Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Yahudiylikning yuzaga kelishi, ta’limoti, marosimlari va muqaddas manbalari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə18/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Yahudiylikning yuzaga kelishi, ta’limoti, marosimlari va muqaddas manbalari. Iudaizm eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda Falastinda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan dindir.

Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan dinlardan biridir. Shu kunlarda yahudiylar Isroilda 4,7 mln (aholining 80 foizini) AQShda 6 mln (40 foizi Nyu Yorkda), Rossiyada 1.5 mln, G‘arbiy Yevropa davlatlaridan Fransiyada 0,6 mln, Buyuk Britaniyada 0,4 mln.ni tashkil qilib, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda ham yashaydilar.
Yaxudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy so‘zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Ryhon Beruniy o‘zining “Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida yozishicha, yahudiylar bu so‘zni somiy tillaridagi hoda-“tavba qilmoq, tavba qilganlar” so‘zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalarda, aslida bu fikr noto‘g‘i, “yahudiy” so‘zi Banu isroil xalqi ustidan xukmronlik qilgan Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yaxudiy xalqining yana bir nomi Banu isroil bo‘lib, Isroil-Yaqub payg‘ambarning ikkinchi ismi, banu-“bolalar” ma’nosini beradi, ya’ni-“Isroil avlodlari”.
Yaxudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey so‘zi zamonaviy adabiyotlarda “yaxudiy” so‘zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu ikki so‘zning etimiologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillaridagi ibriy so‘zining o‘zgargan shaklidir. Ibriy so‘zi (arab. “kechib o‘tmoq” fe’lidan) “kechib o‘tganlar” ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yaxudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar (“kechib o‘tuvchilar”) nomi berilgan.
Bu din o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘sha davrda mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi Falastin xududida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan.Bu qabilalarni din sifatida animizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli hayvonlarga sig‘inish xukmronlik qilgan Yahudiy qabilalari o‘zlarini muayyan xayvonlarni ilohiylashtirganlar. Iudaizmning muqaddas kitoblar to‘plamida xayvonlarni va o‘simliklarni, tabiat kuchlarini e’zozlash izlari bor.
Ruhoniylar yahudiylarni “mumtoz halq” , unga dinni xudoni o‘zi ato etgan deyishadi. Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tgunga qadar bir qancha tarixiy jarayonni boshidan kechirgan. Ular ibtidoiy tuzum davridan quldorlik tuzumi davrigacha yaxudiy qabilalari ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, xatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan. Iudaizmda mahalliy avliyolar Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Is’hoq (Isaak), Yoqub (Iakov), Yusuf (Iosif) va boshqalar. Bular islomda payg‘ambar deb tan olinadi.
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y beradi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan.
Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa qabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo xisoblana boshlagandi.Qabilalar ichida Iuda qabilasi kuchli xisoblanib obro‘si juda oshib ketgan, uning Xudosi Yaxve esa brcha xudolardan yuqori turuvchi yakka xkumron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda Yaxve tog‘ tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. Quldorlik davlatining barpo etilishi yahudiy qabilalarini birlashishga olib kelgan. Shu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berilgan. Quddus (Ierusalim) shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy davlat dini vujudga kelgan.Yahudiy ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni hamda urf odat, marosimlarni xukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab yani monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o‘zida kas ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar.
Shunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta’limotining vujudga kelishi uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin