Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə132/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Dinning bag‘rikenglik mohiyati



  • Barcha dinlarda ezgulik g‘oyalari ustuvor bo‘lib kelgan. «Yaxshilik qil, yomonlik qilma» demagan birorta diniy ta’limot yo‘q. Shunday ekan, barcha dinlarni, hatto eng qadimgilarini ham bag‘rikenglik ruhida o‘rganmoq zarur.

  • Islom dini o‘zining ilk davridayoq bag‘rikenglik dini sifatida namoyon bo‘ldi. Islomda e’tiqod erkinligi ochiq-oydin e’lon qilingan: «Baqara» surasining 256-oyatida «La ikraha fid-din» – «Dinda zo‘rlash yo‘q», deyilgan.

  • Milliy va diniy rang-baranglik hamda e’tiqod erkinligini qaror toptirish masalalariga bag‘ishlangan va to‘lig‘icha bag‘rikenglik ruhi bilan sug‘orilgan Qur’on oyatlari mazmunidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. Eng avvalo, odamlarning tili va rangidagi farqlar tushunuvchilar uchun Xudoning mo‘jizalaridandir.

  • Ayni paytda, dunyodagi turli-tumanlik Yaratganning irodasi va hikmati bilan bog‘liq. Xudo dastlab odamzotni bir ummat qilib yaratgandi, so‘ngra ularni turli qabila, xalq va dinlarga ajratishni iroda qildi. Bunday rang-baranglikdan maqsad – umumiy farovonlik yo‘lida insonlar bir-birlari bilan musobaqa qilmoqlari darkor.

  • Boshqa jamoalar bilan hamjihatlikni chuqurlashtirish uchun musulmonlar ular bilan, ayniqsa, kitob ahli – yahudiylar va nasroniylar bilan muloqot qilmoqlari lozim. Qur’on bu dunyoni barcha xalq va din vakillari tinch-totuv yashaydigan zamin deb e’lon qildi.

  • Umuman olganda, Qur’onning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar mo‘min-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglikka da’vat etilgan. Muhammad payg‘ambar ham o‘z hayotlari davomida hech qachon hech kimni islomga kirishga majbur qilmaganliklarini, biron marta u yoki bu harbiy harakat diniy e’tiqod tufayli bo‘lmaganini ham yoddan chiqarmaslik lozim.





Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin