Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida»



Yüklə 195,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix30.09.2023
ölçüsü195,08 Kb.
#150679
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash



2.1. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan 
pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash 
 
Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» 
ta’lim tizimi oldiga quyilgan vazifalarni bajarish yo’lida katta ishlar amalga 
oshirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter 
tarmoqlari negizida ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlanishi kundan kunga 
rivojlanib bormoqda. 
Ta’lim jarayoni axborotlashtirildi, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot 
tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olindi. 
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunakatsiya 
tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez 
yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, 
muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo’ymoqda. 
Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

 Elektron nashr (EN) 
– grafik, matnli, nutqli, musiqiy, video-foto- va 
boshqa axborotlarning to’pamini tashkil etadi. Bir EN axborot (yoki axborot-
ma’lumotnomalar) manbalari, axborotlarni yaratish va qayta ishlash qurollari, 
boshqarish tuzulmalari ajratilishi mumkin. EN ixtiyoriy elektron tashuvchilarda 
bajarilishi, shuningdek elektron kompyuter tarmog’ida nashr etilishi mumkin. 

Bu holda 


talimiy elektron nashr
(TEN) yoki 
ta’limiy elektron vositalar
(TEV) bo’lib, bilimlarning mos ilmiy-amaliy sohasi bo’yicha tizimlashtirilgan, 
o’quvchilar tomonidan shu sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy va faol 
egallashni ta’minlaydigan
elektron nashrdan iborat bo’ladi. 
TEN yuqori darajadagi bajarilishi va badiiy bezalishi, axborotning to’liqligi, 
uslubiy qurollarning sifati, sifatli texnik bajarilishi, ko’rgazmaliligi, mantiqiyligi va 
bayon qilish ketma-ketligi bilan ajralib turishi lozim. TEN va TEV lar vizual va 
audiaxborotlarni keskin sifatini oshiradi, u yoriqroq, rangli va dinamik bo’ladi. 
Bunda multimedianing yangi texnologiyalarining imkoniyatlari katta o’rin 
egallaydi. An’anaviy ko’rgazmalilik o’rganilayotgan ob’ektning aniqligini hisobga 


ogan bo’lsa, kompyuter texnologiyasini foydalanish na faqat haqiqiy ob’ektlarning 
dinamik imkoniyatlarini ifodalash, balkiilmiy qonuniyatlarning, nazariyalarni
tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari mumkin bo’ladi. 
TEV larning asosiy komponentlari bo’lishi mumkin bo’lgan ta’limga 
mo’ljallangan kompyuter vositalarining asosiy ko’rinishlari: 
umumiy mo’ljallangan 
xizmat dasturiy vositalar; o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va 
malakalarini nazorat qilish va o’lchash uchun dasturiy vositalar; elektron 
trenajerlar; matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar; 
uzoqdan kiriladigan laboratoriya va virtual laboratoriyalarning dasturiy vositalari; 
axborot-izlash ma’lumotnomalik tizimlar; avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari 
(AO’T); elektron darsliklar (ED); ekspert o’qitish tizimlari (EO’T), intellektual 
o’qitish tizimlari (IO’T); kasbiy faoliyatni avlmatlashtirish tizimlari 
kabi bo’lishi 
mumkin
.
Ushbu komponentalarni qisqacha bayoni bilan tanishib chiqamiz. 
a) Umumiy mo’ljallangan xizmat dasturiy vositalar 
ko’plab hi-soblashlarni 
avtomatlashtirish uchun, o’quv hujjatlarni tayyorlash, eksperimental tadqiqot 
ma’lumotlarini qayta ishlash uchun qo’llaniladi. Ular laboratoriya, amaliy 
mashg’ulotlarini o’tkazishda, mustaqil ishlarni tashkil etishda va loyiha ishlarini 
amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin. 
b) O’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat 
qilish va o’lchash uchun dasturiy vositalar
nisbatan yaratilishi oson bo’lganligidan 
keng tarqalib ketgan. O’qituvchilar, xatto dasturlash tillari asoslarini bilmaydigan 
kishilar ham u yoki bu o’quv mavzusida savollar va javoblarni kiritishi mumkin 
bo’lgan qurollik tizim-qobiqlarning qator turlari mavjud. O’quvchining asosiy 
vazifasi qator taqdim etilgan javoblarning birini (to’g’risini) tanlash talab etiladi. 
Bunday dasturlar o’qituvchini individual nazorat vazifalarini berish, ularni 
tekshirish va baholash ishlaridan ozod etadi. Bu bilan o’qituvchida o’kuvchilarni 
ko’p marotaba bilimlarini sinash, o’zini-o’zi sinash, o’quv materiallarini takrorlash, 
mustahkamlash imkoniyatini beradi. 
v) Elektron trenajyorlar
 
o’quvchilarning amaliy ko’nikma va malakalarini 
ishlab chikish uchun foydalaniladi. Bunday vositalar murakkab sharoitlarda amallar 


bajarish va hatto tasodifiy vaziyatlarda avariyaga qarshi harakatlarni ishlab 
chiqishda foydalanish samaralidir. Bir qancha sabablarga ko’ra real qurilmalarni, 
masalan, energiya ta’minotining o’chishi, katta hafli shuningdek, avariya 
vaziyatlarini yaratish imkoniyati bo’lgan joylarda foydalanish maqsadga muvofiq 
emas. Bundan tashqari trenajerlar masalalar echish ko’nikma va malakalarini ishlab 
chiqaishda foydalaniladi. Bunday hollarda, ular nazariyadan qisqacha ma’lumot 
olishni, turli darajadagi mustaqillikni mashq qilishni, nazorat va o’zini-o’zi 
nazoratini ta’minlaydi. 
g) Matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar
 
eksperimental va nazariy tadqiqotlarning chegarasini kengaytirish, fizik 
eksperimentni hisoblash eksperimenti bilan to’ldirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 195,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin