1.4. Moliyaviy tahlil va uning sub’ektlari
Moliyaviy tahlil sub’ektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. Ularni
shartli ravishda ichki va tashqi sub’ektlarga bo’lish mumkin. Ichki tahlil su’bektlariga faqat
shu firma, kompaniya xodimlari kirsa, tashqi sub’ektlarga ta’sischilar, soliq organlari
xodimlari, auditorlar, yuqori tashkilot va vazirliklar, xaridor va buyurtmachilar, mol etkazib
beruvchilar, sug’urta agentliklari, reklama agentlari, bank xodimlari va boshqa shaxslar
kirishi mumkin.
Tahlil sub’ektlarinining manfaatlari albatta bir biridan keskin farq qiladi. Masalan;
ta’sischilar ko’proq firma va kompaniyalarning foydasi bilan, soliq idoralari ko’proq
”daromad-xarajat-natija”lar aloqadorligi tahlilidan, kredit inspektorlari va bank xodimlari;
firma va kompaniyalarning kreditga layoqatligi va moliyaviy barqarorligi bilan, mol etkazib
beruvchilar; firma va kompaniyaning to’lov layoqatini o’rganishdan, tahlil etishdan
manfaatdorlar.
Moliyaviy tahlil va ularning manfaatlar mushtarakligini quyidagi 1.2.-jadval
ma’lumotlaridan ko’rib chiqish mumkin.
14
1.2.-jadval
Moliyaviy tahlil sub’ektlari va ularning manfatlari
t/r Moliyaviy
tahlil
subektlari
Sub’ektlar manfatlari
1 2
3
1. Korxona
xodimlari
Firma va kompaniyaning moliyaviy natijaviyligi va
moliyaviy holati to’g’risidagi ma’lumotlarni bilishdan
2. Tasischilar
Firma, kompaniyaga qo’yilgan va qo’yiladigan
mablag’larning foydaligidan
3. Auditorlar
E’lon qilinadigan xisobot shakllarini to’g’riligini xuquqiy
tamoyillar asosida baholash va firma, kompaniyalar
moliyaviy holatini yaxshilashni ichki imkoniyatlarini
ko’rsatib berishdan, mulk egalari manfaatlarini himoya
etishdan
4. Yuqori
tashkilotlar
Band qilingan moddiy va moliyaviy resurslar harakatini va
samaradorligini o’rganishdan
5.
Soliq idoralari
Majburiy to’lovlar, soliqlar va ajratmalarni undirish
yuzasidan resurslar holati, harakatini va faoliyat
natijaviyligini o’rganishdan
6. Sug’urta
agentliklari
Firma, kompaniya mulkini turli taxlikalardan himoya qilish,
saqlanishi yuzasidan ma’lumotlarni o’rganishdan
7. Mol etkazib
beruvchilar
Shartnomaviy munosabatlarni yo’lga qo’yish, tomonlarning
o’z majburiyatlarini bajarishi, to’lov intizomiga rioya qilish,
to’lovga qobillikni holati to’g’risidagi ma’lumotlarni
o’rganishdan
8. Xaridor
va
buyurtmachilar
Ta’minotdagi uzilishlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan firma
va kompaniyalarning moliyaviy va iqtisodiy salohiyatning
tayanchi to’g’risidagi ma’lumotlardan
|