Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Yahudiylik – dunyodagi eng qadimgi milliy dinlardan biridir. Yahudiy



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə33/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Yahudiylik – dunyodagi eng qadimgi milliy dinlardan biridir.
Yahudiy - Bani Isroilning 12 qabilasiga asos solgan deb hisoblanadigan Is’hoq payg‘ambarning o‘g‘li Ya’qubning 12 o‘g‘lidan birining ismi “Yuda” yoki “Yahuda” bo‘lgan degan taxmindan kelib chiqqan holda uning ismiga monand ravishda “yahudiy” atamasi shakllangan.
Tanah” (xristianlarda “Qadimgi ahd”) “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg‘ambarlar”) va “Ketuvim” (“Kitoblar”) kabi uch bo‘limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, shu uch bo‘limning ibroniycha bosh harflarining yig‘ilmasidir.




2-savol. Yahudiylik dinining yuzaga kelishi


  • Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri hisoblangan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2 – ming yillikda Misrda paydo bo‘lgan. Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog‘ida vahiy yuboradi va yahudiylik dini yuzaga keladi.

  • Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Shu kabi sabablar bois, bu dinning o‘xshashi yo‘q, deyish mumkin. Chunki Yahudiylikda din bilan millat o‘zaro birlashib ketgan bo‘lib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas.

  • Hozirda dunyo bo‘yicha taxminan 15-20 million kishi yahudiylikka e’tiqod qiladi. Ulardan 4,4 millioni Isroilda, 6 millioni AQShda, qolganlari esa Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida istiqomat qiladi. Yahudiylik dini muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri orasidagi “ahd”ga keng o‘rin berilgani eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu din, “Ahd” dini sifatida ham e’tirof etiladi.

  • Yahudiylarning o‘zlari orasida keng tarqalgan qarashlarga ko‘ra, “Isroil” atamasi “Xudo bilan kurashib uni yenggan” degan ma’noni anglatadi. “Ibtido” kitobining 32 – bobi 28 – matnida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan “Isroil o‘g‘illari” nomi Ya’qub payg‘ambarga Xudo tomonidan berilgan.






O‘n amr - Yahudiylarning kundalik hayotida asos qilib berilgan qonun – qoidalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan, ayniqsa, Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan O‘n (10) amrga katta e’tibor qaratishadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida tushirilgan bo‘lib, “Tavrot”ning “Chiqish” va “Ikkinchi qonun” kitoblaridan o‘rin olgan. Bu xususda “Chiqish” kitobining 32 – bobida: “So‘ngra Xudovand Musoga so‘zlashuvdan forig‘ bo‘lganidan keyin, Sino tog‘ida ikkita shahodat lavhasini berdi. Xudovandning qo‘llari bilan yozilgan ikkita tosh lavha...” deyilgan. Yahudiylarga ko‘ra, Muso o‘z qavmini qo‘llari bilan yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azablanib, uni uloqtirib tashlab sindirganidan keyin Xudo qo‘yidagi O‘n amrni qayta tushirgan: Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish; Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik; Xudoning nomini bo‘lar bo‘lmasga tilga olavermaslik; Shanba kunini muqaddas bilib, u kunda dam olish; Ota–onani hurmat qilish; Qotillik qilmaslik; Zino qilmaslik; O‘g‘rilik qilmaslik; O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik bermaslik.
Yuqoridagi O‘n amr yahudiylikning asosiy diniy va axloqiy nizomlarni o‘z ichiga oladi va har bir yahudiy hayoti davomida ularga asoslanib yashashi kerak bo‘ladi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin