103
7.4. Tashqi (xorijiy) investitsiyalar tahlili
Respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va o’rnini shu bilan
izohlash mumkinki, ularning kiritilishi ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etishni,
texnik yangilash, mahsulotlar sifatini oshirish va uni
jahon bozoriga olib chiqish, iqtisodiy
o’sish sur’atlarini tezlashtirish imkonini beradi.
Tashqi investitsiya yuzasidan puxta qonunchilik tizimini yaratilganligi,
Respublikamizdagi ijtimoiy muhitni yaxshiligi, undagi tinchlik va osoyishtalik, arzon mehnat
va moddiy
resurslarning mavjudligi, mamlakatimizning geografik muhim xududda
joylashganligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, qo’shma korxonalarni ko’plab ochilishiga
zamin yaratmoqda.
2003 yil 1-yanvar holatiga Respublikamizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 3400
dan ortiq korxona mavjudligi qayd etilgan. Bu ko’rsatkich 2000 yil bilan taqqoslaganda
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 3.5 baravardan ziyod o’sgan.
Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham ko’rish mumkin.
7.3.-jadval
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining
asosiy
’rsatkichlari
78F78
Ko’rsatkichlar 2000
2001
2002
2002 yil
2000 yilga
nisbatan
o’sishi
2002 yil
2001 yilga
nisbatan
o’sishi
1.XII korxonalar soni
3445
3301
3400
95,8
103
2.Ulardan hisobot taqdim
etganlari soni
524 1708 1861
354,5
109
3.XII
yil boshidagi ustav
fondi, mln doll.
1123,3 1437,4 1607,2 143,1
111,8
4.XII korxonalarda
eksport hajmi, mln dol.
451,6 416,9 442,9
98,9
106,3
5.XII korxonalarda
import hajmi, mln dol.
760,5 937,2 705,1
92,7
75,2
Chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga amalda shakllangan jamg’armalarning umumiy
miqdori 2003 yil boshida 1607.2 mln AKSh dollarini tashkil qildi yoki 2000 yilga nisbatan
143.1 ga oshgan. XII larning asosiy qismi 60 foizidan ortig’i,
texnologiyalar, jixozlar va
boshqa material aktivlarga to’g’ri kelganligini xarakterlash mumkin. Qolgan qismi pul
mablag’lari ko’rinishida jalb qilingan.
78
Davlat statistika Kumitasining 2002 yil yakuni bo’yicha ma’lumotnomasi asosida tuzilgan
104
XII korxonalarida band bo’lgan xodimlar soni o’tgan yilga nisbatan 22.8 foizga ortgan.
2002 yilda XII korxonalar tomonidan 1049,5 mlryad dollarlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Bu Respublika Yalpi ichki mahsulotining 14.7 foizini tashkil etgan. Eng yirik ishlab chiqarish
korxonalari misolida “O’zDEUavto”(mashinalar), “Zarafshon_Nmont” (oltin), “Kabul-
O’zbek” va ”DEU tekstil kompani” (tekstil mahsulotlari), “Qizilqum-tsement” (tsement)
korxonalari ajralib turadi.
2002 yilda Respublika tashqi savdo oborotida XII korxonalar ulushi 21.4
foizni tashkil
qildi (2000 yil –19.5 foizni tashkil etgan edi).
XII korxonalarda import hajmi- 705.1 mln AKSh dollarini tashkil etgan, bu Respublika
jami importining 26 foizini tashkil etadi.
XII korxonalarning tovarlar eksporti hajmida asosiy mahsulotlarni, paxta tolasi (1,0 ),
oziq-ovqatlar (4,1), kimyo mahsulotlari (2,1), energiya manbalari (2,9), rangli va qora
metallar (0,5), mashina va uskunalar (16,5), xizmatlar (3,8), boshqalar (69,1) tashkil etgan.
79F
1
Respublikamiz bo’yicha XII korxonalar eksportining 90
foizi Toshkent shahri, Navoiy,
Toshkent, Andijon va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi.
XII korxonalarning asosiy ta’sischilari Janubiy Koreya, AKSh, Buyuk Britaniya, Turkiya
davlatlaridir. XII korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 4.2 foizi
Turkiyaga, 30.3
foizi Janubiy Koreyaga, to’g’ri keladi.
1
Manba; O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Ko’mitasi-O’zbekiston iqtisodiyoti-2002 yil SIMS