Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuza- sidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Boshqacha aytganda, shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgi- lanadi. Birinchi davr – shartnoma tuzishga taklif qilish davri; bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa offerentdeb ataladi.
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifni qabul qilish davri; bu aksept,taklifni qabul qiluvchi akseptantdeb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FK 364-381- moddalarida berilgan.
Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun
1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 1998. –
№ 9. – 170-м.
2 Хўжалик (тадбиркорлик) ҳуқуқи: Дарслик. – Т., 2003. – Б.179.
mol-mulkni topshirish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo‘lishi kerak. Oferta uni yo‘llagan shaxsni oferta yo‘llangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bog‘laydi.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) akseptantga bildirilgunicha chaqirib olinishi mumkin. Biroq u akseptant tomonidan qabul qilib olingan bo‘lsa, akseptlash uchun belgilangan muddat davomida chaqirib olinishi mumkin emas.
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslarga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, mahsulotni reklama qilish, o‘z xizmatini taklif etib e’lon berish – nomuayyan shaxslar doirasida yo‘llangan oferta hisoblanadi. Bunday oferta, odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi. Aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lmog‘i shart. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo‘yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo‘lmaydi.
Agar shartnoma to‘g‘risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlanmasdan, og‘zaki ravishda qilingan bo‘lsa, ikkinchi taraf (akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga (offerentga) bildir- gan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo‘lsa, taklifni qabul qil- ganlik (aksept) to‘g‘risidagi javob uni olish uchun lozim bo‘lgan normal vaqt davomida olingan taqdirdagina, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar shartnoma tuzishga rozi bo‘lganlik to‘g‘risidagi kechiktirilib olingan javobdan uning o‘z vaqtida yuborilganligi ma’lum bo‘lsa, bu holda taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib olinganligi to‘g‘risida ikkinchi taraf (akseptant)ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi.
Ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish haqidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Shuningdek, shartnomada u tuzilgan joy ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Agar shartnomada uning tuzilgan joyi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma oferta yo‘llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, taraflar shartnomalar tuzishda erkin- dirlar. Binobarin, hech qaysi taraf shartnoma tuzishga majbur qilinmaydi. Biroq ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish o‘zi uchun majburiy bo‘lgan taraf oferta olgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida, akseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar asosida akseptlashi haqida (shartnoma loyihasiga o‘zining e’tirozlari bayonnomasini qo‘shgan holda) bildirish yo‘llashi kerak.
Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llagan taraf uchun majburiy bo‘lgan va unga o‘ttiz kun mobaynida shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yubo- riladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.
Kelishmovchiliklar bayonnomasi rad etilganida yoki uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi bildirish ko‘rsatilgan muddatda olin- maganida kelishmovchiliklar bayonnomasini yo‘llagan taraf shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur etish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararlarni boshqa tarafga to‘lashi kerak.
Shartnoma tuzish vaqtida vujudga kelgan kelishmovchiliklar sudda ko‘rib chiqilgan hollarda kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan shartlar sud tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, shartnomalar kimoshdi savdosida ham tuzilishi mumkin, ya’ni agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tartib anglashilmasa, u kimoshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuziladi.
Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan tashkilot kimoshdi savdosining tashkilotchisi bo‘lishi mumkin. Ixtisos- lashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki o‘z nomidan harakat qiladi. Qonunda ko‘rsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish to‘g‘risidagi shartnomalar faqat kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Kimoshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o‘tkaziladi. Kim- oshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘l- masa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy huquq- ning egasi tomonidan belgilanadi. Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auksion va tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qoidalar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sud qarorini ijro etish tartibida o‘tkaziladigan kimoshdi savdosiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Auksionlar va tanlovlar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq auksionda va ochiq tanlovda xohlagan shaxs qatnashishi mumkin. Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun maxsus taklif etilgan shaxslargina qatnashadilar. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashkilotchi kimoshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risida kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilishi kerak. Xabarda, har qanday holda ham, kimoshdi savdosining vaqti, joyi va shakli, kimoshdi savdosiga nima qo‘yilayotgani va uni o‘tkazish tartibi, shu jumladan, kimoshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, shuningdek, bosh- lang‘ich narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qo‘yilayot- gan bo‘lsa, bo‘lajak kimoshdi savdosi to‘g‘risidagi xabarda bunga beriladigan muddat ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, agar qonunda yoki kimoshdi savdosi o‘tkazilishi haqidagi xabarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xabar bergan kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion o‘tkazishdan xohlagan vaqtida, lekin u o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov o‘tkazishdan esa tanlov o‘tkaziladigan kundan kamida o‘ttiz kun oldin bosh tortishga haqli.
Kimoshdi savdosining tashkilotchisi uni o‘tkazishdan mazkur mud- datlarni buzib bosh tortgan hollarda ishtirokchilarning ko‘rgan haqiqiy zararlarini to‘lashi shart. Yopiq auksion yoki yopiq tanlov tashkilotchisi xabar yuborilganidan keyin aynan qancha muddatda kimoshdi savdosi-
dan bosh tortganligidan qat’i nazar, o‘zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to‘lashi shart.
Kimoshdi savdosining qatnashchilari kimoshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli to‘laydilar. Agar kimoshdi savdosi o‘tkazilmasa, zakalat qaytarib berilishi kerak. Zakalat kimoshdi savdosida qatnashgan, lekin unda g‘olib chiqmagan shaxslarga ham qaytarib beriladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan shartnoma tuzishda u to‘lagan zakalat summasi tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi.
Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion yoki tanlov o‘tkazilgan kuni kimoshdi savdosining natijalari to‘g‘risida bayonnoma imzolaydilar, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bayon- nomani imzolashdan bosh tortsa, to‘lagan zakalatidan mahrum bo‘ladi. Bayonnomani imzolashdan bosh tortgan kimoshdi savdosining tashkilot- chisi zakalatni ikki hissa qilib qaytarishi, shuningdek, kimoshdi savdo- sida g‘olib chiqqan shaxsga kimoshdi savdosida qatnashish tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning zakalat pulidan ortiq bo‘lgan qismini to‘lashi shart. Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qo‘yilgan bo‘lsa, bunday shartnomani taraflar kimoshdi savdosi tamom bo‘lganidan hamda bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin kechi bilan yigirma kunda yoki xabarda e’lon qilingan boshqa muddatda imzolashlari kerak. Ular- dan biri shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, ikkinchi taraf sudga murojaat qilib, shartnoma tuzishga majbur etishni, shuningdek, uni tuzish- dan bosh tortish natijasida yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli. Qonunda belgilangan qoidalar buzib o‘tkazilgan kimoshdi savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kimoshdi savdo- sida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasli-
giga sababchi bo‘ladi.
Qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan hollarda.
Shuningdek, taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi taraf- ga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.Vaziyatning taraflar oldindan ko‘ra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin bo‘lgan darajada o‘zgarishi uning jiddiy o‘zgarishi hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashti- rish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq xarajat- larini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgar- tirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradi- gan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Basharti, qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odat- laridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi. Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgartirilgan holda saqlanib qoladi. Shartnoma bekor qilinganida taraflarning majburiyat- lari bekor bo‘ladi.
Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuv- dan yoki shartnomani o‘zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib ang- lashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga kelish- gan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilgan yoki bekor qilinganida esa – sudning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgi- lab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma o‘zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar. Shuningdek, agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga taraflardan birining shartnomani jiddiy buzishi asos bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish tufayli yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qabul qilinishi bilan shartnoma instituti bozor munosabatlariga xos tarzda muayyan darajada takomillashdi. Xususan, shartnomalarning qator yangi turlari joriy etildi va ayrim turdagi shartnomalarning huquqiy tabiati o‘zgartirildi. Jumla- dan, shunday institutlardan biri haq evaziga xizmat ko‘rsatish shart- nomasidir. FK 38-bobi «Haq evaziga xizmat ko‘rsatish» deb nomlanadi.
Ma’lumki, haq evaziga xizmat ko‘rsatish munosabatlarining huquqiy jihatlarini tadqiq etish, ijtimoiy munosabatlarning bu turini huquqiy tar- tibga solish masalalarini nazariy jihatdan o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirila boshlangan. Shu davrdan boshlab dastlab «xizmat» (usluga), keyinchalik «xizmat ko‘rsatish» tushunchalari fanga kirib keldi va ularning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etildi.
Bozor iqtisodiyotining shiddat bilan rivojlanishi jamiyatda yangidan- yangi huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmoqda. Bu esa, o‘z navbati- da, yangi shartnomalarni ham keltirib chiqarmoqda. Umumiy qoidaga ko‘ra fuqarolik huquqining subyektlari FKda nazarda tutilmagan fuqaro- viy-huquqiy shartnomalarni ham tuzishlari mumkin. Fuqaroviy-huquqiy shartnomalarning turlari shunchalik ko‘pki, ularni FK yoki boshqa bir qonun bilan tizimlashtirib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra qonun normalari FKda nazarda tutilmagan shartnomalar tuzilishiga ham ruxsat beradi.
Fuqaroviy-huquqiy shartnomalar tuzilishi qanchalik muhim hisob- lansa, ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish kiritish ham shunchalik ahamiyatlidir. Agar FKda nazarda tutilmagan shartnomalarga o‘zgarti-
rish va qo‘shimchalar kiritish yoxud uni bekor qilish zarurati vujudga kelganda, FKning shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar bobidagi normalar asosida hal qilinadi.