Farziylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Xaloskor, messiya, messia – yahudiy va xristian atamasida Messiya(ivritcha - Mashiax; qadimgi yunoncha - Xristos). Yahudiylar aqidasiga ko‘ra Xaloskor qiyomatga yaqin kelib yahudiylarni najot sari yetaklaydi. Yahudiy “messiyasi” Dovud avlodidan bo‘lishi shart. Xristian aqidasiga ko‘ra esa xaloskor bu Iso Masihdir.
Szen–Sze – «Yuksak ma’rifatli odam». Qadimgi Xitoydagi bilim va donishmandlik kulti hisoblanib, u bilim olish yo‘lida sabr–matonatli va o‘ta intiluvchan odamlarni yuqori martabaga ko‘tarilishiga yordam beradi, deb e’tiqod qilingan. szen–sze darajasiga erishgan odam faqat uchta narsadan – Osmonning amri, buyuk insonlar va o‘ta donishmandlardan qo‘rqishi mumkin bo‘lgan.
Sheol(ibr., «ostki, quyi») – yahudiylik mifalogiyasiga ko‘ra, o‘liklar dunyosi.
Shoyixet, Shoixet, Shoihet – yahudiylikdagi ruhoniylikning boshlang‘ich darajalaridan biri bo‘lib, uni egallagan kishi qurbonlik yoki kundalik iste’mol uchun atalgan hayvonni so‘yish huquqiga ega bo‘ladi.
Shom, Siriya, Syria – Suriyaning qadimiy nomi.
Yahve, Yaxve, Yahve – yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, dunyolarni yaratuvchi yagona qudratli Xudo.
Yahudo, Iuda, Jude – Ya’qub payg‘ambarning farzandlaridan biri. Uning avlodlari «yahudiylar» deb ataladi.
Qadimgi Ahd, Vetxiy Zavet, The Old Testament – Bibliyaning qismlaridan biri. Tavrot (Musoning 5 kitobi), Zabur va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.
AVESTO («Apastak», «Ovisto», «Ovusto», «Abisto», «Avasto») – joriy qilingan qat’iy qoidalar, sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos avesto tilida yozilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi
AGNI – yer xudolarining eng ulug‘i (quyosh, chaqmoq, olov) hisoblangan olov xudosi. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlar qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan va biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga yetib bormaydi, deb hisoblangan
AKEM MANA – yomon fikr, adashtirish ma’budi, Axriman tarafdori.
AMERETAT – zardushtiylikda baxt, abadiylik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
AMEShA SPENTA (abadiy muqaddas) – zardushtiylikda Axura Mazda yaratgan 7 maxluqdan biri. Boshqa fikrga ko‘ra, Amesha Spenta – Axura Mazdaning timsoli.
ANJUMANI MOG‘ONE IRON – zardushtiy ruhoniylar ierarxiyasidan tashkil topgan Eron Mobadlari kengashi.
ANXRA–MAYNYu (yunoncha, Axriman) – zardushtiylikda yomonlik, yovuzlik, buzg‘unchilik ibtidosi, zulmat egasi bo‘lib, ezgulik va yorug‘lik sohibi Axura Mazda va uning tarafdorlariga qarshi bosh ko‘targan ma’bud.
ATXARVA VEDA – «Afsun va jodular vedasi» – koinot bilan bog‘liq, mistik parchalar va sehr bilan aloqador duolardan iborat kitob. O‘sha davrda afsun va jodular olov ustida bajarilgani sababli, u afsonaviy ruhoniy Atxarvana – «Olov ruhoniysi» nomi bilan uzviy bog‘liq. Atxarva Veda 6000 she’rdan iborat 371 madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular jami 20 kitobda jamlangan.
AXURA MAZDA (yunoncha, Ormuzd) – zardushtiylikda donishmandlik sohibi, yaxshilik, ezgulik, yaratuvchanlik ibtidosi, yorug‘lik sohibi bo‘lib, yovuz Axriman va uning tarafdorlariga qarshi doimiy kurashda.
AShA VAXIShTA – zardushtiylikda adolat, haqiqat ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
AShVINA VA SAVITAR – Hind havo xudolari.
BARAShNUM – zardushtiylikda jasadni ko‘targan va yuvgan kishilarning uzoq vaqt davomida itlar yordamida amalga oshiriladigan poklanish marosimi.
BODDHISATTVA – xudoning nuri, oliy kamolotga erishgan va nirvanaga ko‘tarilish huquqiga ega bo‘lgan inson
BRAXMAN – sanskrit tilidan olingan bo‘lib «Braxmaga atalgan, o‘zini bag‘ishlagan», degan ma’nolarni bildiradi
VAJRAYaNA – «olmos g‘ildirak», ilk buddaviylikning dharmalar tabiati haqidagi turli qarashlari natijasida yuzaga kelgan yo‘nalish.
VAYShLAR – hind kasta tizimida savdogar, hunarmand va dehqonlar.
VARANA – Tridandinalarning markazi bo‘lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar.
VEDALAR – oriylar o‘zlari bilan olib kelgan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda «muqaddas, ilohiy bilim» ma’nolarini anglatuvchi Hindistonning asosiy muqaddas manbai.
VERETRAGNA – zardushtiylikda eng mashhur ezgulik yazatlaridan biri.
VIDEVDAT – 22 bobdan tashkil topgan «Avesto»ning saqlanib qolgan eng mukammal bo‘limi.
VISPARAD – «Avesto»ning 24 bobdan tashkil topgan ma’budlar sha’niga o‘qiladigan duo va pand–nasihatlardan iborat bo‘limi.
VIShNU – vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unutilgan xudolar orasida abadiy hisoblangan va hozirda butun Hindistonda ulug‘lanuvchi quyosh xudosi.
VOHUMANAH (Behmen) – zardushtiylikda aql, ezgu fikr, tushunish yazati (farishtasi).
GAT – «Avesto» tarkibidan joy olgan Zardushtning so‘zlari hisoblanadigan bo‘lim.
GEGIG – tangrichilikda Yer olami.
GOVMARD (forscha, ho‘kiz–odam) – zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson.
GOHI – zardushtiylikda kunning muayyan qismida bajariladigan (Xavan goh – tongdan peshingacha, Rapitvin goh – peshindan so‘ng, Uzarin goh – kun botishdan oldin, Aivisrutrim goh – kun botgandan so‘ng, Ushaxin goh – yarim kechadan tongacha ibodatlari.
DASTUR – Mobad oilasiga mansub zardusht ruhoniylari tabaqasining yuqori vakili.
DAXMA – zardushtiylikda yerdan 4–5 metr balandlikda silindr shaklida bo‘lgan maxsus joy bo‘lib, unga o‘liklar ustma–ust tartib bilan yotqiziladi.
DAEN – zardushtiylikda imon, yaxshi amal, u inson vafotidan so‘ng go‘zal qiz qiyofasida ko‘rinib, uni Chinvanda ko‘prikdan olib o‘tishga yordam beradi.
DEV VIZARESh – zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning qilmishi yovuzlik bo‘lsa, jazo beruvchi, do‘zaxga tashlovchi ma’bud.
DENKART («Imon faoliyati») – IX asrda Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi yo‘qotilgan.
jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjid, cherkov, sinagoga, monastir va boshqalar).
DODGOH – zardushtiylikda hamma uchun ochiq bo‘lgan muqaddas olov yoniq turadigan xona.
DRON – zardushtiylikda ibodat marosimlari uchun maxsus tayyorlangan non.
DRUDJ – zardushtiylik dinida yolg‘on so‘z.
DUJVARTShTA – zardushtiylik dinida yovuz fikr.
DUJMATADAN – zardushtiylik dinida yovuz amal.
DUJUXTA – zardushtiylik dinida yovuz so‘z.
DYaUS, VARUNA, INDRA – vedizmda turli osmonlarni boshqarib turuvchi osmon xudolari. Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.
JEBRLAR – zamonaviy zardushtiylarning Erondagi vakillari.
ZAURVI – zardushtiylikda qarilik, o‘lim ma’budi, Axriman tarafdori.
ZEND (parfiyoncha, «sharhlangan matn») – milodiy III asrga oid qonunlardan iborat Avestoning sharhi.
INDRA – zo‘rlik, zulm ma’budi, Axriman tarafdori.
KASTA – hinduiylikda ayni ish bilan shug‘ullanuvchi, otalardan meros qolgan haq, vazifa va odatlar bilan qattiq bog‘langan shaxslar toifasidir. Kasta insonlar tomonidan saylanmaydi va tanlanmaydi, uning ichida faqatgina dunyoga kelish mumkin. Bu tizim 4 sinfdan tashkil topadi.
KAUTXUMA (KAUTHUMA) – Sama Vedaning hozirgi kungacha yetib kelgan tahriri. Kautxuma to‘plami 1810 she’rdan iborat bo‘lib, undan faqatgina 76 tasi Rigvedada uchramaydi, she’rlar, asosan, Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib, ular tantanali qurbonlik marosimida rohiblar tomonidan o‘qiladi.
KRIShNA – «qora» ma’nosini anglatadi, o‘zining tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra juda murakkab obraz. U haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. U urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega.
KUShTI – zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi shaxs diniy marosimlarda taqishi lozim bo‘lgan maxsus kamar.
KShATRIY – hind kasta tizimida hokim va jangchilar tabaqasi.
MANU QONUNLARI – kasta tizimidagi barchaga xos vazifalarni o‘zida qat’iy belgilab bergan to‘plam.
MEDITATSIYa – «fikrlash, o‘ylash», shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm.
MITRA (avesto, do‘stlik, kelishuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
MOBAD – diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qolish mas’uliyatini olgan, ruhoniylar oilasi, o‘rta maqomli ruhoniy.
MOBADAN MOBAD – mobadlarning mobadi, mobad oilasiga mansub zardusht ruhoniylari tabaqasining yuqori vakili.
MOBADYoR – mobadlardan bo‘lmagan diniy ma’lumotga ega xirbadlardan keyin turuvchi martaba.
NIRVANA – inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu–istaklari, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish.
NOUS – inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan.
ORIYLAR – oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining shimoliy, Yevropaning shimoli yoki Turkmaniston mintaqasida miloddan avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar shaklida yashaganlar.
OTASh ADURAN (Olovlar olovi) – o‘rta darajadagi aslzodalar olovi, 1000 kishidan kam bo‘lmagan aholi turar joylarida Mobadlar tomonidan yoqiladi.
OTASh DODGOH (Qonuniy olov) – quyi darajadagi olov, mahalliy jamoalarning kundalik diniy ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Forslarda bu kabi joylar Dar ba mehr (adolat egasi bo‘lgan Mitraning hovlisi) deb ham atalgan.
PORSIYLAR – VII asrda Eronga islomning kirib kelishi oqibatida Hindistonga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan zardushtiylarning bugungi kundagi avlodlari.
PUShAN – hindlar e’tiqodidagi quyosh xudosi. U muruvvatli hisoblanib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi
RATU (avesto, namuna, rahbar) – zardushtiylikning himoyachisi, mas’um mobad, zardusht ruhoniylari tabaqasining eng yuqori vakili.
RAShNU – zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
RIG VEDA – «Madhiyalar vedasi», xudolarga aytilgan madhiyalar to‘plami bo‘lib, tangrilarni ulug‘lash maqsadida yozilgan, 1017 ta ilohiydan tashkil topgan. Har bir ilohiy 10 ga yaqin «oyat»dan iborat. Bu ilohiylar o‘nta kitob, ya’ni Mandalaga bo‘linadi. Ular ichida eng uzuni 191, eng qisqasi 43 ta ilohiydan iborat.
RUDNA – Hind xudolaridan biri, odamlarning unga nisbatan cheksiz qo‘rquvlari ularni doimiy ravishda Rudnaga bag‘ishlab madhiya va duolar o‘qishga undagan. U Rig Vedada Shiva – «yoqimli» nomi bilan zikr etiladi.
SAVITRI – hindlar e’tiqodidagi quyosh xudosi. Quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi.
SAMA VEDA (MELODIY) – «Qo‘shiqlar vedasi» – Nazmlar vedasi hisoblanib, u Rig Vedadan olingan, turli xil mavzulardagi ilohiylar va rohiblar o‘qiydigan nazmiy ilohiylardan iboratdir.
SAMAVEDINALAR – Hindistonda hozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar.
SANGHA – «oliy haqiqat»ga yetishgan avliyolar, Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi.
SAOShYaNTA – xaloskor, zardushtiylikka ko‘ra, dunyoga 3 nafar saoshyanta kelishi lozim. Ular Zardusht ta’limotini qayta tiklaydi, Qiyomatga yaqin ularning oxirgisi Anxra–Maynyu bilan jang qilib, barcha yovuzlik kuchlarini mag‘lub etadi.
SARASVATI – daryo xudosi. Sarasvati keyinchalik braxmanlikda so‘z xudosi sifatida tasvirlangan.
SAR–MOBAD (Bozorg dastur) – mobadlarning sardori, katta mobad, mobad oilasiga mansub zardusht ruhoniylari tabaqasining yuqori vakili.
SIKXLAR – shogirdlar ma’nosini bildiradi
SMITRI – «Dostoniy» degan ma’noni anglatadi. Hind muqaddas kitoblarining ikkinchi qismi.
SOG‘DID – zardushtiylikda it yordamida amalga oshiriladigan odamdan devlarni quvish va poklash marosimi.
SPENTA ARMAITI – zardushtiylikda muhabbat, ishonch, rahm, fidoyilik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
SPENTA–MANYu – zardushtiylikda yorug‘lik, yaralish ibtidosi ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
SRAOShA – zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
SURYa – hindlar e’tiqodidagi quyosh xudosi. Quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishi hisoblanadi. U yunonlardagi Apollon kabi yetti ot biriktirilgan g‘ildirakli aravalarda tasvirlangan
TARAMAITI – zardushtiylikda takabburlik ma’budi, Axriman tarafdori.
TAURVI – zardushtiylikda kasallik, nuqsonlik ma’budi, Axriman tarafdori.
TIN – Jon, tiriklik. Tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, inson tirikligining sababchisi.
TRIPITAKA (TIPITAKA) – uch savat donolik, duolar shaklidagi buddaviylikning muqaddas kitob.
TIRTXAKAR – jayniylikda yo‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi.
TRIDANDINALAR – uch tayoqlilar, shivalikdagi oqim.
TRIMURTI – ya’ni, uchlik – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy xudolar hisoblanib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudo hisoblanadi. Biroq, hinduiylikda faqatgina Vishnu
va Shivagagina sig‘inadilar. Shunga binoan, hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi: Shivaga sig‘inuvchilar va Vishnuga sig‘inuvchilar.
UPANIShADLAR – hinduiylikda ruhiy–ma’naviy yo‘l hisoblanib, diniy takomillik zanjirining eng yuqori martabasi hisoblanadi.
UPANIShADLAR DAVRI – miloddan avvalgi VI asrdan miloddan keyingi bir necha asrgacha cho‘ziladi. U tasavvufiy oqimlar sir–asrorlari va shaxsiy mushohadalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, botiniy hayotga berilib, zohirdan yiroqlashgan ruhoniy va tarkidunyochilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun tartibga keltirilgan.
FRAVAN – ibodat marosimlarida o‘qiladigan duo.
FRAVAShI (avesto, oldindan tanlov) – Osmonlarda yashovchi va Zardushtga vahiy olib tushuvchi maxluqotlar.
FRAShO KERETI – zardushtiylikda oxir zamonda paydo bo‘ladigan yovuzlik egasi.
XAURVATAT – zardushtiylikda salomatlik, mukammalllik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
XVARTShA – zardushtiylikda ezgu amal.
XIRBAD – mobad oilasiga mansub zardusht ruhoniylari tabaqasining eng quyi vakili.
XRAFSTRA (Jirkanchli) – zardushtiylikda o‘ldirish mumkin bo‘lgan yovuzlik tarafdori deya e’tiqod qilinadigan yirtqich hayvonlar.
XUM (Xaoma) – ibodat marosimlarida maxsus tayyorlanadigan ichimlik.
XUMATA – zardushtiylikda ezgu fikr.
XURDAK AVESTO («Kichik Avesto») – dindorlar kundalik faoliyati uchun «Avesto»ning ixchamlashtirilgan shakli.
XUXTA – zardushtiylikda ezgu so‘z.
XShATRA VAIRYa – zardushtiylikda qudrat, qat’iylik, hukmronlik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
ChINVAD (ajratish ko‘prigi) – inson vafotidan so‘ng uning ruhi ezgulik va yovuzlikni ajratuvchi ko‘prikdan o‘tishi lozim. Chinvad ko‘prigida inson ruhi ezgulik yazatlari Sraosha, Mitra va Rashnu himoyasiga o‘tsa, abadiy rohat va farog‘at makoni Qo‘shiqlar uyiga boradi.
ShAURVA – zardushtiylikda qo‘rqoqlik, pastkashlik ma’budi, Axriman tarafdori.
ShOH OTASh VARAXRAM (G‘olib Shoh Bahrom olovi) – maxsus shohona marosimlar, yirik g‘alabalarga bag‘ishlanib 16 xil olov jamlanib, yoqilgan olov.
ShRUTI – «Vahiyga tayanuvchi» degan ma’noni anglatadi. Hind muqaddas kitoblarining birinchi qismi.
ShUDRALAR – hind kastalaridagi ishchilar, eng quyi tabaqa.
YaJUR VEDA – «Qurbonliklar vedasi». Qurbonlik marosimi ko‘rinishlari bilan aloqador vedadir. Uning asosiy qismini qurbonlik qilish usullari – yajus tashkil qiladi. Mazkur yajuslar qurbonlik marosimning ma’lum bo‘limlarida juda past ovozda, ijro etiladi, ular ma’nosini esa, marosimning o‘tkazilish tartibidan kelib chiqib tushunish mumkin. Yajuslarning ba’zi qismlari nazm, ba’zilari esa nasr shaklida yozilgan bo‘lib, qurbonlik bilan bog‘liq so‘z va duolarni o‘z ichiga oladi.
YaZAT (avesto, ehtiromga loyiq) – Yerdagi turli hodisa va holatlarga mas’ul Axura Mazda tomonidan yaratilgan quyi ruhlar, farishtalar.
YaSNA – diniy marosimlarda o‘qiladigan duolardan iborat bo‘lgan 72 bobli «Avesto»ning bo‘limi.
YaShT – «Avesto»ning 22 bobdan tashkil topgan ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat bo‘li
TARQATMA MATERIALLAR 1-savol. Yahudiylik dini tushunchasi.