g„risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan prokuror va 


55
advokatning tengligi, sud faoliyatining barcha bosqichlarida о„zaro tortishuv 


prinsipi belgilandi.


Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, sud mustaqilligining konstitutsiyada 
belgilab qo‟yilishining o‟zi uni hokimyatning kuchli, qaram bo‟lmagan tarmog‟iga
aylanish uchun yetarli emas. Shuning uchun ham ijtimoiy munosabatlarning barcha 
sohasida bo‟lgani kabi sud-huquq sohasini tubdan isloh qilish borasida
mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ikkinchi chaqiriq O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi
sessiyasida mamlakat rahbari I.Karimov sud tizimida amalga oshirilayotgan 
islohotlarga baho berib, haqli ravishda ta‟kidlaganidek, “Shubhasiz hayotimizdagi
barcha tarmoq va jarayonlarda amalga oshirilayotgan ijobiy o‟zgarishlar qatorida 
huquqni muhofaza qilish sohasida ham joriy qilinayotgan islohotlar o‟zining
samarasi va natijasini bera boshladi. Eng muhimi, bu islohotlar ijtimoiy hayot va 
davlat qurilishining demokratik davlat o‟zgarishlar yo‟lida bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi ta‟minlandi. Lekin shu bilan birga shuni ta‟kidlashimiz zarurki, 
ijtimoiy taraqqiyot odimlari, jamiyatimizda ro‟y berayotgan, uzoqni ko‟zlab
amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar sud-huquq tizimiga joriy qilinayotgan 
islohotlarni tanqidiy baholab, ularni yanada chuqurlashtirishni va qat‟iyatlilik bilan
olib borilishini talab etmoqda
1
”.

Shu bilan birga jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, davlat qurilishi


va boshqaruvi sohasidagi sudning muhim o‟rni va rolini e‟tiborga olib uni yanada 
demokratlashtirish zaruriyati nuqtai nazaridan hali qator ishlar amalga oshirilishi
kerak, deb o‟ylaymiz.
Shuningdek, sud islohoti natijasida erishgan yutuqlarni e‟tirof etgan holda
hali sud hokimyatini odamlarning to‟la ishonchini qozonib, demokratik huquqiy 
davlatning huquqiy himoya funksiasini amalga oshirishga qodir, mustaqil va qaram
1
O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 2001-yil 9-son. 


56
bo‟lmagan hokimyat tarmog‟iga aylantirish borasidagi izlanishlar davom ettirilishi 


kerak.



57


Yüklə 295,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin