Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Diniy tasavvurlar va umuman dinni inkor qiluvchi xurfikrlilik shakli nima? A. Panteizm. B. Deizm. C. *Daxriylik. D. Skeptitsizm. 31



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə165/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

30. Diniy tasavvurlar va umuman dinni inkor qiluvchi xurfikrlilik shakli nima?
A. Panteizm. B. Deizm. C. *Daxriylik. D. Skeptitsizm.
31. «O‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki biz bor bo‘lganimizda o‘lim hali bo‘lmaydi o‘lim bo‘lganda esa biz bo‘lmaymiz» degan fikr qadimgi hurfikrlik namoyondalari­dan kimga tegishli?
A. *Epikur. B. Demokrit. C. Lukresiy. D. Geroklit.
32. Uyg‘onish davri tabiiy-ilmiy hurfikrlili­gining namoyondalari kimlar?
A. U.Fon Gutten va P.Pompanatsiy. B. Leonarda da Vinchiva D.Vnini.
C. M.de Monten va Ya. A. Komanskiy. D. *N.Kopernik, E.Bruno
33. Injil (Bibliya) ning ilmiy tanqidiga kim asos solgan?
A. *B.Spinoza. B. M.F.Volter. C. K.Maks. D. F.Akvinskiy.
34. Kreatsionizm nima?
A. Voqelik hodisalarining maqsadga muvofiqligi va maqsadga yo‘naltirilgan­ligi to‘g‘risi­dagi diniy ta’limot.
B. Xudo olamni yaratibgina qolmay, balki uni to‘lg‘icha boshqarishi to‘g‘risidagi diniy ta’limot.
C. *Olamning yo‘qdan yaratilganligi to‘g‘risidagi diniy ta’limot.
D. Insonni ilohiy ijodning gultoji, koinotning markazi deb hisoblovchi diniy tashkilot.
35. Esxatologiya nima?
A. Afsonaning mohiyatini ochib beruvchi fan.
B. Insonning kelib chiqishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan.
C. Odamni xudo yo‘qdan yaratilganligi haqidagi diniy ta’limot.
D. *Dunyo va insonning oxir-oqibatdagi taqdiri to‘g‘risidagi diniy ta’limot.
36. Diniy modernizm nima?
A. *Din va ilohiyotning yangi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlariga, dindorlarning o‘zgargan ongiga moslashishning usullaridan biri.
B. Yaqin kelajakda adolatli va xudoga ma’qul tartib o‘rnatish uchun dunyoga xudoning elchisi kelishi to‘g‘risidagi ta’limot.
C. Ozgina bo‘lsada chetga chiqishni to‘lig‘ inkor qiladigan qandaydir ta’limotning asoslariga, an’analriga sodiylik, mustahkam sobit qadamlik.
D. Biror dinga e’tiqod qiluvchilarning uyushmasi, diniy institut (tashkilot)lar sisteasida prixod tipidagi dastlabki birlik.
37. Vijdon erkinligi mohiyati nima?
A. Aqlning diniy qoidalarini erkin tanqidiy ko‘rib chiqishi va atrof olamni dinga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganish.
B. Diniy normalarga muvofiq diniy talablarni amalga oshiruvchi individ yoki gruppaning birgalikdagi harakati.
S. Tinchlikni passiv targ‘ib qilishga va urushlarni qoralashga asoslangan burjua liberal siyosiy oqimning dini turi.
D. *Insoning o‘z dunyoqarash mavqeni, shu jumladan dinga munosabatini ham erkin tanlashi.
38. Dinning eng asosiy o‘ziga xos xususiyati nima?
A. Oxiratga ishonch. B. *G‘ayritabiiy kuchlarga ishonch.
C. Narigi dunyoga ishonch. D. Olamning yaratilganiga ishonch.
39. Dinning gnesologik ildizlari nima?
A. Tarbiyalash jarayonining dindorlikni keltirib chiqaruvchi va mavjud bo‘lib turishini ta’minlovchi o‘ziga hususiyatlari.
B. Inson emotsional (xissiy) holatining dindorlikni tug‘diruvchi va mavjud dindorlikni tug‘diruvchi va mavjud bo‘lib turishini ta’minlovchi o‘ziga xos xususiyatlari.
C. Jamiyat siyosiy rivojlanishi­ning dindor­likni tug‘di­ruvchi va mavjud bo‘lib turishini o‘ziga xos xususiyatlari.
D. *Dindorlikni tug‘diruvchi va mavjud bo‘lib turishini ta’minlovchi o‘ziga xos xususiyatlari.
40. Diniy ibodat nima?
A. G‘ayritabiiy kuchlarga ishonch tufayli paydo bo‘lgan hissiyot va tuyg‘ularning yig‘indisi.
B. *Diniy tasavvurlar sistemasi bilan bog‘langan hamda diniy ta’limotning muayyan jihatini hissiy-obrazli aks ettiradigan maxsus xatti-harakatlar, marosimlar, tantanalar yig‘indisi.
C. Diniy e’tiqodlar va marosimlar­ning umumiy­ligi asosida paydo bo‘lgan u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchilarning uyushmasi.
D. G‘ayritabiiy kuchlarga ishonch tufayli paydo bo‘lgan g‘oyalar va obrazlarning yig‘indisi.
41. Dinning ibtidoiy shakllari qaysilar?
A. Magiya, Yahudiylik, jaynizm, zardushtiylik.
B. Fetishizm, buddaviylik, qabila boshliqlari­ning shaxsiga sig‘inish, islom.
C. Nasroniylik, totemizm, sintoizm, tabiatni ilohiylashti-rish.
D. *Fetishizm, totemizm, magiya, animizm.
42. Odamlar guruhi (urug‘i, qabilasi) bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turi o‘rtasida tabiiy aloqadorlik, qon-qarindoshlik borligi to‘g‘risidagi ishonch (e’tiqod) qaysi dinning xususiyati?
A. Fetishizm. B. Animizm. C. Magiya. D. *Totemizm.
43. Urug‘-qabila dinlarining o‘ziga xos xususiyatlari qaysilar?
A. Ular odatda muayyan etnik umumiylik chegarasidan chiqmaydi, elatlar va millatlar shakllanish jarayonlarini aks ettiradilar.
B. *Ular urug‘-qabilalar ittifoqlari­ning ijtimoiy munosabatlari­ni aks ettirib, ularda magiyaga oid va animistik e’tiqodlar, totemizm va fetishizm unsurlari, tabiatni ilohiylashti­rish, ajdodlar ruhiga va qabila boshliqlari­ning shaxsiga sig‘inish bor.
C. Ular millatidan qat’iy nazar, barcha xalqlarga qaratilgan.
D. Ular monoteistik dinlardir.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin