Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə25/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Zardushtiylik manbalari.
AVESTO – 1) Hayot yo‘riqnomasi deb nomlangan kitob; zardushtiylik diniga taalluqli adabiyotlarning umumiy nomi; 2) zardushtiylik dinining asosiy kitobi; 3) nasihatnoma, qonunlar to‘plami, bilimlar majmuasi sifatida talqin qilinadigan tarixiy manba. Avesto-Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo halqlarining miloddan oldingi qad.davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba. Zardushtning o‘limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
U mil.av. 7-6 asrlarda hozirgi O‘zbekistonda Xorazi viloyati hududida yaratilgan. Bu kitob tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgani uchun milliy g‘oyalarni asrab avylash, halqni jipslashtirish, uni ma’naviy yuksaklikka da’vat etish, odamlar o‘rtasida mehr oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash va milliy an’analarni saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etgan.Zardushtiylik dinining asosiy aqidalarini o‘zida mujassam etgan bku kitob o‘sha davrdagi ustuvor g‘oyalar, ma’budar sha’niga aytilgan madhiyalar, duolar ham o‘z ifodasini topgan.
Aytish kerakki, Avesto faqat diniy ibodat, urf-odatlar bayoni emas, axloqiy, huquqiy, estetik qarashlar ifodasi hamdir. Kitob holiga keltirilgan Avestoning Zardusht davridagi dastlabki nus’hasi 12 ming qoramol terisiga 30 mirza tomonidan 3 yilda oltin harflar bilan yozilgani ma’lum. Bu - o‘sha davrda kalligrafiya, kitobni bezash, turli naqsh va rasmlar chizish san’ati, mutolaa madaniyati juda yuqori bo‘lganidan dalolat beradi.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to‘liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (vaf. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi».
Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gresiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o‘ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo‘lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan.
Yozma manbalarga ko‘ra, haqiqatan ham Avestoni mo‘badlar avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga olib o‘tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo‘badlar mag‘lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to‘plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so‘ng bu asosiy matn to‘ldirib borilgan. Avestoning ana shu to‘ldirilgan nusxasining ikki to‘liq qo‘lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi bo‘lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida.
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo‘l, chuqur ko‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (sug‘dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo‘nalishi deb – Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo‘shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo‘shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng bu ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko‘ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoni bilan Avesto kitobi o‘n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin