Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə140/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

«Iroq va Shom islom davlati» (IShID) yoki «Islom davlati» tashkil topishida «al-Qoida» tashkiloti muhim o‘rin tutgan. Dastlab, 2004 yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Mus’ab Zarqoviy Iroqda «Tavhid va jihod jamoati»ni tuzadi va «al-Qoida»ning Iroqdagi bo‘limi sifatida faoliyat olib boradi. Iroqdagi harakat doirasini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Keyinchalik unga «Jaysh al-fotihin», «Jaysh as-sahoba» kabi bir qator terrorchi guruhlar qo‘shilishi natijasida Zarqoviy 2006 yilda Abdulloh Rashid Bag‘dodiy boshliq «Mujohidlar maslahat kengashi» tuzilganini e’lon qiladi. Buning natijasida Yaqin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan tashkilot 2006 yil 15 oktabrda «Iroq islom davlati» nomi ostida Iroqda tashkil topadi va unga Abu Umar Bag‘dodiy ismli shaxs rahbarlik qiladi.
2010 yil 19 aprelda Abu Umar Bag‘dodiy o‘ldirilgandan so‘ng guruhga Abu Bakr Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan Abdullo Ibrohim as-Samariy (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohim Avvad al-Badriy al-Husayniy) rahbarlik qiladi. Suriyada kechayotgan mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qo‘shilgandan so‘ng, 2013 yil aprel oyida tashkilot «Iroq va Shom islom davlati» (IShID) deb nomlandi. «Al-Qoida» tashkiloti «IShID»ning Suriyadagi mojarolarga aralashganidan so‘ng, 2014 yil fevral oyida mazkur tashkilotning «al-Qoida»ga aloqasi yo‘q deb bayonot berdi. BMT Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfli hisoblangan «al-Qoida» faolligining kamayishi undanda kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan «Iroq va Shom islom davlati»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
2014 yil 29 iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va Shom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag‘dodiy xalifa ekani e’lon qilindi. Keyinchalik, «IShID» o‘zini «Islom davlati» deb nomladi.
Tashkilotning bosh maqsadi islom «xalifaligi»ni qayta tiklash va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yo‘lda Iroq, Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona davlati «xalifalik»ni barpo etib, bosqichma-bosqich Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni e’tirof etadi.
Mazkur terrorchi tashkilot tomonidan 2013-2017 yillar mobaynida Iroq va Suriya hududlarida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etildi, o‘z joniga qasd qiluvchi terrorchilar tomonidan 100 dan ortiq qo‘poruvchilik harakatlari, portlashlar amalga oshirildi. Suriyada «IShID» jangarilari 60 dan ziyod cherkov va monastirni vayron qilishdi.
4. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy asoslari. O‘zbekistonda shakllanayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati o‘ta murakkab va mashaqqatli siyosiy jarayonga asoslangan. Bir tomondan, eski sovet tuzumidan qolgan salbiy meros demokratik o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan dunyoviy taraqqiyot yo‘liga raxna solib, uni izdan chiqarish va diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqda. Bu «ayrim siyosiy kuchlar» diniy ekstremizm va terrorizmning bevosita ilhomchilari va bajaruvchilari bo‘lib, ular o‘zlarining nopok siyosiy maqsadlari yo‘lida inson va jamiyatning eng nozik tuyg‘usi dindan foydalanishga urinmoqda. Ayniqsa, 1999 yilning 16 fevralida Toshkent shahrida terroristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan keyin terrorizm muammosi O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotga tahdid soluvchi asosiy xavf-xatarlardan biriga aylandi.
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurashning asosiy tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:


  1. Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin