Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan



Yüklə 169,7 Kb.
səhifə21/25
tarix31.03.2022
ölçüsü169,7 Kb.
#54535
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
KIRISH

Majburlash — bu o'quvchining xulq-atvoriga qo'yiladigan salbiy baholashning ifodasi, xulq-atvor me'yorlariga zid bo'lgan xatti-harakatlari va bema'ni qiliqlarining muhokamasidir. Pedagogika fanida ushbu vosita tarbiyalashning eng so'nggi metodi sifatida ifodalanadi. Ushbu metod turlari, qo'llanilayotgan boshqa tarbiyaviy metodlar istalgan tarbiyaviy maqsadga erishishda imkoniyat bermagandagina qo'llanilishi mumkin.

XX asrning o'rtalarida pedagogikada majburlashdan shaxsni kamsituvchi va salbiy oqibatlarga olib keluvchi tarbiyalash metodi sifatida foydalanish rad etilgan. Biroq, keyinchalik majburlashdan pedagogik jihatdan to'g'ri foydalanish qonuniy deb e'tirof etildi: u uyat, or-nomus tuyg'ulari o'quvchida bo'lmaganda, uning xatti-harakari salbiy oqibatlarga olib keladigan holatlarda, tarbiyalanuvchining xulq-atvorini tuzatadi, unga xatosini tushunib yetishga imkoniyat beradi.

Tarbiyaviy faoliyatda majburlash metodi shaxsning qadr-qimmatini kamsitmaydigan puxta o'ylangan xatti-harakatlar asosida olib boriladi va uni amalga oshirishda bunday vositalarning tanlanishi chuqur tahlil talab qilinishini hisobga olish zarur. Ular qatoriga o'qituvchining tanbehlari yoki qat'iy talablari,

yanada jiddiy mas'uliyatga ehtimolli jalb etish tog'risidagi ogohlantirish, jamoada muhokama qilish yoki pedagogik kengashga chaqirish, boshqa sinfga yoki maktabga o'tkazish, umumta'lim muassasasidan haydashni kiritish mumkin.

Ta’lim muassasalarida qo’llash mumkin bo’lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:

Tanbeh berish – eng muhim jazo chorasi. O’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi.

Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo’lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

Hayfsan berish – o’quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo’lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e’lon qilish mumkin.

Uyaltirish – o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan sub’yektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va b.) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or- nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Yoshlarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hfdeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.

Ilmiy pedagogik adabiyotlarda tarbiyalashning ko'rib chiqilgan pedagogik vositalaridan tashqari shaxs bilan tarbiyaviy o'zaro ta'sir ko'rsatishning ayrim umumiy usullari ham o'z aksini topadi. Ular qatoriga pedagogik faoliyatning yangi turlarini joriy etish, muomala ma'nosini o'zgartirish kabilarni kiritish mumkin. Biroq ularning mazmuni tarbiyalanuvchilarning ongiga ta'sir ko'rsatishdan iborat hamda ma'no jihatidan yuqorida ko'rib chiqilgan tarbiyalash metodlarini o'z ichiga oladi.

Tajribali o'qituvchi bir vaqtning o'zida psixologik tarbiyaviy ta'sir metodlaridan ham foydalanish yetarli darajada samara berishini biladi. Ta'kidlab o'tilganidek, o'qituvchi tomonidan qo’llaniladigan pedagogik vositalar o'quvchilarning ongiga yo'naltirilgan. Pedagogik tajribalarning ko'rsatishicha, og'zaki bo'lmagan ta'sir ko'rsatish metodlari (mimika, pantomimika, imo-ishora, holat, xatti-harakatlar, ko'zlarning ifodasi, ovoz intonatsiyasi), his-tuyg'uga yo'naltirilgan ta'sir ko'rsatish metodlari (birgalikda qayg'urish, g'azablanish, xursand bo'lish) va oqilona ta'sir ko'rsatish metodlari (asosiy vosita — ishontirish) juda samarali hisoblanadi. Shu bilan birga psixologik metodlar ham, pedagogik metodlar bilan bir vaqtda qo'llanilishi o'qituvchining o'quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta'sir etishni kuchaytiradi.

Tarbiya texnologiyalarida foydalaniladigan, ko'rib chiqilgan metodlar uning masalalarini yanada to'liqroq hal etish uchun shart-sharoitlarni yaratgan holda tarbiyalashning barcha shakllarida amalga oshiriladi. Biroq ularni tanlash, o'zlashtirish va amalga oshirishda ko'pgina omillarga, jumladan, milliy an'analar, urf-odatlar, pedagogikaga xos bo'lgan holatlarga e'tibor berish zarur.

Barcha pedagogik holatlarda mutlaqo to'g'ri bo'lgan tarbiyaviy metodlar mavjud bo'lmaydi. O'qituvchi tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun, odatda, muayyan vaqtga mo'ljallangan, o'zining pedagogik o'zaro ta'sir ko'rsatish strategiyasini yaratgan holda tarbiyaviy metodlar majmuasidan foydalanadi. Mohir o'qituvchi o'zining rang-barang tarbiyaviy metodlariga ega bo'ladi va muayyan bir holat uchun ularning muqobil variantlarini topib qo'llaydi. Tarbiyaviy metodlarni qo'llashning o'z texnikasi mavjud bo'lib, u o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq. A.S.Makarenko aytganidek, "O'quvchilar o'qituvchining tarbiyachi sifatidagi ta'sirini, uning tashqi ko'rinishidan, boy ma'naviyatidan, notiqlik san'atidan, so'z intonatsiyasini mukammal o'z о'rnida qo'llay olishidan, yuz ifodasidan о 'zlariga qabul qiladilar ".

Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’riflangan tarbiyaning umumiy metodlari o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish sohalarini qamrab olmaydi.

Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.

Tarbiya jarayonining umumiy holatidan kelib chiqqan holda tarbiya metodlarini quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:







Yüklə 169,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin