27
nomoddiy aktivlar yaroqlilik va eskirish koeffitsenti;
nomoddiy aktivlarni o’z va qarz mablag’lari hisobiga manbalanishi;
uzoq muddatli aktivlarni o’z va qarz mablag’lari bilan manbalanishi
koeffitsenti,…
2. Zahira va xarajatlarga baho berishning nisbiy ifodalari:
-zahira va xarajatlarni o’z va qarz mablag’lari hisobiga manbalanishi;
-to’lovga qobillik koeffitsentlari;
-debitorlik qarzlarini holat ko’rsatkichlari,…
3. O’z mablag’lari manbayi bilan bog’liq bo’lgan nisbiy ifodalar:
-moliyaviy
mustaqillik koeffitsenti;
-moliyaviy karamlik koeffitsenti;
-moliyaviy barqarorlik koeffitsenti;
-jalb qilingan sarmoyaning jamlanganlik koeffitsenti;
-manevrlik koeffitsenti;
-o’z sarmoyasi harakatchanligi koeffitsenti;
-o’z va qarz mablag’lari
nisbati koeffitsenti;
-o’z mablag’larini uzoq muddatli aktivlar va zahira, xarajatlarni manbalashdagi holat
ko’rsatkichlari,…
4. Qarz mablag’lari holati bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar:
qarz kapitali va o’z mablag’lari nisbati koeffitsenti;
qarz kapitalini barcha kapital tarkibidagi salmog’i;
uzoq muddatli mablag’larning chetdan jalb qilingan mablag’larga nisbati
koeffitsenti,…
Xalqaro tajribada moliyaviy koeffitsentlarning 80 dan ortiq turi aniqlanadi (E.Akramov
«Analiz finansovogo sotoyaniya predpriyatiya», 25-stranitsa 3-abzats).
Olim (E.Akramov) nazariy jihatdan moliyaviy koeffitsentlarni 2ta guruxga tarkiblashni
tavsiya qiladi. Ya’ni:
-taqsimot (struktura)
koeffitsentlar;
-koordinatsiya koeffitsentlari.
To’laxodjaeva M. tomonidan moliyaviy koeffitsentlarni quyidagi to’rtta guruxga
ajratgan holda o’rganish tavsiya etiladi. Ya’ni:
1.Likvidlilik darajasini xarakterlovchi moliyaviy koeffitsentlar;
2.Ish aktivligini xarakterlovchi moliyaviy koeffitsentlar;
3.Rentabellikni
xarakterlovchi;
4.Kapital tarkibini xarakterlovchi;
5.Bozor aktivligini xarakterlovchi moliyaviy koeffitsentlar.
I.f.D. prof. To’laxodjaeva M. tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llashga tavsiya etilgan
moliyaviy
koeffitsentlarni statik, dinamik, va o’rtacha ko’rsatkichlarga nisbatan
o’rganishning ham bir qator kamchiliklari mavjud.
Birinchidan: moliyaviy koeffitsentlar korxona moliyaviy holatini to’la ochib
berolmaydi.
Ikkinchidan: ularning nisbiy ifodada o’lchanishi;