Tayanch iboralar: Yahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti. Abara-yevrey-yahudiy tushunchalari. Yahudiylik manbalari: Tavrot (Tora) va Talmud. Yahudiy marosimlari va bayramlari. Yahudiylikdagi oqimlar – saduqiylar, farziylar, yesseylar. Massonizm va sionizm. Yahudiylar O‘rta Osiyoda. Iso Masih (Iisus Xristos) shaxsi va hayotiga doir ilmiy bahslar. Yahudiylik (iudaizm) doirasida ilk xristian jamoasi.
Konfutsiylik. Qadimgi Xitoyda Kun-Szi falsafiy
ta’limotining paydo bo‘lishi. Konfutsiy – qadimgi Xitoy
faylasufi va pedagogi, konfutsiylikning asoschisi.
Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari. Konfutsiy ish-
lab chiqqan ideal, oliy inson, asl, mard kishi konsepsiyasi.
Konfutsiylikda ijtimoiy-axloqiy masalalar. Konfutsiylikda diniy marosimlar: nikoh marosimi; dafn etish va qurbonlik qilish marosimi. Konfutsiyning ilohiylashtirilishi, daosizmning vujudga kelishi. Daosizm - falsafiy ta’limot. Xitoy donishmandi Lao-Szining tarixiyligi masalasi. «Dao» diniy mazmun kasb etgan yo‘l, hayot tarzi, usuli, tamoyillari.
Zardusht hayoti va faoliyati. Zardusht ta’limoti. «Avesto» zardushtiylikning asosiy manbai va muqaddas kitobi. Ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka o‘tish. Zardushtning vatani haqidagi bahslar. Zardushtiylikning diniy ta’limoti. Zardusht tomonidan Markaziy Osiyo qadimiy dinining isloh etilishi. Axuramazda. Axriman. Har bir kishi ustidan hisob-kitob o‘tkazilishi, qiyomat (oxirzamon), jannat, jahannam, arosat, tanlarning qayta tirilishi, tana va ruhning qayta birikib, barhayot bo‘lishi haqidagi tasavvurlar. “Avesto” ning tarkibiy qismlari – Videvdat, Yasna, Vispart, Yasht.
Veda va veda dinlari. Vedalar. Vedalardagi afsonaviy xudolar: Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna. Braxmanlik. Braxmanlik ta’limoti. Braxmanlik ta’limotida kastalar. Hinduiylik. Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolish uchun bo‘lgan harakat. Braxmanlik bilan buddizm o‘rtasidagi kurash. Braxmanlikda tan olingan asosiy uch xudo: 1) Braxma; 2) Vishnu; 3) Shiva. Hinduiylik ta’limoti. Hinduiylikdagi jannat va do‘zax xaqidagi tushunchalar.