Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə24/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Zardushtiylik dini. Zardushtiylik ta’limoti qadimgi Turon jahon sivilizatsiyasining yirik markazlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyo xalqlarining jahonda keng e’tirof etilgan boy ma’naviy merosining eng yuksak namunasi – Avesto jahon sivilizatsiyasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatgan, umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan buyuk asardir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi sifatida deyarli uch ming yil muqaddam yozilgan Avesto xalqimizning islomgacha bo‘lgan ma’naviy madaniyatini o‘rganish uchun bebaho manba hisoblanadi.
Zardushtiylik mil.av.8-7a. quyi Amudaryo hududlarida vujudga kelgan yakkahudolik dini bo‘lib, bu davrda turli hudolarga sajda qiluvchi qabilalar o‘rtasidagi ziddiyatlar natijasida jamiyat parchalanib ketayotgan ichki qarama-qarshiliklar kuchaygan davr edi. Mamlakat inqirozining oldini olish uchun, qabilalar o‘rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, umumiy manfaatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar yaratish zaruriyati vujudga keldi. Bu ta’limot 1-chidan, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini saqlab qolish uchun hizmat qilish, 2-chidan, urug‘ va qabila dinlaridan ustun turuvchi, barcha qabilalar manfatiga mos tushadigan e’tiqod shaklini yaratish, 3-chidan, har qanday qonli urushlarga chek qo‘yish, 4-chidan, mamlakat ichkarisidagi kuchlarni jipslashtiruvchi g‘oyalar tizimini shakllantirish zarur edi.
Bu ta’limot birinchidan, ko‘phudolikka (politeizm) qarama-qarshi yakka hudolik (monoteizm), ya’ni diniy e’tiqodning yuqori bosqichiga qadam qo‘ydi, 2-chidan, ilgari odamlar hudolar qahridan, ularning dahshatli vayron qiluvchi qudratlari, dahshati ostida sig‘ingan bo‘lsa, endilikda Zardusht odamlarga mehr-shavqat bilan to‘lgan, yahshilikka undovchi, o‘lgandan so‘ng mangu farovon hayot va’da qiluvchi Ahura Mazdaga ibodat qilishga chaqirdi.
Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, bu din vahy orqali nozil bo‘lgan. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g‘oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o‘zlashtirildi. Aytib o‘tish joizki, ushbu din paydo bo‘lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to‘liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi.
Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Zardushtning tarixda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo‘lgan ko‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.
Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy xususida ikki xil qarash bor.
Birinchisi – «G‘arb nazariyasi» bo‘lib, unga ko‘ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning Qadimgi Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo‘lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O‘rta Sharqda davlat dini maqomida bo‘lgan.
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo‘lib, unga ko‘ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko‘pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog‘langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», ­ deyiladi.
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to‘g‘ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakat va najot» sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo‘l» Sug‘d, «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko‘tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin