71. Injil (Bibliya) qanday qismlardan iborat?
A. Besh kitob, Apokalipsis B. To‘rt Yevangeliya C. *Eski ahd va Yangi ahd D. Yangi ahd
72. Nasroniylik marosimchiligi
(tainstvolari) ning qanday muhim elementlari bor?
A. Rojdestvo, pasxa, pyatidesatnitsa, troitsa
B. Xudoning gavdalanishi, gunoxini yuvish, qayta tirilish, osmonga chiqib tushish
C. Liturgiya, messa, soborovanie, ensiklika, indulgensiya
D. *Cho‘qintirish, miro surtish, poklanish, tavba qilish, nikoh, ruhoniylikka fotiha berish, yel surtish
73. Mustaqil cherkovlar nima deb ataladi?
A. Modernistik cherkovlar B. Ortodoksal cherkovlar C. *Avtokefal cherkovlar D. Monofizit cherkovlar
74. Katolitsizmda Iso Masihning yerdagi noibi deb kim hisoblanadi?
A. *Rim Papasi B. Vatikan C. Cherkov D. Kardinallar
75. Protestant sektalari qaysilar?
A. Baptizm, vahhobiylik, anglikanlik, sintoizm, bobizm, lamaizm
B. Lyuteranlik, kalvinistlar, anglikanlik, bahoiylik, bobiylik, lamaizm
C. *Baptizm, pyatidesyatnik-lar, adventistlar, mennomentlar, svideteli Iegovi, metodizm
D. Pyatidesatniklar, zardushtiylik, hinduiylik, Iegova shohidlari, kalvinizm
76. Islom dini qachon paydo bo‘ldi?
A. Eramizgacha 5 asrda B. Eramizning 1 asrida C. Eramizning 6 asrida D. *Eramizning 7 asrida
77. Islomning qanday asosiy yo‘nalishi bor?
A. *Sunniylik va shialik B. Modernizm va fundamentalizm
C. Ismoiliylik va vahhobiylik D. Bahoiylik va bobiylik
78. Islomning sunniylik va shialik bo‘linishi qachon ro‘y berdi?
A. VII asrning boshlarida B. VII asrning birinchi yarmida
C. XI asrda D. *VII asrning ikkinchi yarmida
79. Islom konferensiyasi tashkiloti qachon tuzilgan?
A. *1969 yil B. 1926 yil C. 1962 yil D. 1973 yil
80. Hurfikrlilikning mohiyati nimada?
A. Fuqarolarning istalgan dinga e’tiqod qilishlari yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik, diniy marosimlarni bajarish yoki dahriy tashviqot olib borish huquqi
B. Insonning qo‘yilgan maqsadga muvofiq o‘z-xatti harakatlarini ongli tanlash qobiliyati
C. *Aqlning diniy aqidalarga tanqidiy qarash hamda atrof-olamning dinga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganish huquqini e’lon qiluvchi g‘oyaviy yo‘nalish
D. Tabiat, materiya va borliqning birlamchiligi va ong ideya (g‘oyaning) ikkilamchiligidan kelib chiqadian falsafiy yo‘nalish
81. Xudoni olamning undan tashqarida tabiat va jamiyat rivojiga aralashmaydigan qiyofasiz deb qaraydigan ta’limot hurfikrlilikning qaysi shakliga tegishli?
A. Skeptitsizm B. Pantiezm C. Dahriylik D. *Deizm