Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Oila va nikoh tushunchasi. Konfutsiy ta’limotida tiriklar o‘tganlarning oldida qarzdordirlar degan g‘oyani ilgari suradi. Triklarning vazifasi o‘tganlarni rozi qilish ekan, butun oila mana shu g‘oyaga xizmat qilishni tashkil qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o‘z ajdodlari oldidagi qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom etirishlari kerak.
Konfutsiy fikricha dunyodan befarzand o‘tish va o‘zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir.
Konfutsiy nomining ilohiylashtirilishi. Konfutsiy o‘zi yashab ijod etgan joy suyfuyda vafot etgandan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari va unga taaluqli ashyolar:yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro‘zg‘or buyumlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib qo‘yildi. Vaqt o‘tishi bilan faylasufning obro‘si oshib ta’limoti keng tarqala borgan sari ibodatxona ham ziyoratgohga aylanib bordi. syfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq barpo bo‘ldi. Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi. Xan sulolasi davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. Sun sulolasi davrida unga imperatorlik, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq unga yanada yuksakroq daraja, Xaqiqiy donishmand, Millatlarning buyuk ustozi unvonlari berildi.
Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfutsiyga atab qurilgan ibodatxonalar paydo bo‘ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida Konfutsiy nomi yozilgan edi. Keyinchalik uning o‘rniga Konfutsiyning xaykali egalladi. Konfutsiy xaykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavha yoki xaykallar qo‘yilgan. Faylasufga atab qurbonliklar va turli maosimlar o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Daotsizm – Xitoy milliy dinlaridan biri bo‘lgan daochilik taxminan mil. avv. IV – III asrlarda konfutsiylik bilan bir davrda paydo bo‘lgan. Unga qadimgi xitoy faylasufi Lao szi asos solgan. Konfutsiydan farqli ravishda, Lao szi hayoti haqidagi ma’lumotlar juda ham oz. Xitoy manbalarida Lao szining Xonan shahrida dunyoga kelgani, uning asl ismi Li Tan bo‘lib, Lao szi (Lao – keksa, szi - donishmand) unga berilgan laqab ekani bayon qilingan. Rivoyatlarga ko‘ra, u onasi qornida sakson yil yashab, keksa holatida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni shunday nom bilan atashgan. Daochilikning asosini “Dao” (xitoycha – “yo‘l”, “Xudo”) tushunchasi tashkil etadi. Daochilik nomi ham, aynan, shu so‘z asosida kelib chiqqan.
Daochilik falsafiy tizimmi yoki dinmi degan bahsli masala borasida dinshunos olimlar yakdil fikrga ega emaslar. Shunday bo‘lsada, aksar olimlar, daochilik dastavval falsafiy tizim, keyinchalik esa din sifatida shakllangan, degan fikrni bildirishgan.
Har bir din asoslari, ta’limotlarini qamrab oladigan manbalar mavjud. Daochilikning muqaddas manbasi sifatida “Dao de szin” e’tirof etiladi. Bunda “Dao” – yaratuvchi asos, yo‘l, “de” – yaxshi fazilat, “szin” esa kitob ma’nolarini anglatadi. Manbalarda, uni Lao szi Xitoydan chiqib ketish chog‘ida yozib qoldirgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xitoyning buyuk klassik adabiyoti sirasiga kiruvchi bu asar o‘ta murakkab tilda yozilgan bo‘lib, unda “Dao” boshqarib turadigan dunyoning tuzilish strukturasi bayon qilingan.
Asarda Lao szi mistik ibora va tasavvurlarni o‘z tilida (shakllar bilan) ifodalab berishga harakat qilgan. Shuning uchun ham u tanlagan ibora va keltirilgan ramz-belgilarni ko‘pchilik hollarda tushunish qiyin.
Shu bilan bir qatorda, daochilikning qonun-qoidalari, ibodat vaqtida uqiladigan duolarni o‘z ichiga olgan 1476 matndan iborat bo‘lgan “Daoszan” (xitoycha – “Dao xazinasi”) kanon to‘plamlari ham mavjud. “Daoszan” ibodatxonalarda ko‘p qavatli ochiq jovonlarda saqlanib kelinadi. Muqaddas kitobni chop qilishda xali hano‘z vertikal joylashgan qatorlarni o‘ngdan chapga qarab yozish texnalogiyasidan foydalaniladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, daochilikning asosini “Dao” tushunchasi tashkil etadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, “Dao” dunyoni boshqaruvchi sabab, olamlar yaratuvchisidir. Uni hech kim yaratmagan, aksincha barcha narsalar undan kelib chiqadi va unga qaytadi. U azaliy va abadiy, o‘z-o‘zidan mavjud, hamma narsada namoyon bo‘la oladi va hech kim uni ko‘ra olmaydi. Barcha narsalarning asosi, kelib chiqishi – Udir. Yo‘qlik nimaligini bilmaydi. Tabiat va koinotning mavjud bo‘lishiga ham aynan u sababchidir. Shuning uchun ham uni ba’zan “Asos” deb ham ataganlar. Insonlar ham “yaratuvchi” kabi raqobat va xirsdan yiroqlashishlari hamda osuda hayotga ega bo‘lishlari zarur. Ta’limotdagi bunday g‘oyalar axloqiy zuhdning shakllanishiga zamin yaratdi.
Lao-Szining tushunchasiga ko‘ra “Samoviy Dao” tortishmaydi, bahs-munozara qilmaydi, doimo yaxshilik yo‘li bilan zafar quchadi, gapirmaydi, lekin javob oladi, sokin va rejalari g‘oyatda mukammaldir.
Daochilikda “De” (xitoycha – “yaxshilik, ezgulik kuchi”) tushinchasi ham mavjud bo‘lib, Xudoning yordamchisi, uning maxfiy kuchi sifatida e’tirof etiladi. Keyinchalik “De” Yaratganning ajralmas bir qismiga aylanadi, oqu qorani anglab, dunyoning shaklini vujudga keltiradi. U barcha mavjudotlarni ta’minlaydi, parvarish qiladi, modda sifatida shakl beradi, quvvatini nihoyasiga yetkazadi. Shuning uchun ham u doim qadr va e’zozda.
Lao szi insonni namunali, marhamatli, sodiq, to‘g‘riso‘z va vazmin bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Inson “Dao”ga o‘xshashga harakat qilsin, deydi.
Inson osuda hayotda yasharkan, dunyoning tabiiy va odatiy hukmlarini saqlab qolgani holda orzudagidek umr kechirishi, hukmdor ham shunday qilish bilan o‘z davlatini yaxshi bir ko‘rinishda, salohiyat bilan idora qilishi mumkin. Ijtimoiy tadbirlar, siyosiy rejalar qanchalik ustalik bilan ishlab chiqilsa, insonlar tomonidan shunchalik ishonib bo‘lmas hiyla-nayranglar yuzaga kela boshlaydi. Qanchalik ko‘p qonun va buyruqlar joriy qilinsa, shunga yarasha yaramas va o‘g‘ri-muttahamlar ham yetishib chiqadi. Bundan tashqari donishmand (Lao-Szi) quyidagi tavsiyalarni ham bergan: “O‘ylaydigan narsang hamisha yaxshi va chuqur mulohazali bo‘lishi kerak; biron narsa berayotganingda yaxshi va lutfkor bo‘lishing lozim. Biron narsa aytayotganingda to‘g‘riso‘z va sodiq bo‘lishing shart. To‘g‘riso‘z bo‘lsang mamlakatni yaxshi boshqarasan, biron ish qilishni xohlasang to‘g‘ri va qobiliyatli bo‘lishing shart”.
Kibr, manmanlik va g‘urur daochilikda qattiq qoralanadi. Faqat o‘zi uchun harakat qiluvchi insonlarning hech qachon yuksala olmasliklari, mag‘rur kimsalarning biron bir ishga yaramasliklari qayta-qayta ta’kidlanadi. Shuningdek, ta’limotda insonlar o‘zaro urush-janjallar bo‘lishi qoralanib, komil inson tinchlik va xotirjamlikka ahamiyat berishi uqtirilgan. Bundan tashqari davlatning shaxs hayotiga ortiqcha aralashuvini ham qoralaydi.
Daochilikning e’tibor talab jihatlaridan yana biri, bu insonning abadiy hayotga erishishi yohud umrini o‘zaytirishi uchun ishlab chiqilgan normalardir. Daochililarning ta’biricha, inson hayoti abadiylikka daxldordir. Ya’ni, koinotning “in” va “yan” kuchi ta’sirida abadiy faoliyat ko‘rsatgani kabi, inson organizmi ham “kichik olam” sifatida e’tirof etiladi. Shunday ekan, odam ham abadiy hayotga erishishi mumkin, deb hisoblanadi. Buning uchun inson, avvalo, “ruhni oziqlantirishi” kerak. “Ruhni oziqlantirish” esa, insonning qiladigan amallariga bog‘liq bo‘ladi. Osmonda ruhlar har bir kishining amalini hisob kitob qilib turishadi va shunga qarab uning umrini belgilashadi. Uzoq umr ko‘rishning ikkinchi sharti esa, qattiq rioya qilinishi lozim bo‘lgan parhez orqali “tanani oziqlantirish”dir.
Daochilik e’tiqodiga ko‘ra, har bir insonning ikki: “si” (xitoycha – “hayot”) – tanadan ajralmas hamda “lin” – (xitoycha – “ruh”) tanadan ajraladigan ruhi mavjud. Inson vafot etishi bilan, agar u qo‘lidan biror ish kelmaydigan, nodon bo‘lgan bo‘lsa, lin – “guy” (xitoycha – “chiziq”)ga, agar dono, boy, barcha tomonidan hurmat qilingan kishining ruhi bo‘lsa, “shen” (xitoycha – “ulug‘lilik”)ga aylanadi. Biroq, daochilikda o‘lim va undan keyingi hayot borasida so‘z yuritilgan bo‘lsada, jannat va jahannam tushunchasi haqida biron bir aniqlikni ko‘rish qiyin.
Shu o‘rinda, daochilik Xitoy madaniyatiga, ilm-fan rivojiga sezilarli ta’sir o‘tkazganini qayd etib o‘tish lozim. Bu yo‘nalishda kimyo, tibbiyot sohalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, har qanday dinning asosiy ruknlari tizimida ibodat masalasi alohida o‘rin egallaydi.
Daochilikda ibodat (xitoycha – “gunke”), dastavval, kundalik uch marta amalga oshirilgan bo‘lsa, xozirgi kunda ular ikkitaga – tonggi (“szaotan gunke”) va tunggi (“vantan gunke”) ibodatlaridan iborat. Tonggi ibodat insonning qalbida xotirjamlik va taskin berish uchun, tunggi ibodat esa, o‘zga dunyoga rihlat qilgan ajdodlarga minnatdorchilik izhori sifatida amalga oshiriladi. Ibodatlarni bajarishda, barcha uchun ma’lum kanon matnlari aniq belgilab qo‘yilgan.
Kundalik ibodatlardan tashqari, daochilikka e’tiqod qiluvchi har bir inson uchun ro‘za (chjay) tutish alohida ahamiyat kasb etadi. Bayramlarda, o‘tib ketgan ajdodlarni xotirlash kunlarida, muqaddas joylarga ziyoratga borganlarida, shuningdek, hayotdagi biron bir qiyin muammodan xalos bo‘lgan vaqtlarda ro‘za tutiladi. Inson ro‘za tutgan vaqtida daochilikdagi muqaddas kitoblarni o‘qishi, yaxshilik ishlarni ko‘proq amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Ro‘zani tutishdan asosiy maqsad esa, inson tanasini ham aqlan, ham jisman tozalashdir. Daochilik ta’limotiga ko‘ra, ro‘zani doimiy tutib borishlik – uzoq umr ko‘rish va baxtga erishishning asosiy yo‘llaridan biridir. Daochilikda bayramlar juda ko‘p bo‘lib, xattoki, o‘tib ketgan ulug‘ insonlarning tug‘ilgan kunlari ham bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Bayramlar Xitoy milliy taqvimiga ko‘ra nishonlanadi. Daochilikda “Sanyuan”, “Ikkita to‘qqizlik”, “Besh La”, “Nefrit imperatori” (Yuyxuan), “Daochilik ta’limoti asoschisi Lao szi tavlludi” va shu kabi o‘nlab bayramlar mavjud.
“Sanyuan” (xitoycha – “Uch ibtido”). Daochilik ta’limotida, Lao szi vafotidan so‘ng, bir necha marotaba insonlarga ko‘rinib turgan va o‘z ta’limotini yetkazgan, deb hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, u o‘zining mana shunday paydo bo‘lishlarining birida, Chjan Daolinga borliq uch: syuan (xitoycha – “sir tutilgan”), yuan (“azaliy”) va shi (xitoycha - ibtido) unsurga asoslanishini aytgan. Bular asosida uch osmon xizmatchilari boshqarib turadigan osmon, suv va Yer paydo bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda, yuqoridagi uchlik bilan bog‘liq quyidagi bayramlar nishonlanadi:
a) “Oliy ibtido” — 1 – oyning 15 – kunida nishonlanadigan Osmon xudosiga bag‘ishlangan bayram. U xalq orasida “Chiroqlar bayrami” nomi bilan ham mashhur.
b) “Ikkinchi ibtido” — 7 – oyning 15 – kunida nishonlanadigan Yer xudosiga bag‘ishlangan bayram.
v) “Uchinchi ibtido” — 10 – oyning 15 – kunida nishonlanadigan suv xuodsiga bag‘ishlangan bayram.
“Ikkita to‘qqizlik” nafaqat daochilar, balki xitoy xalqi tomonidan hosil bayrami sifatida nishonlanadi. Bayram 9 – oyning 9 – kunida o‘tkaziladi.
Yuqoridagilardan tashqari, daochilikdagi oqimlar tomonidan nishonlanadigan bayramlar bo‘lib, ular boshqa oqim vakillari tomonidan e’tirof etilmaydi. Har bir bayram ishlab chiqilgan maxsus qonun-qoidalar asosida ibodatxonalarda amalga oshiriladi. Milodiy ikkinchi asrga kelib daochilikda sektalar paydo bo‘la boshladi. Ularning asosiylaridan biri “Taypindao” (xitoycha – “buyuk tenglik ta’limoti”) bo‘lib, uning asoschisi Chjan szue hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi hamda kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topadi. U o‘z atrofiga tarafdorlarini yig‘a boshlaydi. Chjan szue insonlarni 36 jangovor guruhga bo‘ladi. Katta guruhlarga «da fan» - sehrgarlar, kichik guruhlarga «syao fan» - kichik sehrgarlar boshliq etib tayinlangan. Sektaning yuqori boshlig‘i Chjan szue (“Buyuk osmon rahnamosi”) sanaladi. Uning ikki ukasi “Buyuk yer rahnamosi” va “Buyuk inson rahnamosi” deb talqin qilinadi. Mazkur uchtalik bu dindagi – osmon, Yer va inson birligining ramziy timsolidir. Sekta ta’limoti va qarashlari “Taypinszin” kitobida o‘z ifodasini topgan.
“Taypindao” sektasi bilan birga yana bir “Udoumidao” («Besh dou guruch ta’limoti») sektasi ham mavjud bo‘lib, qadimgi Xitoy jamiyatida katta ta’sir doirasiga ega bo‘lgan. Uning asoschisi mashhur daochi Chjan Dao Lin bo‘lib, u ushbu sektaninggina emas, balki butun dao ibodatxonalarining asoschisi hisoblanadi. Ushbu sektalar tarixda hukmron tabaqalarning adolatsizligiga qarshi ko‘plab siyosiy kurashlarga, qo‘zg‘olonlarga boshchilik qilgan. XX asr boshlariga kelib Xitoyda bu kabi sektalarga qarshi kurash boshlandi. Natijada o‘tgan asrning ikkinchi yarmida mazkur din tarafdorlari soni ozchilikni tashkil qildi. Hozirda dunyo bo‘yicha taxminan 30 million kishi daochilikka e’tiqod qiladi. Ular asosan Xitoyda, shuningdek, xitoylik muhojirlar orasida, bir qismi Vitnamda istiqomat qiladi. Shu o‘rinda daochilikning o‘z ta’limotlarini yoyish borasidagi harakatlarini alohida qayd etib o‘tish lozim. Jumladan, 1986 yildan bo‘yon doimiy ravishda “Daosizm Xitoyda” jurnali 13 ming tirajda chop etib kelinmoqda. Shuningdek, dao ta’limotini yorituvchi, bayramlarning nishonlanishiga oid audio va video materiallarning chiqarilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nashr ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, daochilik ta’limotini yanada chuqur yetkazib berish va jahon sivilizatsiyasida dao madaniyatining o‘rnini oshirishdan iboratdir.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin