№4 2022 72
tushinishning yuqori darajasi monetar tushunchalarning amaliy ahamiyatini
baholashda eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan muhim omillardir.
Yetakchi pul tushunchalarining bir qator tamoyillari amalda qoʻrildi. Ayniqsa,
monetarizmning pul muomalasi nazariyasining pul taʼminotining oʻsish surʼatlarini
boshqarish prinsipi dunyoning koʻpgina davlatlarida pul muomalasining taktik
maqsadi sifatida ishlatiladi [8; 9].
Aqsh, Yaponiya va Fransiyaning pul taʼminotining oʻsish surʼatlarini cheklash
boʻyicha pul-kredit siyosati natijalari shuni koʻrsatdiki, ushbu chora oxir-oqibat
ishlab chiqarish surʼatlarining pasayishiga, tovar va xizmatlar taʼminotining
kamayishiga olib keladi, ammo narxlar barqarorligiga erishiladi.
M.Fridmanning pul taʼminotining oʻzgarishi iqtisodiy vaziyatdagi oʻzgarishlar
tufayli emas, degan ilmiy xulosasi amalda isbotlanmagan. M.Fridman monetarizm
nazariyasiga koʻra, pulga boʻlgan talab naqd pul balanslari va nominal daromadning
oʻsishiga mutanosib ravishda kamaymaydi, balki oʻzgarishsiz qolmoqda. Chunki pul
taʼminotidagi har bir oʻzgarish nafaqat investitsiya darajasiga, balki shaxsiy isteʼmol
hajmiga ham taʼsir qiladi. Shaxsiy isteʼmol hajmi oʻz navbatida nominal daromad
dinamikasiga mutanosib ravishda farq qiladi. Natijada, olingan har bir alohida davr
uchun pulga boʻlgan talab doimiyligicha qolmoqda, pul taʼminoti esa doimiy ravishda
oʻzgarib turadi. Bu xulosa dunyoning koʻplab davlatlari amaliyotida isbotlangan [7].
1-jadval. Pul-kredit siyosatining asosiy koʻrsatkichlari, foizda Koʻrsatkichlar 2018 2019 2020 2021 2022 1-chorak Inflyatsiya darajasi
14,3
15,2
11,1
10
9,8
Markaziy bank qayta
moliyalashtirish stavkasi
16,0
16,0
14,0
14
17
Tijorat banklarining kreditlari
boʻyicha foiz stavkalari -
20,5
24,2
22,3
22,5
-
1-jadvalga koʻra, 2018-2020 yillarda Oʻzbekistonda yuqori inflyatsiya darajasi
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasini taʼminlashga olib keldi. Bu esa
oʻz navbatida tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha foiz
tavkalarining yuqori boʻlishiga olib keldi. Oʻz navbatida, tijorat banklari kreditlari
boʻyicha yuqori foiz stavkalari korxonalarga to‘sqinlik qildi.